Shaxsiy madaniyat:
Dil ba yor-u, dast ba kor!
Bahovuddin Naqshband
Ish joyiga doim orasta va muhitga mos, ortiqcha e’tiborni jalb qilmaydigan kiyimda kelish;
Tashqi ko’rinish borasida o’quvchi yoshlarga o’rnak bo’la oladigan holatda bo’lish;
Ta'lim muassasida doimiy tozalikka rioya qilish.
Kasbiy madaniyat:
Ta’lim muassasasiga tasdiqlangan mashg’ulotlar jadvali asosida o’z vaqtida yetib kelish;
O’zaro muomala va o’zini tutish, odob-axloq borasida o’quvchilarga ibrat bo’lish;
Maktab manfaatlariga zid bo’lgan xatti-harakatlardan tiyilish;
Mehnat qonunchiligiga rioya qilish, ish davomida berilgan topshiriqlar ijrosiga mas’uliyat bilan yondashish;
Yig’ilish va yig’ilishda ishtirok etish tartibiga amal qilish;
Kunlik ish jarayonini ish rejasiga asosan tashkil etish;
Doimiy ravishda o’z kasbiy mahoratini oshirish, chet tili va milliy sertifikatlarga erishish;
Axborot kommunikatsiyalar vositalaridan dars mashg’ulotlarida faol foydalanish;
Korrupsiyaviy holatlarga yo’l qo’ymaslik va oldini olish;
O’quvchilar bilan o’z hamkasblarining shaxsiy va kasbiy kamchiliklari to’g’risda muhokama qilmaslik;
Do'stlaringiz bilan baham: |