Диктантлар тўплами


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/113
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#218023
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113
Bog'liq
diktantlar toplami

Nazorat diktant 



Mukofot va jazo 

Mahmud  G`aznaviyning  otasi  Sabuktegin  davlat  ishlarini  boshqarayotgan 

paytlarida o`g`li shahzoda Mahmudni yonida olib o`tirar ekan.  

Bir  kuni  Sabuktegin  kechasi  ko`rgan  tushini  munajjimga  so`zlab  berib, 

ta`birini so`rabdi. Munajjim bilag`on bo`lsa da, dilozor, dag`al so`zli ekan. U tushga 

shunday ta`bir beribdi:  

- Shohim, sizning barcha yor-u do`stlaringiz o`lib ketadi, siz yolg`iz qolib, ko`p 

azob chekasiz.  

G`azablangan  Sabuktegin  munajjimning  tilini  kestiribdi  va  xuddi  shu  tushni 

tadbirkor,  munozarali,  oqil  vaziriga  aytibdi.  Dona  vazir  bu  tushga  shunday  ta`bir 

beribdi.  

- Shohim, bu qutlug` tush sizga muborak bo`lsin. Sadaqalar bering, bandilarni 

zindondan  ozod  qiling.  Tangri  sizni  barcha  yor-u  do`stlaringizdan  uzoqroq  umr 

ko`rish baxtiga muyassar qiladi.  

Sabuktegin  vazirini  zar  to`n  bilan  taqdirlab,  unga  ruxsat  bergach,  o`g`liga 

debdi:  

- O`g`lim, har ikkalasi ham bir fikrni aytdi.  

- Ammo qay tarzda, - deb e`tiroz bildiribdi shahzoda.  

-  Gap  xuddi  mana  shunda-da.  Qarang,  biri  jazolandi,  biri  esa  taqdirlandi,  - 

deb ziyrak o`g`lining fikrini ma`qulladi Sulton. 

 

 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling