Диктантлар тўплами
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
diktantlar toplami
3-namuna. Matnni o`qing. Fe`llarning yasalishiga diqqat qiling va ularni
izohlang. Mirza Bobur yoshligidanoq ziyrak bola bo`lib o`sibdi. Kunlardan bir kuni Umarshayx saroy a’yonlari bilan qasrda o`ltigan ekan, bir kabutar uchib kelib ayvon peshtoqiga qo`nibdi-da, «g`ulu-g`ulu» qilaveribdi. Umarshayx a’yonlaridan «Kabutar ne deydur» deb so`rab qolibdi. Anchadan buyon urush ko`rmay qilichlari qonsirab qolgan a’yonlar: «Oliy hazrat, kabutar qilichlarni qindan sug`urmoq kerak deydur?», - deb javob berishibdi. Gapga aralashmay bir chekkada jim o`ltirgan Mirzo Babur: «Yo`q, kabutar unday demaydur. Bobo qovun sayliga chaqiribdur. Jonivor shu xushxabarni keltiribdur», - debdi. Umarshayx kabutarni tutib keltirishini buyuribdi. Kabutarni tutib kelib, oyog`idagi mis xalqani olib qarashsa, ichidan bir xat chiqibdi. Xatda: «Oliy hazrat, qovun ayni pishdi. Kelib qo’l urib bersalar», - deb yozilgan emish. Mirzo Boburning gapi to`g`ri chiqqandan hayratga tushgan Umarshayx o`g`lidan: «Mirzoning bunchalik bilag`on va topqirligiga bois nedur?» - deb so’rabdi. «Ota», - debdi Bobur. – Bu kabutarga e`tibor qilmadingiz. O`tgan yili ham qovun sayli xushxabarini xuddi mana shu jonuvor xabar qilg`on erdi, kaminaning ko`zi kabutarning o`ng qanotidagi qora xolga tushgan zahoti ani tanidim va shu so`zni taxmin etdim», - deb javob beribdi. Yosh Mirzoning hushyorligi, topqirligiga qoyil qolgan Umarshayx a’yonlariga qarab: «qilichni emas, aql-idrokni ishga solmoq lozimdir. Xabar qilinglar, barcha qovun sayliga otlansin» - deb buyuribdi. («Allomalar ibrati» kitobidan)
ko‟chiring. Yordamchi so‟zlarga izoh bering.
32
Millatning kelajagi bugundan boshlanadi. O‟zligini anglamagan, manqurtlik (beri, tomon, ko‟ra) ketayotgan odamlar bilan yangi jamiyatni qurib bo‟lmaydi. Ma‟naviyati yuksak insonlar (nahotki, nafaqat, agar) o‟z davri rivojiga, (-ki, balik, shuning uchun) millat kelajagi (hamda, yoki, yohud) ravnaqiga ham munosib hissa qo‟shadi. Ma‟nan boy, ruhan komil insonlargina ozod (bilan, ham, va) obod Vatanni qurishga qodirdirlar. (Y. Do‟stmatova)
to‟ldiruvcining belgili yoki belgisiz shakllarida kelganligini izohlang. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling