Диктантлар тўплами


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/113
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#218023
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113
Bog'liq
diktantlar toplami

 

3-namuna. Berilgan she`riy parchani o`qing. Ajratilgan so`zlarning tarkibini 

aniqlang. Sherdan olgan taassurotingizni erkin bayon qilib yozing.  



                                           O`zbekiston 

 

 

 

Vodiylarni yayov kezganda,  

 

 

 

Bir ajib his bor edi menda. 

 

 

 

Chappar urib gullagan bog`in,  

 

 

 

O`par edim Vatan tuprog`in.  

 

 

 

Odamlardan tinglab hikoya,  

 

 

 

O`sar edi shoirda g`oya.  

 

 

 

Daryolardan kuylab o`tardim,  

 

 

 

Ertaklarga quloq tutardim.  

 

 

 

Hammasini tinglardim, ammo,  

 

 

 

O`xshashini topmasdim aslo.  

 

 

 

 

 

 

 

(H.Olimjon)  

4-namuna. Matnni o`qing. Uyushiq bo`laklarni aniqlang. Uyushiq bo`laklarni 

qatnashtirib o`zingiz ham matnni davom ettiring.  



O`tmishda  yosh  avlodning  jismoniy  baquvvat,  epchil,  chaqqon,  jasur, 

qo`rqmas,  dovyurak  va  matonatli  bo`lishi  yo`lida  qiziqarli  o`yinlar  kashf  etilgan. 

Xususan,  sayil  tomoshalarda  qoyaga  arqon  tashlab  chiqish  va  tushish,  xodaga 

chiqib,  tuhfani  olish,  otda  va  piyoda  uloq,  yer  olish,  dehqon-dehqon,  tovontepar, 

kurash,  arqon  tortish,  qo`lda  kuch  sinash,  to`nka  yurish,  tosh  ko`tarish,  chillak 

o`ynash,  zuv-zuv,  ovush-ovush,  (xokkeyning  bir  turi)  chavgon,  eshakmindi, 

eshakquloq, eshakchopdi va hokazolar.  

Shuningdek,  milliy  raqslar:  yigitlar  o`yini,  beshqarsak,  cho`pon  o`yini,  yelka 

urishtirish, nog`ora o`yini, lagan o`yini … Bunday o`yin-raqslar yoshlar tarbiyasida 

muhim hisoblangan. Bundan tashqari, adabiyot, san`at, musiqa va kuy bilan bog`liq 

«Qissaxonlik»,  «Qiroatxonlik»,  «Bahru  bayt»,  «Navoiyxonlik»,  «Yassaviyxonlik», 

«Maddohlik» kabi an`analar ham rasm bo`lgan.  

 

 

 

 

 

 

 

 

(«O`zbekiston ovozi»)  

 5-namuna.  Matnni  qunt  bilan  o`qing.  Uyushiq  bo`laklarini  aniqlab,  ularning 

sanash  ohanggi  bilan  o`qilishiga  rioya  qiling.  O`zingiz  ham  Navro`z  haqida  erkin 

bayon yozing.  

Navro`z  ayyomiga  atab  bobo  dehqonlar  yerlarni  maromiga  keltirish,  ariq-

zovurlarni  tozalash,  qo`sh-anjomlarni  tartibga  solish,  urug`larni  saralash, 

ko`zlangan  joylarni  urug`  qadashga  moslash  kabi  taraddudlarni  ko`rsalar, 

bog`bonlar toklarni ochish, anjir, anor va boshqa mevalarning ko`chatlarni tartibga 

keltirish,  yangi  nihollarni  ekishga  tayyorlash,  dov-daraxtlarni  butash,  payvandlash 

kabi yumushlarni rejalashtirganlar.  



52 

 

Qisqasi,  turli  kasb-hunar  kishilari,  chunonchi,  pazandalar  bahor  elchilari  – 



anvoyi  ko`katlardan  taomlar,  qandolatchilar  pechakqand,  holva,  pashtak,  novvot, 

xo`rozqand,  burama  qand,  kashtachi-yu  chevarlar  bahor  kashtalari,  palak-

choyshablari,  navro`z  do`ppilari,  ko`ylak  liboslari,  to`nlari,  kamzullari,  shuningdek 

boshqa kasb-hunar kishilari ham navro`zga tayyorgarlik ko`rganlar.  

 

 

 

 

 

 

 

 

(«O`zbekiston ovozi»)  


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling