Диктантлар тўплами


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/113
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#218023
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113
Bog'liq
diktantlar toplami

7-sinflar uchun  

Ta`kidiy diktant  

 

 



1-namuna. Matnni diqqat bilan o`qing va yozing. Yakka va takror qo`llanilgan 

bog`lovchilarni aniqlang.  

 

Odamiylik  

Odamning  yaxshi  yomonligi,  axloqli  yoki  axloqsizligi,  madaniyatli  yo 

madaniyatsizligi,  shavkatli  yo  shavkatsizligi  uning  muomalasidan  bilinadi.  Shuning 

uchun  o`z  qadrdonlarining  qiymatini  bilgan  odam  eng  avval  muomala  odobining 

g`amini  yeydi.  Chunki  inson  butun  umrini  hamda  hayot  faoliyatini  odamlar  orasida 

o`tkazadi. U goh uyida bo`lsin, goh ish joyida bo`lsin, odamlarga to`qnashmay iloji 

yo`q.    Shuning  uchun  u  o`zini  jamiyatga  mos  tutishga,  ya`ni  odamlarni  hurmat 

qilishga, o`zi ham ulardan hurmat ko’rishga intilishi kerak. Bu esa har bir kishidan 

odamshavandalikni talab qiladi.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

(M.Ismoiliy)  

 

2-namuna. Matnni ko`chiring. Fe`l mayllarini aniqlang.  

So`zlar hayoti murakkab, ularga sehr yashiringan so`zlar ham o`z xalqi bilan 

birga umr kechiradi, xalq quvonsa, quvonadi, kuyinsa, kuyinadi.  

Kishilar  o`zgalarni  o`ylab  buloqlarning  bekilgan  ko`zlarini  ochadilar, 

avlodlari  uchun  daraxtlar  ekadilar.  Bundan  keyingi  avlod  buloq  suvidan  daraxt 

mevalaridan  bahramand  bo`ladi.  Ota-bobolarimiz  qoldirgan  so`zlar  ana  shu 

buloqlar va daraxtlardir.  

So`zlar biz uchun asrlar sadosi, uzoq o`tmish bilan hamnafaslik hissini 

uyg`otuvchi mangu chaqiriq, zamonlararo ko`prikdir.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

(B.To`ychiboev)   

 

 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling