Buyuk ajdodlarimiz faxrimiz


Alisher Navoiy unga qarab deydi


Download 69.93 Kb.
bet5/6
Sana02.01.2022
Hajmi69.93 Kb.
#195568
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Buyuk ajdodlarimiz faxrimiz

Alisher Navoiy unga qarab deydi:

– Aslo ruhingizni cho‘ktirmang, sizga qo‘limdan kelgancha yordam

beraman. Qayeringiz og‘riydi? Qani, ayting-chi?

– O‘zim ham bilmayman, lekin hamma joyim qaqshab og‘riydi. Navoiy unga quyidagi maslahatni beradi:

Har kuni ertalab yer chopib, qolgan paytlarda o‘zingizni kasbingizni qiling, inshoolloh tezda tuzalib ketasiz. Oradan bir necha kun o‘tgach, haligi bemor ruhan tetik, shodon qiyofada shoir huzuriga keladi va deydi:

– Meni tanidingizmi, taqsir?

Tanishga tanidimu, ammo salomatligingiz qalay?

– Otdayman. Siz zo‘r tabib ekansiz. Sizning aytganlaringizni qilib darddan tamomila xalos bo‘ldim. Alisher Navoiy unga mamnun

qiyofada kulib, qarab qo‘yadi.

2-boshlovchi: – Ana ko‘rdingizmi, bolajonlar, bobomiz inson salomatligida mehnatning roli nechog‘li katta ekanligini juda yaxshi bilganlar. Demak, mehnat insonlar uchun sihat-salomatlik va baxtsaodat kalitidir.

1-boshlovchi: – Aziz o‘quvchilar, hazrat Navoiy bobomiz o‘zining sermazmun umrlari davomida nafaqat nazmiy, balki nasriy asarlar ham yozib, xamsachilikda mukammal besh doston yaratganlarki, ular adabiyotimizning noyob va bebaho boyligi hisoblanur. (Sahnaga qo‘llarida kitoblar tutgan o‘quvchilar chiqadi).


Download 69.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling