Диктантлар тўплами
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
diktantlar toplami
3-namuna. Quyidagi matnni ko`chiring. Shu kabi miliy urf-odatlarimiz yuzasidan erkin fikringizni bildirib yozing. Salomlashish odobi Salomlashish – qadimiy odat. Dunyodagi barcha madaniy xalqlar, o`zaro insoniy muloqot-muomola munosabatni salomdan boshlashadi. Har bir xalqning salomlashish bilan bog`liq urf-odatlari bor. Hindlar qo`l kaftlarini birlashtirgancha, peshonalariga tirab, afg`onlar yuzlarini yuzlariga suykagancha kaft urishtirib salomlashsa, inglizlar bosh kiyimini olib, yengil ta`zim qilishadi. Biz o`zbeklar, barcha islom dunyosi xalqlari singari bir-birimizni ko`rganda «assalomu alaykum» deya, qo`l olishib ko`rishamiz. Xalqimizning o`ziga xos tabiatini, lutfkorligini, urf-u odatlarini hammamizga jonday aziz, qadrdon bo`lib qolgan «salom» so`zisiz tasavvur qilolmaymiz. Odamning kimligini uning salomi belgilaydi. (M.Sattor «O`zbek udumlari») 38
sifatida foydalanib ”O‟quvchi qanday yaxshi fazilatlarga ega bo‟lishi va qanday yomon xislatlardan saqlanishi lozim?” mavzusida erkin matn yarating. Karimjonni maktabda, mahallada hamma sevardi. Chunki u aqlli, odobli, tarbiyali va tirishqoq bola edi. Maktab o‟qituvchilari yalqov va kelishmagan o‟quvchilarga: ”Karimjonga o‟xshash odobli, tarbiyali bo‟linglar, undan ibrat olinglar”-deb nasihat qilardilar. Karimjon ezma emas, oz so‟zlardi, boshqalar so‟zlaganda ularning so‟zlari tamom bo‟lguncha tinglar, orada so‟z qo‟shmasdi. Ikki kishi so‟zlashib turganda yonlariga borib, ularning gaplariga quloq solib turmasdi. Mabodo undan bir narsani so‟rasalar , muloyimlik bilan javob berardi. Ovqatlangan vaqtida hamma yoqqa to‟kib, dasturxonni iflos qilishdan, og‟zini to‟latib ovqat yeyishdan, boshqalarning ovqat yeyishiga qarab turishdan o‟zini tiyardi. Aziz bolajonlar, har biringiz Karimjon kabi odobli, tarbiyali bo‟lishga harakat qilinglar. (O. To‟rayeva) 5-namuna. She‟rni ifodali o‟qing. Song uning mazmunini erkin bayon qilib hikoya tarzida yozing. Jahonda nima ko‟p-go‟zal joylar ko‟p, Tovusning pariday rango-rang, so‟lim. Yer o‟g‟li edim men, shuning uchun ham Bir payt sayyohlikni qasd qilib oldim. Ko‟ra-ko‟ra chrcha, hafsalam sovib, Nihoyat, vatanga qaytib yo‟l oldim. Hamma ko‟rganimdan yaxlit xulosa: Tuqqan vatan ekan jahonda go‟zal O‟z yurtim yerida ungan har maysa Begona yurtlarning gulidan afzal... G‟afur G‟ulom
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling