Диктантлар тўплами


-namuna.  Berilgan  matnni  o`qing,  -  gach


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/113
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#218023
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   113
Bog'liq
diktantlar toplami

2-namuna.  Berilgan  matnni  o`qing,  -  gach  (-kach,  -  qach),  -  guncha,  (-

kuncha,  -quncha)  qo`shimchalari  qatnashgan  ravishdoshlarni  aniqlab,  ularning 

imlosiga e`tibor bering.  



Uch og`a – ini safarda 

 Ota o`g`illarining peshonasidan o`pib xayrlashibdi. Og`a-inilar erta sahardan 

yo`lga  chiqibdilar.  Ular  kun  bo`yi  yurib,  qosh  qoraygach,  bir  manzilga  yetibdilar. 

Botirlar ovqatdan so`ng bir oz dam olgach, o`zaro maslahatlashibdilar. Ular kechani 

uch bo`lakka bo`lib, har bir bo`lagida galma-gal poyloqchilik qilishadigan bo`libdi.  

To`ng`ich  botir  poyloqchilik  navbatida  sherni  o`ldiribdi.  Keyin  ukalarining 

yoniga kelib o`tiribdi.  

O`rtanchi botir poyloqchilik navbatida hech qanday hodisa bo`lmabdi. Oxirida 

uchinchi  botir  tong  otguncha  poyloqchilik  qilibdi,  hech  narsa  bo`lmabdi.  Birinchi 

kecha shu bilan tugabdi.  

Kun chiqqach, botirlar yana yo`lga tushibdilar …..  

Kun  botgach,  bir  tog`  etagiga  kelib  tushibdilar,  otlarini  o`tga  qo`yib,  o`zlari 

dam  olibdilar.  Ovqatlarini  yeb  bo`lishgach,  avvalgiday  poyloqchilik  navbati 

to`ng`ich botirga berilibdi…       

   


 3-namuna. Matnni qunt bilan o`qing. Gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlarini 

aniqlang va izoh bering.

  

Bir  pashsha  qir  tarafdan  uchib  kelayotgan  bolarini  ko`rib:  «Oh,  birodar!  Bir 

boshing  uchun  muncha  harakat  qilasan!  Sen  ham  men  kabi  rohatda  yashasang, 

bo`lmaydimi,  chunki  mening  hayotimda  hech  bir  mashaqqat  yo`q..  Insonlar 

tomonidan  hozirlangan  dasturxonlardan  har  xil  taomlarni  yeb-ichib,  umr 

o`tkazaman.  Ba`zi  vaqtlarda  sen  yiqqan  bolingdan  ham  to`ygunimcha  yeyman. 

Yashamoq  mana!  Umr  kechirmoq  uchun  olamda  bundan  yaxshi  sharoit  bo`ladimi? 

Menda na bol tayyorlamoq mashaqqati va na uy solmoq kulfati bor», - dedi.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

(«Gulxan» dan)    


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling