Диктантлар тўплами


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/113
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#218023
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113
Bog'liq
diktantlar toplami

Xotira diktant 

1-namuna. Berilgan xalq qo`shig`ini ifodali o`qing va yod olib uni yozing.  

Sumalak 

(xalq qo`shig`i) 

Sumalakjon, sumalak, 

Men senga jonim halak. 

Sumalak qadim ovqat,  

Uni pishirib berish,  

Tayyor bo`lgan bug`doyjon, 

Yanchib-yanchib ezilar.  

Suvi siqib olinib,  

Doshqozonga solinar.  


39 

 

An`anaviy zo`r odat.  



 

Bug`doyni avval olib,  

Taxtaga yayratamiz.  

Haftalab suvni sepib,  

Bahorday yashnatamiz.  

 

 

Yayrab-yayrab momolar, 

Qozonni bulg`ab turar. 

O`sma tortgan qiz-juvon, 

Sho`x qo`shiq kuylab turar.  

 

 

 

 

 

Sumalakjon, sumalak, 

 

 

 

 

Men senga jonim halak. 

 

 

 

 

Sen pishib chiqqaningda, 

 

 

 

 

To`yib-to`yib bir yalay.  

 

 

 

 

 

2-namuna.  She`rni  yod  olib  yozing.  Shaxs  nomlarini  eslab  qoling.  Yana 

qanday mashhur allomalarni bilasiz? Shu haqda suhbatlashing.  



Ona tilim o`lmaydi  

Notiq dedi:  

«Taqdir shul,  

Bu jahoniy iroda. 

Tillar yo`qolur, butkul, 

Bir til qolur dunyoda» 

- Ey voiz, pastga tushgin,  

Bu gap chiqdi qayerdan?  

Navoiy bilan Pushkin 

Turib keldi qabrdan.    

Kim darg`azab, kim hayron,  

Chiqib keldilar qator:  

Dante, Shiller va Bayron, 

Firdavsiy, Balzak, Tagor,  

«Va`zingni qo`y, birodar,  

Sen aytganing bo`lmaydi!» 

Barcha dedi barobar, 

«Ona tilim o`lmaydi!»   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

(E.Vohidov ) 

 

3-namuna.  O`zbekiston  Respublikasining  «Davlat  tili  haqida»  gi  Qonunidan 

olingan bandlarni o`qib, yoddan yozing. Shu haqida suhbat quring.  

 

1-modda. O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir.  

2-modda.    O`zbek  tiliga  davlat  tili  maqomining  berilishi  respublika  hududida 

yashovchi  millat  va  elatlarning  o`z  ona  tilini  qo`llashdan  iborat  Konstitutsiyaviy 

huquqlariga monelik qilmaydi.  

24-modda.  O`zbekiston  Respublikasida  davlat  tiliga  yoki  boshqa  tillarga 

mensimay yoki xusumat bilan qarash ta`qiqlanadi.  




40 

 

 



4-namuna.  Maqollarni o‟qing, ularda ilgari surilgan g‟oya haqida fikrlang va 

yoddan yozing. 

1. Eling senga cho‟zsa qo‟l, 

     Unga doim sodiq bo‟l. 

2.  Yurt boshiga ish tushsa

Er yigit nozir bo‟lur. 

3.  Xalq bor yerda haqlik bor. 

4.  El boqsa, baxting kular

El bo‟lmasa, taxting qular. 

5.  Xalqqa suyansang, bo‟lasan, 

Xalqdan chiqsang, so‟lasan. 

6.  Birlikda baraka bor.  

 

5-namuna. Quyidagi so‟zlarning imlosiga diqqat qiling va xotirangizda saqlab 

ularni yodda yozing. 

Badiiy,  xafa,  mehr,  izzat,  ehtirom,  mukammal,  latofat,  mamnuniyat, 

konstitutsiya, himoya. 

 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling