Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

metud vu mlubni
aloliidd kdtcgoiiyaldi bifatidd 
tushunish va tushuntirish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir. 
Badiiy tafakkur tarzini anglatuvchi metod gnoseologik (ya’ni badiiy 
bilish bilan bog‘liq) kategoriya b o ‘lsa, uslub antropologik (ya’ni 
ijodkor shaxsi bilan bogMiq) kategoriyadir. Bundan ko‘rinadiki, 
metod g‘oyaviylik hodisasi bo‘lsa, uslub badiiylik hodisasidir. Uslub 
ijodkoming ijodiy individualligini belgilaydi, ijodiy individuallik esa 
u yaratgan badiiy asarning barcha sathlarida (badiiy m atnning 
tuzilishi - ritorika, badiiy voqelikni yaratish prinsi plari - poetika) 
namoyon boMadi. «Uslub - odam» degan qarashning vujudga kelishi 
bejiz emas: asar o ‘zida ijodkor shaxsini ifodalar ekan, buni uslubda


namoyon etadi. Aytaylik, A.Qahhorga xos jumla tuzish, A.Qahhorga 
xos rivoya, A .Q ahhorga xos badiiy d etallar funksionalligi, 
A.Qahhorga xos syujet qurilishi deya olishimizning boisi shundaki, 
bularning bari A .Q ahhor uslubi bilan, uning ijodiy o ‘ziga xosligi 
bilan izohlanadi.
Adabiy yo ‘nalish tushunchasi biz yuqorida to ‘xtalgan hayotni 
badiiy aks ettirish prinsi plari, metod va uslub tushunchalari bilan 
bevosita bog'liqdir. Adabiy yo‘nalish badiiy tafakkur tarzi, m etod 
va uslub kesishgan nuqtada yuzaga keluvchi tushunchadir. G ap 
shundaki, muayyan davrda yashagan bir qator ijodkorlar yaratgan 
ko'plab asarlarda tipologik umumiylik mavjud. Tipologik umumiylik 
hayot m aterialini tanlash, uni badiiy idrok qilish va baholash 
prinsiplarida, asarlam ing badiiy shakl xususiyatlari, uslubiy 
jihatlarida o ‘zini nam oyon etadi. Uzluksiz adabiy jarayonning 
muayyan bosqichlarida kuzatiluvchi badiiy ijodning g'oyaviy-estetik 
tamoyillari asosidagi umumiylik adabiy yo'nalish haqida gapirish 
imkonini beradi. Adabiy yo'nalish adabiy jarayonning, badiiy 
tafakkur tarraqqiyotining muayyan bosqichini nazariy jih atd an
um u m lash tirish o rq ali uning m o h iy atin i anglash im k o n in i 
beruvchi muhim adabiy-estetik kategoriyadir. Shuni ham unutmaslik 
kerakki, tipologik umumiylik bir yo'nalishga mansub ijodkom ing 
ham g'oyaviy, ham estetik jihatdan o'ziga xosligini inkor qilmaydi. 
Ya’ni bir yo'nalish doirasidagi asarlarda turlicha ideallarning, 
dunyoqarashning aks etishi tabiiy hodisadir. Masalan, rom antizm
yo'nalishiga mansub bo'lmish Bayron bilan Gyote asarlarida aynan 
bir xillikni izlash xato, ulardagi yaqinlik chuqur qatlam larda, 
katta o'lchovdagina namoyon bo'ladi.
Demak, bir adabiy yo'nalish doirasida turli oqimlar kuzatilishi 
mumkin. Zero, adabiy oqim adabiy yo'nalishning bir ko'rinishi, 
o'ziga xos bir varianti sanaladi. Adabiy yo'nalish va oqimdan farq 
qilaroq, adabiy maktab deganda, nazariy jihatdan anglangan ijodiy 
dasturiga ega bo'lgan, tashkiliy tuzilma sifatida shakllangan ijodkorlar


guruhi tushuniladi. M asalan, XX asr boshlari rus adabiyotidagi 
futuristlar, ak m eistlar shu xil m aktab sifatida k o ‘rsatilishi 
m um kin.
A d a b iy o ts h u n o s lik d a a d a b iy y o ‘n a lis h la rn i a jra tis h d a
turlichalik bor. Ju m lad an , ayrim ad ab iy o tsh u n o slar adabiy 
yo'nalish deganda, anglangan g ‘oyaviy-estetik tam oyillarga, turli 
darajada amal qilinuvchi ijodiy dasturga ega bo ‘lishlikni shart qilib 
q o ‘yadilar. B iroq bu xil yondashuv ch alk ash lik lar keltirib 
chiqarishi, m ohiyatan bir xil adabiy hodisalam i turli atam alar 
bilan nom lashni keltirib chiqaradi. M asalan, bu holda klassisizmni 
adabiy y o 'n alish , rom antizm ni adabiyot taraqqiyotidagi bosqich 
deb ataladiki, bu unchalik maqbul emas. Biz adabiy yo‘nalishlarni 
Y.Borev qarashlaridan kelib chiqqan holda ajratishni m aqbul 
deb bilamiz. Unga ko‘ra, o ‘tmish adabiyotidagi (mifologik realizm, 
o ‘rta asrlar sim volizm i, uyg'onish davri realizm i, barokko, 
k la ss is iz m , m a ’r if a tp a r v a r lik r e a liz m i, s e n ti m e n ta liz m , 
rom antizm , tanqidiy realizm ) ham da XX asr adabiyotidagi 
(realizm , so tsialistik realizm , syurrealizm , ekzistensializm ) 
y o'nalishlar ajratilishi m um kin.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling