5-sing Geografiya darsligi asosida 14 § mavzu


Download 5.32 Mb.
Sana11.11.2023
Hajmi5.32 Mb.
#1767016

5-sing Geografiya darsligi asosida 14 § - mavzu


Litosfera

Litosfera - Yerning qattiq qobig‘i. Yunoncha «litos» - tosh, «sphaira» - shar, ya’ni toshqobiq degan ma’noni anglatadi.


Litosferaga Yer po‘sti va mantiyaning yuqori qismi kiradi.

Yer po‘sti uch qavat tog‘ jinslaridan iborat (30-rasm). Birinchi qavatda asosan cho‘kindi jinslar bo‘ladi. Ular — quruqlikda va suvda jinslarning cho‘kib, o‘tirib qolishidan hosil bo‘ladi.


Ular gil, ohaktosh,
qum, qumtosh, bo‘r jinslari bo‘lib, qatlam-qatlam holda yotadi.
Quruqlik
Dunyo okeani
Bazalt qatlam
Cho’kindi qatlam
Granit qatlam
Yuqori
O’rta
Quyi
Mantiya
Yer po’sti

Bir parcha bo‘r yoki ohaktoshni mikroskopda ko‘rsangiz, uning butunlay mayda jonivorlarning chig‘anog‘i va suyaklari ekanini bilib olasiz.


Ohaktosh

Ular millionlab yillar ilgari suvda yashagan qadimgi o‘simlik va jonivorlar qoldiqlaridir (31-rasm). Toshko‘mir va neft ham shunday qoldiqlardan hosil bo‘lgan.


31-rasm. Sayyoramizda qadimda yashagan jonivor
va o‘simliklarning qoldig‘I saqlangan cho‘kindi tog‘ jinslari.

Granit — magmatik tog‘ jinsi. U Yer qatlamlari orasiga magmaning kirib qolib, sovishidan hosil bo‘lgan.


Magmani qaynoq, yonib turgan balchiqqa o‘xshatsa bo‘ladi. U sovib granitga aylanadi.

Granit qatlamidan pastda bazalt qatlam joylashgan. Bazalt chuqurdan chiqib kelgan. U granitdan og‘ir, tarkibida temir, magniy, kalsiy mavjud. Granit va bazalt otqindi jinslardir.


Bazalt

Yer po‘sti materiklar va okean ostida bir xil emas. Materiklarda Yer po‘sti yuqorida ko‘rganimizdek uch qavat.


Okeanlar ostida esa ikki qavat. Ya’ni faqat cho‘kindi jins qatlamlari va bazaltdan iborat.
Litosfera plitalarining ajralish chegarasi
Litosfera plitalarining harakat yo‘nalishi va tezligi, sm/yil
Litosfera plitalarining
to‘qnashish chegaralari
32-rasm. Litosfera plitalari, ularning harakat yo‘nalishi va tezligi, sm/yil.

Litosfera plitalari mantiyaning suyuq jinslari qatlami ustida turli tomonga siljib yuradi.

Bir-biriga qarshi yo‘nalishda siljiyotgan plitalar to‘qnashgan joylarda Yer po‘sti bukilib, yoysimon orollarni, tog‘larni, chekka okean botiqlarini hosil qiladi.


Bularga And tog‘lari, Yaponiya orollari, Mariana botig‘ini misol qilib ko‘rsatish mumkin
And tog’i
Yaponiya orollari

Litosfera plitalari bir-biridan ajralayotgan yoki to‘qnashayotgan joylarda ular juda harakatchan bo‘ladi, tez-tez yer qimirlab turadi. Ko‘pchilik so‘nmagan vulqonlar shu yerlarda joylashgan.

Endi «Litosfera plitalari harakati» va «Yer qimirlash va vulqonlarning asosiy zonalari» xaritalarini qiyoslab ko‘raylik


Litosfera plitalari harakati
Etna So‘nmagan vulqonlar
Yer qimirlash zonalari
33-rasm. Yer qimirlash va vulqonlarning asosiy zonalari.
Download 5.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling