6-o‘quvchi (Alisher Navoiy siymosida): – Bolalarim, men sizga
ko‘plab ruboiy, g‘azal, tuyuq, qit'a va besh dostonni jamlagan «Xamsa» kabi merosimni qoldirdim. Jonajon tilimizni saqlab qolishga, harakat qildim. Quyida hikmatlarimdan tinglang:
— Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur,
Qatra-qatra yig‘ilib, daryo bo‘lur.
— Bilmaganin so‘rab o‘rgangan olim,
Orlanib so‘ramagan, o‘ziga zolim.
(Bir o‘quvchi T.Adashboyevning «Navoiy bobomlar» she'rini ifodali o‘qiydi).
— Hirot tuprog‘ida voyaga yetgan,
«Qush tili» yo‘llarini munavvar etgan,
Yillar to‘zonidan sog‘-omon o‘tgan,
Navoiy bobomlar, buyuk odamlar.
«Xamsa»si ko‘nglimni shamday yoritgan,
Tilimizni ko‘rkam, boy etgan.
Mag‘ribu Mashriq ham iftixor etgan,
Alisher bobomlar, qutlug‘ bobomlar.
Dostonlari chiqmagay yoddan,
So‘rang Majnun, Qaysdan, Farhoddan,
Layli, Shirin, qaddi Shamshoddan.
Navoiy bobomlar, buyuk odamlar.
1-boshlovchi: – Donolarning donosi bo‘lgan buyuk ajdodlarimiz fan va madaniyat sohasida olamshumul ishlarni amalga oshirib, bizga ulkan meros qoldirganlar.
7-o‘quvchi: – Bugun oliygohlar-u, katta shaharlar, chiroyli xiyobonlar, kutubxonalar ular nomi bilan ataladi.
(Kichik sahna ko‘rinishi ijro etiladi). Mir Alisher bobomiz ijod bilan
mashg‘ul. Shu choq uning oldiga bir xasta kishi kelib, o‘zining salomatligi yomonlashganidan shikoyat qiladi va deydi: – Mavlono, siz ko‘pni ko‘rgan, dono odamsiz, benazir shoirsiz, adolatparvarsiz, ammo tabiblikdan ham xabaringiz bo‘lganda edi, menxastaga shifo ulashgan bo‘lur edingiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |