Buyuk ajdodlarimiz faxrimiz


Download 69.93 Kb.
bet2/6
Sana02.01.2022
Hajmi69.93 Kb.
#195568
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Buyuk ajdodlarimiz faxrimiz

O‘quvchilar (jo‘rlikda): - Biz buyuklar avlodimiz. (Mayin kuy ohanglari ohista taraladi. Sahnaga nuroniy kishi siymosida bir o‘quvchi chiqadi). - Bolalarim, men buyuk bobongiz imom Al - Buxoriy bo‘laman. O‘z umrim davomida payg‘ambarimiz hadislarini to‘plab, eng sahihlarini jamlab, yurtdoshlarimga qoldirdim. Siz ham, bolajonlar, ularni o‘qing, o‘rganing. Shuni unutmangki, mukammal fazilat egasi bo‘lishingizda bu pandu nasihatlarga yo‘g‘rilgan hikmatlarni foydasi nihoyatda kattadir. Hozir mening odobli va zukko bolalarim ana shu hadislardan namunalar aytishadi. (Sahnada o‘quvchilar. Ular birin-ketin so‘zlaydilar.)

- Jahli chiqqan vaqtida o‘zini tuta olmagan kishi kuchsizdir.

- Insonalrga berilgan fazilatlardan eng yaxshisi axloqdir.

- Yomon odamlarga yaxshi muomala qilmoq — baloning oldini

olmoqdir.

- Haqiqatni, to‘g‘ri so‘zni tan olmaslik va boshqa kishilarning o‘zidan past hisoblashlik kibrdir. (Sahnaga al-Xorazmiy siymosidagi yana bir o‘quvchi chiqadi).

Bolajonlarim, men Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy bobongizman. Yoshlikdan matematika ilmini o‘rganishga bel bog‘ladim. Ilk bor o‘z asarlarimda sizga tanish hisoblangan «0»dan «9» gacha bo‘lgan raqamlarni qo‘lladim. Matematika – fanlar shohi. Siz bu fanni puxta o‘rganib olmog‘ingiz lozim. Zero, ilmli insonni barcha qo‘llag‘ay. Ilm olish yo‘lida sizga ulug‘ ajdodlarimiz ruhi yor bo‘lsin.

3-o‘quvchi: – Men yer va osmon jismlarini o‘rgangan buyuk olim Abu Rayhon Beruniy bobongiz bo‘laman. Izlanishlarim samarasi o‘laroq yerning narigi tomonida yana bir qit'aning borligini bashorat qildim. Bu Amerika qit'asi bo‘lib chiqdi. Bundan tashqari yer shakli tasvirlangan ulkan globusni ham yaratdim. Vatanimiz tabiatini o‘rgandim. Bolalarim, ona sayyoramizni, uning tabiatini seving, o‘rganing, asrang, avaylang.

(Buyuk olim so‘zlarini boshlovchilar davom ettirishadi).



1-boshlovchi: – Ulug‘ allomamizning 152 ta asari ma'lum bo‘lib, ularning bizgacha 30 tasigina yetib kelgan. Asarlarining 70 tasi astronomiya, 20 tasi matematika, 12 tasi geografiya va geodeziya, qolganlari mineralogiya, tarix va etnografiya, adabiyot, falsafa, fizika va dorishunoslikka bag‘ishlangan.

2-boshlovchi: – Yer va osmon globusini yaratgan, ko‘plab ilmiy ishlarni amalga oshirgan olimimizni butun jahon tan olgan. Hozirda Beruniy bobomizning ilmiy asarlari oliygohlarda, ilmiy-tadqiqot institutlarida o‘rganilmoqda. (Sahnaga yana allomalarimiz timsolida bolalar chiqishadi).


Download 69.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling