Диктантлар тўплами


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/113
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#218023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
diktantlar toplami

 

Qish 

Kumush  qish  kirib  keldi.  Hamma  yoqni  oppoq  qor  qopladi,  suvlar  muzladi. 

Daraxtlar oppoq libos kiydi. Bolalar issiq kiyindilar. Ular chana va konki uchdilar.  

Qish – juda go`zal fasl.     

 

5-namuna. Tez aytishlarni o`qing va yozing.  

Sonlarning so`zda ifodalanishini ta`kidlang.  

  Yetti to`ti, mitti to`ti, yetmishtaga yetdi to`ti.  

  Tal`at tog`am to`rt tog`ora tog`alcha terdi.  

  Xoltoy Nortoyni Oltoyda olti oy oldin ko`rgan.  



 

Izohli diktant 

 

 

1-namuna. O`qing. Ajratib ko`rsatilgan so`zlarga so`roq berib, ularning qaysi 



so`z turkumiga oidligini izohlang. 

 

Eng katta hayvon 

 

Dunyoda  eng  katta  hayvon  ko`k  kitdir.  Uning  uzunligi  o`ttiz  metrdan  oshadi. 

Bu ketma-ket qo`yilgan oltita fildan uzunroqdir.  

 

Bitta ko`k kitning og`irligi o`ttizta fil og`irligidan ko`proq bo`lib, bir yuz ellik 

tonnagacha yetadi. Bitta ko`k kit yettida vagonga yuk bo`ladi.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

(«G`uncha») 

2-namuna.  Maqollarni  o`qing  va  yozing.  Mazmunini  o`z  so`zingiz  bilan 

izohlang.  



1. Odobli o`g`lon sizlar,  

    Beodob otasin senlar.  

2. Sizlagan siylanadi,  

    Senlagan qarg`aladi.  

3. «Siz» qalbni ochar,  

   «Sen» eshik yopar.  

4. «Sen» ham, «Siz» ham bir og`izdan chiqadi.  

 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling