Диктантлар тўплами
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
diktantlar toplami
Saylanma diktant 1-namuna. Matnni ko`chiring. Undagi qaratqich va tushum kelishigini aniqlang. Non Nonni ona sutiga tenglashtiradilar. Inson bolasiga dunyoda mana shu ikki buyuk ne`matdan qimmatli narsa yo`q. Chunki vaqti kelib ona bolasini sutdan ayiradi. Endi bola umrining oxirigacha ona suti o`rniga non tanovul qiladi. Non ona sutining davomchisidir. Non qachon paydo bo`lgan? Olimlarning taxminicha, nonning paydo bo`lganiga 15 ming yildan oshgan. Qadimgi Misrda birinchi marta oshirilgan xamirdan foydalanish odat tusiga kirdi. Non yopish san`ati keyinroq greklarga va rimliklarga o`tgan. Qadimgi Rimda yumshoq bug`doy non nihoyatda totli hisoblangan. Bu yerda novvoylar nonning ko`plab navlarini kishilarga tortiq etganlar. Non inson mehnatining mahsulidir. Buvi-buvalarimiz bizn:i «Nondek aziz bo`l!» - deb duo qiladilar.
(«Taqvim» dan) 34
matndagi otlardan juft otlar yasang.
qo`yib, she`rni o`qing va ko`chiring. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling