Диктантлар тўплами
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
diktantlar toplami
6-sinflar uchun
Ta`kidiy diktant 1-namuna. Matnni o`qing, ajratib ko`rsatilgan so`zlarga e`tibor bering. Tinchlik nima? Ozodaning buvasi: «Sog`-salomat bo`linglar. Doim tinchlik bo`lsin!» - deb duo qiladi va nevaralariga shunday deydi: «Urush – bu, dahshat va ofat. U necha minglab odamlarni, shahar va qishloqlarni vayron qildi. Minglab bolalar yetim bo`lib qoldi. 16
bo`lib yashang!». Ozoda va Aziz ertasiga sinfdoshlariga buvisining gaplarini aytib berishdi. Bolalar urush va tinchlik so`zining ma`nosini tushunib oldilar. 2-namuna. Otlarni aniqlab, shahar nomlarini ko`rsatuvchi otlarni ko`chirib yozing. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari juda qadim zamonlardan dunyoga mashhur bo`lgan. Olis asrlarda bu shaharlar Xitoydan Ispaniyagacha, Yevropadan Hind okeanigacha aloqa bog`lagan. Bu shaharlar ulug`vor me`morchilik obidalari bilangina shuhrat qozonib qolmay, ayni paytda butun dunyoga mutafakkir va ijodkorlar yetishgan joylar ham bo`lgan. Samarqandni o`z davlatining poytaxti qilgan buyuk Temur olimlarga, shoirlarga va mashshoqlarga homiylik qilish bilan shuhrat qozongan. 3-namuna. Xato yozilgan so`zlarni to`g`rilab, matnni ko`chiring. So`zlarning imlosini tushuntiring. Matndagi g`oyani tahlil qiling.
4-namuna. Manni o‟qing va ko‟chiring. Fe‟llarni topib, ularni mayl, nisbat, zamon shakllarini belgilang. ...Alisher o‟rtog‟ining aytganini eshitmadi shekilli: -Ov qilmoq, merganlik-ermak narsa, lekin eng zo‟r zaruriyat maktabdir. Turmushning ko‟p sirlarini maktab o‟rgatadi. Suhbatning bunday keskin o‟zgarganidan shoshib, bir on jim qolgan bolalarning kattarog‟i: -Kim o‟rgatdi senga bu gaplarni?-deb so‟radi Alisherga tik qarab. -Bilaman-da, otam hamisha “olim odam xor bo‟lmaydi”,-deydilar. (Oybek) 5-namuna. Berilgan joy nomlarining tuzilishi va imlosini tushuntiring. Surxondaryo, Buloqboshi, To‟rtko‟l, Qorovulbozor, Amerika Qo‟shma Shtatlari, Janubiy Koreya, Marjonbuloq, Jarqo‟rg‟on, Markaziy Osiyo, O‟zbekiston Respublikasi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling