Diktantlar to’plami diktant ikki do'st


(133 so 'z. «Saodatnoma»)


Download 28.15 Kb.
bet2/14
Sana09.01.2022
Hajmi28.15 Kb.
#263785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
DIKTANTLAR TO’PLAMI

(133 so 'z. «Saodatnoma»)

Go'zallik ta'rifi

Go'zallik deganda, ko'z oldimga birinchi bo'lib gul tasviri keladi. Balki gul go'zallik ramzidir. Go'zallikni his qilmay turib, u haqida gapirish go'yoki gulni ko'rmasdan uni tavsiflashga o'xshaydi. Go'zallik hech qanday qolipga sig'maydi. U o'z nomi bilan go'zallik. U haqida gapirganda uzoq yo'lga otlanish oldidan kerakli buyumlarini chamadonga solayotgan sayyohni eslayman. Sayyoh barcha kerakli narsalarai chamadonga joylab, uni arang berkitadi, kerakli nimasidir esiga tushib, yana ming azobda ochib yopadi, yana kerakli narsalar chiqaveradi-chiqaveradi. qoldirib ketishga ko'zi qiymaydi...

Insonda ichki go'zallik muhim deyishadi. Lekin sonlar xotirasida siz birinchi taassurotni chehrangiz bilan qoldirasiz. Qalbi go'zal insonlarning yuzi ham go’zal bo'ladi, deydiganlar yuz foiz haq. Chunki qalbdagi yuzlardan va nigohlardan taraladi. Go'zallik nafi yuzdan, so'zdan va amaldan, balki o'zingiz yashaydi maskandan ham ufurib turishi lozim. Inson xulq-atvorining atrofini go'zallashtirgani sari o'zi ham go'zallashib boradi.

(134 so 'z. D. Abdusattorova “Ezgulik”)



Kamtarlik

Kamtarlik - inson qiyofasini bezovchi bebaho fazilatlardan biri. Haqiqiy kamtarlik, insonparvarlik, odamiylik kabi xislatlar bilan uzviy bog'liqdir. Kamtar odam o'zini hech qachon mehnatkash xalqdan ustun qo'ymaydi. Xalq bilan doimo bir tan, bir jon bo'lib yashaydi. Oilada, turmushda, yurish-turishda, kiyinishda oddiy odamlarga nisbatan samimiy munosabatda bo'ladilar.

«Kamtar kam bo'lmas», «Kamtarga kamol», - deydi dono xalqimiz. Isbot talab qilmaydigan bu haqiqat ming yilliklarning sinovidan o'tib kelmoqda. Shu bois, kuyunchak birodarlarimiz o'z yaqin qadrdonlariga doimo kamtar bo'l, kamsuqum bo'l, kam bo'lmaysan deb nasihat qiladilar. Chinakam kamtar, chinakam kamsuqum kishilardan har qanday buyuklikni, har qanday fidoyilikni kutish mumkin. Chunki, undaylar ota-ona-yu do'st - birodarlarga samimiy mehr-muhabbat ko'rsatishni, ko'zlagan maqsad sari sabr bardosh bilan intilishni o'z hayotlarining mazmun-mohiyati deb biladilar.


Download 28.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling