Diktant: Is gazidan ehtiyot bo‘ling!
Download 15.96 Kb.
|
Diktant Is gazi haqida
Diktant: Is gazidan ehtiyot bo‘ling! Is gazi (uglerod monooksidi) — bitta uglerod va bitta kislorod atomlaridan tashkil topgan gaz bo’lib, rangsiz, ta’m va hidga ega bo’lmagan, normal sharoitda havodan yengilroq hisoblanadigan birikma bo’lib, o’ta zaharli sanaladi. Chala yonish jarayonida ajralib chiqadi. Insonlar is gazidan quyidagi hollarda zaharlanadilar: Yong’in sodir bo’lgan taqdirda, havo almashinuvi yetarli bo’lmagan sharoitida yoritish gazi sizib chiqishi oqibatida yoki gaz yoqiladigan xonalarda, masalan, gaz plitalari, suv isitish moslamalari, ochiq yonuv kamerali issiqlik generatorlari, isitish moslamalarining gazni tashqariga to‘liq chiqara olmay qolgan holatlarda insonlar o‘zi sezmagan holda zaharlanadi. Ko‘pincha zaharlanish uyqu payti sodir bo‘ladi. Bu holat ko’pincha dudburonlarning tiqilib yoxud ishlamay qolishi, gaz yonishi uchun havo yetarli bo’lmaganda kuzatiladi. Shuningdek, uy sharoitida pechli isitishda pechlarning eshigi o’z vaqtida yopilmaganda ham zaharlanish sodir bo‘ladi. Is gazidan zaharlanmaslik uchun quyidagilarga amal qilish lozim. Uy xonalarida havo almashishi uchun sharoit yaratish, ya’ni barcha havo kiradigan joylarini bekitmasdan, ayrim xonalarning fortochkalarini ochiq qoldirish; Uyni isitish moslamalaridan is gazi sizib chiqmayotganligiga ishonch hosil qilgandan keyin uxlashga yotish; Gazdan foydalanganda ochiq holatda yonayotgan va o‘zidan is chiqarayotgan holatda foydalanmaslik; Faqat ruxsat qilingan isitish asboblaridan foydalanish, gaz plitalarni yongan holatda qoldirmaslik; Ko‘mir va o‘tin bilan isitiladigan xonalardagi pechkalarni mo‘rilarini tozaligini va tutunni tortishini doimiy nazoratda ushlab borish lozim. Is gazidan zaharlanishdan o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang! Download 15.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling