Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


ADABIY TUR TUSHUNCHASI


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

350


ADABIY TUR TUSHUNCHASI
I
Adabiy tur tushunchasi. Badiiy adabiyotni turlarga ajratish 
prinsiplari. Adabiy turlar orasida chegaraning shartliligi. 
Adabiy turlar mavqeyining o‘zgaruvchanligi.
So'z san’ati - adabiyotning adabiy asarlar shaklida 
yashashini avvalroq aytib o'tdik. Har bir adabiy asar esa, 
ma’lumki, o'z holicha original, betakror hodisadir. Shu­
ning uchun ham adabiyot taraqqiyotining qaysi davrini 
(qay ko'lamda ekanidan qat’i nazar) olib qaramaylik, unda 
o'zining g'oyaviy va badiiy jihatlari bilan bir-biriga o'xsha- 
maydigan, turfa xil asarlarni ko'ramiz. Ayni chog'da, bir 
qarashda mutlaqo cheksizdek taassurot qoldiruvchi tur- 
falik bag'ridagi konkret asarda boshqa ayrim asarlar bi­
lan mushtarak jihatlar ham mavjudki, shu asosda ularni 
muayyan guruhlarga birlashtirish imkoniyati vujudga kela­
di. Mazkur imkoniyatning amalga oshirilishi, ya’ni adabiy 
asarlarni guruhlashtirish adabiyotshunoslik uchun zarurat 
maqomida, chunki predmetni muayyan tamoyillar asosi­
da tartib (tizim)ga solmay turib uni yetarli darajada teran 
va atroflicha anglash mumkin emas. Shuning uchun ham 
an’anaviy ravishda adabiy asarlarning nutqiy tashkillanishi, 
tasvir predmeti, obyekt va subyekt munosabati kabi jihat­
lari bilan umumiylik kasb etuvchi yirik guruhlari - epik, lirik 
va dramatik turlar ajratib kelinadi. Shu bilan birga, o'tgan 
asr adabiyotshunosiigida adabiy asarlarni turlarga ajratish 
zarurati yo'q degan qarash ham ilgari surilgan. Biroq bu 
fikrga mutlaqo qo'shilib bo'lmaydi. Nega deganda bunday 
qarashning yuzaga kelishi adabiyot ilmidagi yangicha -
adabiy asarni ham adabiy-madaniy, ham ijtimoiy-tarixiy 
zamindan uzib olib o'rganuvchi, adabiyotshunoslikning
351


predmeti ko'lamini g'oyat tor oluvchi yo'nalishlar bilan 
bog'liq. Zero, bitta asar obyekt qilib olinar ekan, turlarga aj­
ratish chindan-da keraksiz. Biroq obyekt qilib mingyilliklar 
qa’ridan kelayotgan, bashariyat hayotidagi ijtimoiy, siyosiy, 
madaniy, ruhoniy, ma’rifiy jarayonlar bilan bevosita bog'liq 
va ming-minglab turli-tuman asarlar shaklida yashayotgan 
hod'sa olinsa, turlarga ajratish zarurat. Haqiqiy adabiyot- 
shunoslikning obyekti esa ayni shu hodisadir. Shu jihatdan 
qaralsa, turlarga ajratishning boshlanishi adabiyotshunos­
lik fan o'laroq shakllanish yo'lida tashlagan ilk tetapoya 
odimlardan deyilsa, aslo mubolag'a emas. Sirasi, ayni 
masala qadim zamonlardan beri diqqat markazida bo'lib 
kelayotganining sababi ham ma’lum darajada shu bilan 
izohlanishi mumkin.
Adabiy asarlarni hozirgi tushunchadagi turlarga ajratish 
an’anasi, bugunda ma’lum va o'rganilgan manbalardan 
kelib chiqilsa, qadimgi yunon faylasuflari tomonidan bosh- 
lab berilgan. Garchi bu borada birinchilik ko'pincha Arastu- 
ga nisbat berilsa-da, manbalarda ba’zan turlarga ajratish 
Suqrotdan, goh esa Aflotundan boshlangani ham qayd eti­
ladi. Aytish kerakki, bu shunchaki xato natijasi emas, bu­
ning o'ziga yarasha sabablari, izohi bor. Avvalo, uchala fay- 
lasuf ustoz-shogirdlik rishtalari bilan bog'langanini eslash 
joiz: Suqrot - Aflotunning ustozi, Aflotun esa Arastuning. 
Suqrot o'zining qarashlarini shogirdlar bilan suhbatlarda 
bayon qilish bilan kifoyalangan, ularni yozuvda muhrlagan 
emas - fikrlari boshqa mualliflar asarlari orqali bizgacha 
yetib kelgan. Jumladan, Aflotunning «Davlat» nomli dia- 
logidagi suhbatdoshlardan biri Suqrot bo'lib, poeziyani tur­
larga ajratishga oid fikrlar uning tilidan beriladi. Turlarga 
ajratish borasidagi Arastu fikrlarining ko'proq e’tibor top- 
gani va keng ommalashgani esa, bir tomondan, ularning 
poeziyaga bag'ishlangan maxsus asar - «Poetika»dan 
o‘rin olgani bilan, ikkinchi yoqdan, aynan shu asarning XVI
- XVII asrlarda, Yevropada zamonaviy adabiyotshunoslik-
352


ning tamal toshlari qo‘yilayotgan bir vaqtda beshak eta- 
lon sifatida qabul qilingani bilan izohlanadi. Xullas, hozir- 
da adabiy turlar masalasini ilk bor antik yunon faylasuflari 
muhokama qilganlar degan fikrda to'xtash to‘g‘ri va qa- 
noatlanarli bo'ladi, birinchilik masalasi esa muhim emas.
Aflotunning «Davlat» nomli dialogida poeziya masa- 
lalari ham asosiy mavzu bilan bog'liq holda muhokama 
qilinadi. Jumladan, unda poeziyaning jamiyatdagi o'rni va 
vazifalari, ideal davlatda unga munosabat qanday bo'lishi 
kerakligi kabi masalalar ham faylasuf tasavvuridagi ide­
al davlat nuqtayi nazaridan yoritilgan. Shunga qaramay, 
suhbatlarning birida adabiy turlar masalasi maxsus ko‘rib 
chiqiladi. Aflotun o'z odaticha bu masaladagi qarashlari- 
ni savollar qo'yish-u ularga birgalikda javob izlash tarzida 
izchil yoritib keladi-da, fikrlarini shunday xulosalaydi: «... 
poeziya va mif yaratishning bir turi to'laligicha taqliddan 
tarkib topadi, bu - ... tragediya va komediya; boshqa bir 
turi shoir o'zi aytgan gaplardan iborat - buni difiramblar- 
da ko'rish mumkin; epik poeziya va boshqa ko'p turlarda 
bu ikki usul qorishiq keladi».1 Bu o'rinda, avvalo, Aflotun 
«taqlid» so'zini birmuncha tor ma’noda qo'llayotganini 
aytmoq kerak. Uning nimani nazarda tutayotgani shogird- 
larga sal ilgariroq, «shoir o‘zga shaxs nomidan qandaydir 
nutq keltirsa, biz u o'z nutqini o'sha, hozir gapirishi haqi­
da biz ogohlantirilgan shaxs nutqiga iloji boricha o'xshat- 
moqda demaymizmi?» so‘rog‘iga «Ha, shunday deymiz» 
deya tasdiq javobini berganlarida ma’lum bo'lgan. Keyingi 
so'roq esa bu fikrni yanada aniqlashtiradi: «O'zingni qiyo- 
fa va yo nutqda boshqa odamga o'xshatish, aslida, o'sha 
o'xshatilayotgan odamga taqlid qilish degani emasmi?»2 
Ya’ni «taqlid» deganida o'zganing nutqini o'xshatishni 
nazarda tutayotgan Aflotunga ko'ra, «targediya va ko- 
mediyalar» o'zganing gaplaridan, «difiramblar» shoirning
1 Платон. Сочинения. В 3-х т. Т.З. 4.1. - М.: Мысль, 1971. - С .176.
2 Ko'rsatilgan asar. - Б. 175.
353


o'z gaplaridan tarkiblanadi, eposda esa bu ikkisi qorishiq 
holda namoyon bo'ladi. Ko'rib turganimizdek, Aflotun ada­
biy turlarni farqlashda asarning nutqiy tashkillanishini asos 
qilib oladi.
Arastu «Poetika»si antik davrlardan bizgacha yetib 
kelgan so'z san’ati haqidagi ilk maxsus tadqiqot sanala- 
di. Poeziyani tabiatga taqlid deb bilgan Arastu san’atlarni 
«nima bilan», «nimaga» va «qanday» taqlid qilishiga ko'ra 
farqlaydi. Sirasi, hozirgi estetikada ham ayni shu tasnif 
tamoyili asos sifatida saqlanib qolgan. Agar birinchi jihat -
«nima bilan» taqlid qilish asosida musiqa, raqs, haykalta- 
roshlik, adabiyot kabi san’at turlari farqlansa, ikkinchi jihat
- «nimaga» taqlid qilish asosida etik va estetik belgilari 
ajratiladi. Uchinchi jihat - «qanday» taqlid qilish asosida 
esa Arastu adabiy turlarni farqlaydi. Unga ko'ra, tabiatga 
taqlid: «... voqeani, Gomerga o'xshab, o'zidan tashqarida- 
gi narsadek hikoya qilish orqali; yoki shundayki, taqlid qi- 
luvchi qiyofasini o'zgartirmagan, o'z-o'zicha qolgan holda; 
yoki barcha tasvirlanayotgan shaxslarni harakat qilayot- 
gan, faoliyatdagi kishilar sifatida taqdim etgan holda»1 
amalga oshishi mumkin. Bir qarashda Aflotun bilan Aras- 
tuning turlarga ajratish prinsiplari aynandek ko'rinishi ta­
biiy. Zero, «o'z-o'zicha qolgan holda» (ya’ni o‘z tilidan) 
taqlid qilish bilan Aflotunning «shoir o'zi aytgan gaplardan 
iborat» degani mohiyatan bitta narsa. Shuningdek, tasvir­
lanayotgan shaxslarni «harakat qilayotgan, faoliyatdagi 
kishilar sifatida taqdim etish» ularni o'z tilidan gapirtirishni 
taqozo qiladi, ya’ni bu o'rinda ham Aflotunning «to'laligicha 
taqliddan tarkib topadi» degani bilan umumiylik kuzatiladi. 
Biroq, shunga qaramay, Aflotundan farqli o'laroq, Aras­
tu o'z tasnifida nutq shakli doirasida qolmaydi, haqiqat- 
da uning «qanday taqlid qilish» degani taqlidchi va taqlid 
qilinayotgan obyekt munosabatidan kelib chiqadi.
1 Аристотель. Риторика. Поэтика. - М.: Лабиринт, 2000. - С .150.
354


Adabiy turlarni ajratishda taqlid usulini asosga qo‘yish 
an’anasi, umuman, Arastu fikrlarini qariyb abadiy barqaror 
qonun o‘laroq tan olish XVIII asrgacha davom etdi. Sababi, 
XVI -X V II asrlarda Arastuga ergashib o'nlab «poetika»lar, 
asarlariga sharhlar yozildi; poeziya haqida so'z yuritgan- 
ki kishining uni tilga olishi, unga tayanishi, uning fikrlari­
ni rivojlantirishi yozilmagan qoidaga aylandi. O'sha davr 
olimlaridan biri e’tirof etganidek, Arastu so'z san’ati «badi­
iy mahoratga oid barcha haqiqatlarning manbai»1 sifatida 
mutlaq tan olingan. Shu bois, masalan, Yuliy Sezar Skali- 
ger, Lodoviko Kastelvetro, Antonio Minturno, La Menarder 
kabi olimlar adabiy turlar masalasini aynan Arastu ruhida 
talqin qiladilar va bunga beshak haqiqatdek qaraydilar.2
Har qanday qoliplar-u qat’iy me’yorlarni qabul qilmaslik- 
ka moyil romantizm davriga kelib esa adabiy turlar haqida- 
gi qarashlar ham taftish qilina boshladi. Jumladan, nemis 
faylasufi A.Shlegel adabiy turlarga ajralish yo‘q deguvchi 
«eng yangi nazariyachilar» fikriga qo'shilmagani holda, 
epos bilan dramani rivoya va dialog tushunchalaridan ke­
lib chiqibgina farqlashni mantiqsizlik deb hisoblaydi. Uning 
uqtirishicha, adabiy turga mansublikni belgilashda asar­
ning shakliy xususiyatlari emas, uning ma’naviy mohiyati 
hal qiluvchi ahamiyatga egadir.3 Shuningdek, A.Shlegel 
o'z ma’ruzalarida poeziyaning turli ko'rinishlari tashqi olam 
yo inson ichki olami tasvirining ustuvorlik qilishi jihatidan 
farqlanishiga ham diqqat qildi, biroq ayni jihatga u turlarni 
farqlash asosi sifatida qaramaydi.4
F.Shelling yanada ilgari bosadi: adabiy turlarni farqlash- 
da asarning shakliy xususiyatlariga ko'z yumadi-da, fal-
1 Литературные манифесты западноевропейских классицистов. - С.315.
2 Каранг: Куронов Д., Рахмонов Б. Гарб адабий-танкидий тафаккури тари- 
хи очерклари. - Тошкент: Фан, 2007.
3 Литературные манифесты западноевропейских романтиков. - М.: МГУ, 
1980.- С . 1 2 3 - 124.
4Шлегель А. Эстетика. Философия. Критика. В 2-х т. Т.2. - М.: Искусство, 
1983. - С.274 - 290.
355


safiy tushunchalarni asos qilib oladi. F.Shellingga ko'ra, 
romantizm yuksak qadrlagan lirika cheksizlik va ruh erkin- 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling