Диктантлар тўплами


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/113
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#218023
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   113
Bog'liq
diktantlar toplami

 

4-namuna. Berilgan gaplarni tinish belgilariga rioya qilib o`qing va har bir gap 

ma`nolarini izohlang.  

 

Ona-bog`bon niholini toptirar kamol. 

 

Ona-bog`bon, niholini toptirar kamol. 

Ona, bog`bon niholini toptirar kamol. 

Ona! Bog`bon niholini toptirar kamol. 

 

5-namuna.  She`rni  o`qing,  undagi  undalmalarni  aniqlang.  Tinish  belgilarni 

qo`yib ko`chiring.  

Bu qasidam senga xalqim  

Oq sut u tuz hurmati. 



57 

 

Erkin o`g`lingman qabul et 



O`zbegim jon o`zbegim.  

 

 

 

 

 

 

 

 

(E.Vohidov)  

   


   

Nazorat  diktant 

O`zbek maqollari 

 

 

Maqol  xalq  og`zaki  ijodiga  oid  janrlardan  biri  sanaladi.  Maqollar  shaklan 

qisqa bo`lgani bilan ularda juda keng ma`no mujassam bo`ladi.  

 

Tilimizning  bu  bebaho  boyligini  o`rganish  bilan  ajdodlarimiz  qadimdan 

shug`ullanib  kelganlar.  Mashhur  qomusshunos  Mahmud  Qoshg`ariy    XI-asrdayoq 

turkiy  xalqlarning  400  ga  yaqin  hikmatli  iborasini  o`zining  uch  jildlik  lug`atiga 

kiritgan.  Ularning  250  dan  ortiqrog`i  shakl  va  mazmuniga  ko`ra  hozirgi  o`zbek 

tilidagidan farq qilmaydi.  

 

Mashhur  masalchi  Gulxaniy  (XIX-asr)  200  ga  yaqin  hikmatli  iborani  to`plab, 

ularni bir tizimga jamlab, «Zarbulmasal» asarini yaratgan.  

 

Adabiyotshunos olimlarimiz «O`zbek xalq maqollari» kitobida 1800 ta maqolni 



31 mavzuga ajratib tavsiflashgan.  

Cho`lpon  

 

Asl ismi – sharifi  Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon 1893-yilda Andijonda 

tug`ilgan.  O`zbek  shoiri,  tarjimoni  va  san`atshunos  olimi.  Cho`lpon  –  uning  adabiy 

taxallusi. U avval madrasada, keyin rus-tuzem maktabida ta`lim olgan.   

 

Cho`lpon bir qator ro`znomalarda xizmat qilgan. O`zbekiston badiiy studiyasi 

va boshqa tashkilotlarda yuqori lavozimlarda ishlagan.  

 

Cho`lpon  ajoyib  shoir,  mohir  tarjimon  va  adib  edi.  1929-yildan  Cho`lponga 

hujum boshlandi. O`zbekiston madaniyat xodimlari 2-qurultoyida uni zaldan haydab 

chiqarishdi.  

 

1937-yilda  shoir  qatl  qilindi.  Istiqlol  yillarida  o`zbek  xalqining  munosib 

farzandi qadr-qimmat topdi.  

 

Chotqol 



 

 

Chotqol  –  tog`lorning  shohi.  Bu  gap  bejiz  aytilmagan.  Darhaqiqat,  uning 



savlat  to`kib  turishini  ko`rsangiz  o`zingiz  ham  ishonasiz  bu  gapga.  Ana  tog` 

cho`qqisi. Oh, qanday go`zal manzara… Quyosh bu tog`ga o`zining zarrin nurlarini 

ayamay  hadya  etadi.  To`rt  faslda  ham  Chotqol  ko`rkam  va  betakror  xislatga  ega. 

Chotqol tog`lari haqida olimlarning shunday xulosalari berilgan: «Chotqol suvining 

zahirasi bitmas tuganmasdir. Lekin bu zaxirani kamaytirmay, ko`paytirish zarur».  

 



58 

 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling