Diktantlar to’plami diktant ikki do'st


Download 28.15 Kb.
bet4/14
Sana09.01.2022
Hajmi28.15 Kb.
#263785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
DIKTANTLAR TO’PLAMI

(137so'z. Mirkarim O.

KEKSALIK – DONOLIK

Haqiqatan ham, keksalar juda dono bo'lishadi. Chunki ular o'z umrlari davomida ko'p narsalarni ko'rib-bilib, kerakli xulosalar chiqaradilar. Xalqimiz keksalarni e'zozlab: «Qarisi bor uyning - parisi bor» yoki «Qari bilganni - pari bilmas» maqollarini yaratgan. Bu maqollarda chuqur ma'no bor: qariyalar bor uy fayzli bo'ladi, chunki ular yoshlarga yo'l-yo'riq ko'rsatib, to'g'ri yo'lga boshlaydilar. Ularning ibratlari va nasihatlariga amal qilsangiz xonadoningiz nurga to'ladi.

Otaxon shoirimiz Quddus Muhammadiy «Aziz bobom» she'rida qariyalarni:

Bir aziz bobom bor dunyoda tanho,

Xushtabiat, xushqomat, muloyim, dono,

Ko'nglining kengligi yer, kurra, osmon.

Ko'zlari nuroniy oynayi jahon,

deb maqtaganlar. Inson hayoti bamisoli aylanguvchi charxpalakka o'xshaydi. U - bugun bola, so'ngra ulg'ayib ota-ona, keyin esa bobo, buvi bo'ladi. Buvilik, bobolik baxtiga muyassar bo'lganlar farzand va nabiralarini mehr-muhabbat bilan tarbiyalab, voyaga yetkazadilar.

Shuning uchun ham biz keksalarni doim e'zozlashimiz lozim. Prezidentimiz 2015-yilni «Keksalarni e’zozlash yili» deb e'lon qilganlari bejiz emas.

NAVRO`Z

Navro’z — quyosh yil hisobida yilning birinchi kuni O’rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlarning qadimiy, an’anaviy bayrami. Bahorgi teng kunlikka, ya’ni Quyoshning Hamal burjiga kirishiga to’g’ri keladi. Xivada «Navro’z» bayrami shodiyonasini boshlash bayrami ham hisoblanadi. Navro`z bayramida ommaviy xalq sayillari uyushtirilgan, yangi ungan ko’katlardan tansiq taomlar pishirilgan, ba’zi ekinlarni ekish boshlangan. Dastlab, Navro`z bayramini o’tkazish o’troq dehqonlarda rasm bo’lgan, keyinchalik ular orqali yarim o’troq va ko’chmanchi turkiy xalqlarning ham urf-odatlariga aylangan. Asrlar utishi bilan turli xalqlarda Navro`z bayramini o’tkazish marosimlari ularning turmush tarziga, mafkurasiga moslashgan.

Tarixiy manbalarga ko’ra, Navro`zni bayram qilish ahamoniylar davridan boshlangan va O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston xalqlarida eng katta bayramlardan biri hisoblangan. Bu o’lkalarga islom dini kiritilganidan keyin Navro`z bayrami man qilingan, ammo xalq o’z sevgan bayramini nishonlashda davom etgan. O’rta Osiyo va Eron xalklari arab xalifaligi hukmronligidan qutulgan davrdan boshlab, Navro`z bayramini o’tkazish yana rasmiy tus olgan.

NON HIKMATI

Nonning nomi ulug‘, nomidan ham o‘zi ulug‘. Bolaga ins-jins ziyon yetkazmasin deb, ona o‘z go‘dagi yostig‘i ostiga non qo‘ygan. Ota o‘g‘lini o‘zga yurtga safarga otlantirib, oq fotiha berarkan, «balo-qazolardan saqlaydi» degan ma’noda farzandining qo‘liga non tutqazgan.

Yo‘lga chiqqan bahodirga ota-onasi yoki suyuklisi non tishlatgan. Toki non-nasiba tortib, u uyga sog‘-salomat, beshikast qaytsin. Xastani, keksalarni ko‘rish, ustozni ziyorat qilish, hol-ahvol so‘rash uyiga non tugib borishdan boshlangan.


(«Oltin sandiq ochildi» kitobidan).


Download 28.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling