tagma’nolari, ishlatilgan stilistik figuralaming estetik qimmati haqida
fikr yuritishda juda muhim. Odatda, badiiy matn tilini o'rganishga
qaratilgan ishlarni adabiyotshunoslik va tilshunoslik chegarasidagi
ishlar deb qaraladi. Biroq bunda biz chegarani aniq olishimiz kerak.
Gap shundaki, adabiyotshunoslik tilshunoslik yutuqlariga tayanib
tasvir vositalarining estetik tomonlarini o'rgansa, tilshunoslik til
qonuniyatlarini o‘rganishni o'ziga maqsad qiladi. Ya’ni tilshunos
uchun badiiy matn material bo'lsa, adabiyotshunos uchun maqsad
sanaladi. Tilshunoslik bilan adabiyotshunoslik aloqalari yana bir
jihatdan muhim. Tilshunoslik kishilar orasidagi muloqot vositasi
bo'lgan tilni o'rgansa, adabiyotshunoslik ijodkor va o'quvchi orasidagi
badiiy muloqot vositasi bo'lgan badiiy asami o'rganadi. Muloqot
qonuniyatlarining mushtarakligi esa adabiyotshunoslikning qator
muammolarini til qonuniyatlari bilan qiyosan o'rganish va o'rgatish
imkoniyatini ochadi. Adabiyotshunos o'z faoliyatida badiiy nutq
shakllari, ritmi, intonatsiya, she’r sintaksisi, ekspressivlikni
oshiruvchi vositalar kabi qator tushunchalarga duch keladiki,
bularning tilshunoslik ilmidagi talqinini bilgan adabiyotshunos
izlanishlari, albatta, samaraliroq bo'ladi. Keyingi davr
adabiyotshunosligida paydo bo'lgan «struktural adabiyotshunoslik»,
«semiotik tahlil» kabi tushunchalar bevosita tilshunoslik yutuqlari
asosida yuzaga kelgandir.
Adabiyotshunoslikning tarix fani bilan ham uzviy aloqasi bor.
Ma’lum bir davr adabiyoti yoki o'tmishda yaratilgan konkret asami
tadqiq etayotgan adabiyot tarixchisi o'sha davr ijtimoiy-tarixiy
Do'stlaringiz bilan baham: |