Диктантлар тўплами


Do`stlik – oltindan qimmat


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/113
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#218023
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113
Bog'liq
diktantlar toplami

Do`stlik – oltindan qimmat 

 

Oqil  bobo  hikoya  qiladi.  Bir  qishloqda  ikki  oshno  yashar  ekan.  Birining  oti 

Husan, ikkinchisiniki Muhammad ekan. Ular juda inoq ekan.  

 

Husan  kasal  bo`lib,  o`rnidan  turolmay  qolibdi.  Yosh  yigitning  umri 

tugayotganiga O`limning ichi achishib, «Sen yashashing kerak. Qani, men eng yaqin 

kishingdan-onangdan senga umr so`rab ko`ray-chi»-debdi.  

 

Husan  rozi  bo`libdi.  Shundan  so`ng  O`lim  yigitning  onasiga  murojaat  qilib: 

«Ey,  ona,  sevimli  bolangni  yaxshi  ko`rsang,  umringdan  ozginasini  unga  bergin»  - 

debdi.  Lekin  ona  boshqa  farzandlarini  o`ylab,  bu  taklifga  rozi  bo`lmabdi.  Shundan 

keyin O`lim Husandan: «Eng yaqin kishilaringdan yana kim qoldi ? » - deb so`rabdi. 

– «Muhammad degan bir do`stim bor», - deb javob beribdi Husan.    


 

 



O`lim  Muhammadning  oldiga  borib,  bor  gapni  aytibdi.  Do`stiga  ichi  achigan 

Muhammad: «Umrimning ozginasini emas, do`stim uchun yarmini olaqol!» - debdi. 

Bu gap O`limning ham ko`nglini yumshatibdi. Husanni saqlab qolishga ahd qilibdi.  

 

O`lim  Hayotning  oldiga  boribdi.  –  Sen  bilan  biz  ashaddiy  yovmiz.  Lekin  bir 

yigitning umri tufayli sening oldingga keldim. O`sha yigitga Muhammad degan do`sti 

umrining  yarmini  berishga  va`da  berdi.  Marhamat  qil,  ularga  ko`proq  umr  bergin. 

Men ham shunga roziman – debdi O`lim.  

 

Bu  taklifga  Hayot  rozi  bo`libdi.  Muhammadning  umridan  qarz  olinmasdan, 

Husanga  qo`shimcha  hayot  beribdi.  Shunday  qilib  ikki  do`stning  bir-biriga  sadoqat 

va inoqligi o`limni ham chekintiribdi.  

 

Darhaqiqat:  

 

 

Oshnolar bo`lishga chin qadrdon, 

 

 

O`limni yengishga topilar imkon.   

 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling