Диктантлар тўплами


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/113
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#218023
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   113
Bog'liq
diktantlar toplami

Erkin diktant 

1-namuna.  Quyidagi  matnni  qunt  bilan  o`qing.  O`zingiz  ham  tasdiq,  inkor, 

istak gaplar yoki modal so`zlar va undalmalarni qatnashtirib voqeiy hikoya tuzing.  



Ikki do`st uchrashib qolishdi. Ulardan biri dedi:  

- Do`stim, bir yaxshi hikoya o`qidim, sen ham tingla.  

- Gapir, o`rtoq.  

- To`rt kishi Afrika bo`ylab sayohatga chiqishdi, deb gap boshladi haligi do`sti. 

– Yo`lda ularning oziq-ovqatlari tugab qoldi, ikki kun hech narsa yemadilar. Nihoyat, 

bir  qarovsiz  kulbaga  yetib  kelishdi.  Shunda  sayohatchilardan  biri:  -  Men  chiqib 

birorta  hayvonni  otib  kelaman,  -  dedi-da,  kulbadan  chiqib  ketdi.  Bir  oz  yurganidan 

so`ng  u  to`satdan  bahaybat  bir  sherga  duch  kelib  qoldi.  Sher  ham  och  ekan, 

sayohatchining  orqasidan  quvlab  ketdi.  Sayohatchi  qo`rqqanidan  kulbaga  tomon 

qochdi. Kulbaga endi yetib kelganida qoqilib, yiqilib tushdi. Quvlab kelayotgan sher 

… .  

- Ha, u yog`i nima bo`ldi?  

-  U  yog`ini  bilsam  aytib  berardim,  biroq  kitobning  keyingi  sahifasi  yo`q, 

yirtilgan.  

- Qaysi nodon kitobni yirtibdi? – deb yubordi do`sti achchiqlanib.  

Shunday  qilib,  ikki  do`st  shirin  ovqatga  to`ymagandek  nochor  qolaverdilar. 

Varag`i yirtilgan kitob-mayib kitob, qanotsiz qush.  

 

 

 

 

 

 

 

 

(«Donolar xazinasi») 

   

2-namuna.  Gaplarni  ko`chiring.  Sodda  va  qo`shma  fe`llarni  ajrating.  Matnga 

o`z munosabatingizni erkin turda bayon qiling.  



Kunlardan bir kuni Durroj: «Men tuzoqqa tushdim! – deb sherni aldadi. Sher 

uning  aldaganini  ko`rib:  «Meni  aldamagil,  yolg`onchidan  el  nafratlanadi»,    -  desa 

ham,  Durroj  quloq  solmas,  yolg`onchilikni,  aldashni  qo`ymas  edi.  Bir  kuni  Durroj 

tuzoqqa  ilindi  va:  «Meni  tutib  oldilar!  –  deb  qattiq  qichqirdi.  Sher  «Bu  gal  ham 

Durroj meni aldayapti», - deb qutqarishga bormadi.  

 

 

 

     

 

 

 

 

 

(Alisher Navoiy) 


51 

 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling