Buyuk ajdodlarimiz faxrimiz
Download 69.93 Kb.
|
Buyuk ajdodlarimiz faxrimiz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
- Xush kelibsiz!
- Moziyga qaytish
- 1-o‘quvchi
BUYUK AJDODLARIMIZ - FAXRIMIZ Sinf xonasi ulug‘ allomalarimiz suratlari, Alisher Navoiyning hikmatli so‘zlari, ilmli bo‘lishga da'vat etuvchi hadislardan namunalar, shuningdek, turfa gullar, rango-rang sharlar bilan bezatilgan. Mayin kuy taraladi. Sahnaga ikki boshlovchi chiqib kelishadi. 1-boshlovchi: - Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, mehridaryo ustozlaru qadrli o‘quvchilar, davramizga xush kelibsiz! 2-boshlovchi: - Barchangizga ezgu tilaklarimiz yor bo‘lishini tilagan holda «Buyuk ajdodlarimiz - faxrimiz» deya nomlangan badiiy kechamizni boshlaymiz. (Sahnaga o‘qituvchi, o‘quvchilar chiqadilar). O‘qituvchi: - Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar! O‘tkazilayotgan tadbir tufayli tashrif buyurganlarning barchasiga «Xush kelibsiz!» — deymiz. Bu kun sizning qarshingizda o‘quvchilarimiz o‘zlarining iqtidorini, mahoratini namoyish etadilar. Ular tarixga nazar tashlaydilar. Shu muqaddas zamin - O‘zbekiston deya atalmish jannatmakon diyorda yashab o‘tgan, ilm, fan va madaniyatda, tibbiyot sohasida dovruq qozongan bobolarimiz haqida, yurtimizning mashhur insonlari — ulug‘ ajdodlarimiz haqida so‘zlaydilar. Zero, buyuk adibimiz Abdulla Qodiriy aytganlaridek, «Moziyga qaytish»ning nechog‘li xayrli ekanini shu kechada ishtirok eta turib, e'tirof etamiz. (O‘quvchi qiz va bola jo‘rlikda she'r o‘qiydilar). - Bayrog‘i bor, gerbi bor, Serquyosh O‘bekiston. Madhiyamiz yangragan, Bu yurtdir go‘zal bo‘ston.
Ulug‘ Madhiyam. Har satri hikmatga, To‘liq Madhiyam.
- Eng go‘zal qo‘shig‘i Ozod elimning. Muqaddas Madhiyam, Qutlug‘ Madhiyam. O‘quvchilar O‘zbekiston Davlat madhiyasini kuylayshadi. O‘qituvchi (bolalarga murojaat etadi): - Bolalar, biz kimlarning avlodimiz? Download 69.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling