Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
erkin she’r deb qaraladi.1 Garchi o'zbek she’riyatida erkin
she’r barmoq asosida shakllangan degan qarash ustuvor bo‘lsa-da, haqiqatda bu jarayon bizda ham aruz doirasi da boshlangan. Bunga amin bo'lmoq uchun, masalan, Hamzaning «Milliy she’rlar»i sirasiga kiruvchi «Bizni to'pda izlama», «Boybachchalar, semiring», «Sidqidil birla duo», «Peshonamiz tor ekan» kabi bir qator she’rlarini ritmik-in- tonatsion jihatdan ko'zdan kechirish kifoya. Yuqoridagicha qarash esa she’riyatimizda aruzdan barmoqqa o'tish va erkin she’rning shakllanishi jarayonlari bir paytda kechgani bilan izohlanishi mumkin. Barmoq asosidagi erkin she’r XX asming 20-yillaridan keng ommalashdi. O'zbek erkin she’riga xos xususiyat shuki, unda misralardagi bo'g'inlar soni turlicha, ular ning o'zaro qofiyalanishi qat’iy tartibda emas, biroq she’r davomida o'lchovda teng bo'laklar - bir yoki bir necha nav turoqlar erkin tarzda takrorlanishi hisobiga muayyan rit miklik hosil qilinadi. Masalan, Cho'lponning hajman ancha katta «Po'rtana» she’ri 6 (74 ta), 5 (16 ta), 3 (59 ta) va 2 (9 ta) bo'g'inli turoqlardan tarkib topgan. Ko'rinib turga- nidek, turoqlaming katta qismi 6 bo'g'inli. Bundan tashqa ri, 3 bo'g'inli turoqlaming yarmi - 30 tasi 3+3 bog'iamida, 1 Афокрва H. Жадид шеърияти поэтикаси. - Тошкент: Фан, 2005. - Б.43, 48. 346 ular ham o'qilganda 6 bo'g'inli turoqlarga vaznda tengdek taassurot qoldiradi. Ya’ni xuddi rus sillabo-tonik she’riyati negizida paydo bo'lgan erkin she’r (вольный стих) o'zida sillabo-tonik she’rga xos belgilar (stopalar)ni saqlab qol- gani kabi, o'zbek erkin she’ri ham o'zida barmoqqa xos turoqlanishni saqlaydi. Shunga o'xshash, mashhur «Binaf- sha» she’ridagi ritmiklik 3 bo'g'inli turoqlarning erkin takrori asosida yuzaga keladi: Binafsha senmisan, binafsha senmi - 6+5 Ko'chada aqchaga sotilgan? 3+3+3 Binafsha menmanmi, binafsha menmi - 6+5 Sevgingga, qayg'ungga tutilgan? 3+3+3 Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay, 3+3+6 Bir erkin kulmasdan uzilding? 6+3 Binafsha, nimaga hidlaring sochilmay, 3+3+6 Yerlarga egilding, cho'zilding? 6+3 Binafsha, 3 Ayt menga, 3 Kimlardir ularkim, 6 Ignalar bag'ringga sanchalar? 3+6 Binafsha, 3 Bir so'yla, 3 U qanday qo'llarkim, 3+3 Uzalar, hidlaylar, yanchalar? 3+3+3 Binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor, 3+3+3+3 Ko'nglimga isriklik to'kmaysan. 3+3+3 Nimaga uzoqroq kulmaysan? 3+3+3 Binafsha, shunchalar tortguvchi tusing bor, 3+3+3+3 Binafsha, yig'lama, binafsha, kel beri, 3+3+3+3 Qayg'ungni qayg'umga qo'shgil, 3+3+3 Binafsha, sening-chun ko'kragim - erk yeri, 3+6+3 Bu yerdan ko'klarga uchgil! 3+5 347 Binafsha, go'zalim, qayg'ulim, kelmaysan, 3+3+3+3 Qayg'ung zo‘r, qayg'umni bilmaysan, 3+3+3 Menga bir kulmaysan!.. 3+3 Hozirgi o'zbek she’riyatida ancha keng qo'llanayot- gan she’r shakllaridan biri sarbastdir. Erkin she’rdan farq qilaroq, sarbastni barmoq bilan bog'lashi mumkin bo‘lgan turoqlanish ham mutlaqo erkindir. Sarbastda ohangdorlik ritm asosida emas, ko‘proq intonatsiya hisobiga yuzaga chiqadi. Avval yashashni o‘rgan, / • 7 Keyin o'lishni. // 5 Keyin / 2 Sochilgan suyaklaringni yig‘ib, / 10 Yana jon ato qil / 0‘zingga o'zing. // 6+5 So'ngra / o'limning ko'ziga / tik qara.// 2+6+3 Joningni olsa olibdi-da! // 9 Bir qarashda 1-, 2- va 3-, 4-misralar yig'ilsa, vaznda o'zaro tenglik hosil bo'ladigandek ko'rinishi mumkin. Biroq bu - yanglish tasavvur. Chunki bu yerda ritmik-intonatsion va mazmuniy jihatdan dastlabki ikki misra bitta, keyingi uch misra esa boshqa bitta nisbiy tugallikni hosil qiladi. Shun ga o'xshash, 5-misra bilan 6-misra ham boshqa-boshqa nisbiy tugallikka mansub. Bundan tashqari, ushbu mis- ralardagi turoqlanish tartibidagi keskin farq bo'g'inlar soni tengligi yuzaga chiqarishi mumkin bo'lgan vazndoshlikni keskin susaytiradi. Sarbastda yozilgan she’rning an’anaviy barmoq yoki aruzdagi she’rdan farqli jihatlaridan biri shu- ki, u avvalboshdan ma’lum maromga solinmaydi, unda muayyan maromga mos kechinmalar ifodalanmaydi. Ak- sincha, bundagi fikr-tuyg'uga mos ohang so'zning ma’no- 348 si asosida yuzaga keladi, ya’ni bu o'rinda ma’no asosida o'qiymiz, so'zlarni ham shunga mos ohanglarga o'raymiz. Shu bois sarbastda intonatsion-sintaktik vositalar hal qiluv- chi ahamiyat kasb etadi. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling