Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

obrazi, buning ziddi o'laroq, dramada obyektning plastik 
obrazi, eposda esa obyekt va subyektning qorishiq obrazi 
yaratiladi. Diqqat qilinsa, bu o'rinda Gegel va Belinskiy qa- 
rashlaridan jiddiy farq qiluvchi nuqtani ko'rish qiyin emas. 
Agar ular epos va lirikani bir-biriga zid qo'ygan holda 
dramani sintez deb hisoblasalar, bunda qorishiqlik epos- 
ga xos deb qaraladi. Ya’ni bu jihati mazkur yondashuvni
359


«taqlidchi va taqlid obyekti» munosabatini asos qilib oigan 
Arastu an’anasiga yaqinlashtiradi. Bundan farqli o'laroq, 
Gegel talqinida dramadagi qorishiqlik «xarakter, xuddi liri- 
kadagi kabi, ko'nglida nimaiki bo'lsa, barini izhor qilmog'i» 
va, ayni chog'da, «o'z real tashqi mavjudligi»da namo­
yon bo'lmog'i lozimligi tufayli kelib chiqadi.1 Belinskiyga 
ko'ra esa dramada subyekt - ijodkor «parchalanib ketgan 
va ko'plab kishilarning tirik tajassumi»2 sifatida namoyon 
bo'ladi. Bizning tasnifda esa, Gegeldan farq qilib, «sub­
yekt» deganda faqat muallif ko'zda tutiladi, Belinskiydan 
farqli o'laroq esa, subyekt obyektdan mutlaqo tashqarida, 
ya’ni personajlarga singib ketgan emas deb qaraladi.
Nima uchun lirikada «subyektning noplastik obrazi» ya- 
ratiladi deb aytamiz? Ma’lumki, lirik asarning yetakchi obrazi
- lirik qahramon. Biz lirik asarni o'qiganimizda lirik qahramon 
holatini, kayfiyatini, kechinmalarining qanday holatda yuza­
ga kelganini, uning his-kechinmalariga turtki bo'lgan voqelik 
fragmentlarini his qilishimiz, tasavvur qilishimiz mumkin. Bi­
roq lirik qahramonning o'zini, aytaylik, romandagidek jonli 
inson (ya’ni obyektivlashtirilgan tasvir) sifatida ko'z oldimiz- 
ga keltira olmaymiz. Dramada biz obyektning plastik obra­
zini ko'ramiz - qahramonlar real xatti-harakatda bo'ladilar, 
ular jonli inson sifatida ko'rsatiladi. Ayni paytda, dramada 
subyekt obrazi yo'q. Eposda bu ikkisiga xos xususiyat qori- 
shiq: biz so'z bilan tasvirlangan badiiy voqelikni xayolimizda 
jonlantirishimiz mumkin, ayni paytda, unda muallif obrazi 
ham mavjud. Epik asardagi muallif obrazi ham xuddi lirik 
asardagi kabi noplastik obraz, zero, biz uning voqea-hodi- 
salarga munosabati, ruh-kayfiyati, o'y-qarashlarini har vaqt 
sezib, his qilib turamiz, biroq muallif obrazi boshqa perso­
najlar obrazi singari ko'z oldimizda jonli inson sifatida gav- 
dalanmaydi (asarda uning obyektivlashtirilgan tasviri yo'q).
1 Гегель. Эстетика. В 4-х т. Т.З. - М.: Искусство, 1971. - С.421.
2 Белинский В.Г. Полное собрание сочинений. Т.5. - М., 1954. - С.52.
360


Adabiy turlarga ajratishning belgilovchi prinsipini aniq- 
lab olgach, endi har bir adabiy turga mansub asarlarga 
ko'proq xos bo'lgan (ya’ni belgilovchi bo'lmagan) xususi­
yatlar haqida ham to'xtalish mumkin.
Epik, lirik va dramatik asarlar o'zlarining nutqiy shaklla­
nishi jihatidan bir-biridan farqlanadilar. Lirik asarlar, ma’lum- 
ki, asosan tizma (she’riy) nutq shaklida mavjud. Ayni payt- 
da, sochma (nasriy) nutq shaklida yozilgan lirik asarlar 
borligini ham unutmaslik kerak. Masalan, Fitrat, Hamza, 
Cho'lpon, Mirtemir, I.G'afurov singari ijodkorlarning ko'plab 
nasriy she’rlari (ular «mansura», «sochma» kabi atamalar 
bilan ham yuritiladi) o'quvchilarga yaxshi tanish. Shuning- 
dek, adabiyotimizda nasriy yo'lda yozilgan lirik dostonlar 
ham mavjud bo'lib, ularga Cho'lponning «Oktabr qizi», 
A.A’zamning « 0 ‘zim bilan o'zim» singari asarlarini misol 
qilib keltirish mumkin. Epik asarlar esa asosan sochma nutq 
shaklida yaratiladi. Shu bilan birga, adabiyotimizda she’riy 
yo'lda yozilgan epik asarlar ham ancha keng tarqalgan. 
Masalan, B.Boyqobilovning «Kun va tun» she’riy qissasi,
H.Sharipovning «Bir savol», Muhammad Alining «Boqiy 
dunyo» romanlari she’riy yo'lda bitilgan epik asarlardir.
Turli adabiy turga mansub asarlar o'zaro badiiy vaqt hissi 
nuqtayi nazaridan ham farqlidir. Masalan, lirik asarlar «ho- 
zir ko'ngildan kechayotgan» his-tuyg'ularni tasvirlashi bilan 
xarakterlanadi. Deylik, Navoiyning «Kelmadi» radifli g'azali 
yozilganiga 500 yildan ziyod vaqt bo'ldi. Shunga qaramay
uni o'qigan she’rxonda lirik qahramon kechinmalari ayni 
hozir ko'nglidan kechayotgandek tuyuladi, g'azalni qachon 
o'qishidan qat’i nazar, o'quvchi lirik qahramon kechinmala- 
rini u bilan birga «hozir» ko'nglidan kechiradi. Demak, shoir 
bilan u tasvirlayotgan kechinma, she’rxon bilan u tanisha- 
yotgan va o'ziga yuqtirayotgan kechinma orasida hamisha 
«men - hozir» tarzidagi vaqt hissi mavjud bo'ladi. Buning 
ziddi o'laroq, epik asarda «o'tmishda bo'lib o'tgan» voqealar 
qalamga olinadi, zero, zamonda kechib bo'lgan voqealarni-
361


gina hikoya qilib berish mumkin. Hatto olis kelajak qalamga 
olingan fantastik asarlarda ham muallif bo'lib o'tib bo'lgan 
voqealarni hikoya qiladi, o'quvchi go‘yo bo'lib o'tib bo'lgan 
voqealar bilan tanishadi. Demak, epik asarda yozuvchi bi­
lan u tasvirlayotgan badiiy voqelik, o'quvchi bilan u tasavvu- 
rida qayta tiklayotgan badiiy voqelik orasida hamisha «men
- o‘tmish» tarzidagi vaqt hissi mavjuddir. Vaqt hissi nuqtayi 
nazaridan dramatik turga mansub asarlar o'ziga xos xususi- 
yatga ega. Dramatik asarda tasvirlanayotgan voqea, garchi 
o'quvchiga uning qachondir sodir bo'lib o'tgani ayon bo'lsa- 
da, go'yo «hozir sodir bo'layotgan voqea» kabi taassurot 
qoldiradi. Masalan, yaratilganiga ikki yarim ming yil bo'lgan 
«Shoh Edip»ni o'qiganimizda, uning voqealari tasawuri- 
mizdagi «sahna»da hozir sodir bo'layotgan voqeadek jon- 
lanadi, ayni shu asar teatr sahnasida qo'yilganida ham, to- 
moshabin nazdida, voqea go'yo hozir sodir bo'layotgandek 
tuyuladi. Demak, dramatik asar o'quvchisi (yoki tomoshabi- 
ni) bilan unda tasvirlangan voqea orasida ham «men - ho­
zir» tarzidagi vaqt hissi mavjud bo'ladi.
Muayyan bir adabiy turga mansub asarda badiiy konflikt- 
ning muayyan bitta turi yetakchilik qiladi. Deylik, dramatik 
asarlarda xarakterlararo konflikt, lirik asarlarda ichki kon- 
flikt (asardagi aksi jihatidan) yetakchilik qilsa, epik asar­
larda konfliktning har uchala turi qorishiq holda namoyon 
bo‘la oladi. Ayrim adabiyotshunoslar mazkur xususiyatni 
ham turga ajratishning asosi, turga mansublikni belgilov- 
chi xususiyat sifatida ko‘rsatadilar. Biroq bu fikrga qo'shilib 
bo‘lmaydi. Negaki, har qanday adabiy asarda ham, uning 
turga mansubligidan qat’i nazar, konfliktning har uchala 
navi mavjud; ular o'zaro aloqada bo'lib, biri ikkinchisini yu­
zaga chiqaradi, biri orqali ikkinchisi ifodalanadi.
Takror aytish joizki, adabiy turlar orasida qat’iy chegara, 
«xitoy devori» mavjud emas. Ya’ni adabiy asarlarni turlar­
ga ajratishda ma’lum shartlilik bor. Zero, bitta adabiy turga 
xos xususiyatlar boshqa bir adabiy turga mansub asarlar-
362


da ham namoyon bo'laverishi mumkin. Boz ustiga, badiiy 
adabiyot rivoji davomida adabiy turlar bir-birini boyitadi, 
ular orasida sintezlashuv jarayonlari kechadi. Masalan, 
zamonaviy proza (epos) dramaga xos elementlarni o‘ziga 
singdirish bilan tasvir va ifoda imkoniyatlarini kengaytirdi. 
Hozirgi epik asarlarni ulardagi dialogiar, boshqacha ayt- 
sak, «sahna-epizod»larsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Epik 
turning takomili davomida dramaga xos syujet qurilishining 
ta’siri tobora kuchayib borishi kuzatiladiki, bu epik asarlar­
da syujet vaqtining qisqarishi, voqealarning dramatik shid- 
dat bilan rivojlanishi va shularning natijasi o'laroq asarning 
o'qishli bo'lishiga olib keladi. O'z navbatida, drama yo­
xud lirikaga epik elementlarning kirib kelishi ham ularning 
badiiy imkoniyatlarini kengaytiradi. Masalan, zamonaviy 
she’riyatda ancha keng o'rin tutuvchi voqeaband she’rlar- 
ni eposning lirikaga ta’siri natijasi deb tushunish mumkin. 
Shunga o'xshash, hozirgi she’riyatdagi tavsifiy lirika namu- 
nalapida epik unsurlarning salmoqli o'rin tutishi ham tur- 
lararo sintezlashuv natijasidir.
Adabiy turlarning muayyan davr adabiy jarayonida tut­
gan o'rni, mavqeyi har vaqt ham bir xil bo'lmaydi. Milliy 
adabiyot taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida ularning 
ayrimiari yetakchilik mavqeyini egallaydiki, bu narsa turli 
omillar (ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sharoit, adabiy- 
madaniy an’analar va b.) bilan izohlanishi mumkin. Ma­
salan, o'zbek adabiyotida uzoq vaqt lirikaning yetakchilik 
qilgani adabiy-madaniy an’ana bilan bog'liq bo'lsa, XX asr 
boshlariga kelib epik turning yetakchilik mavqeyini egal- 
lashi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sharoit (epik turda 
badiiy-konseptual funksiyani bajarish, dunyoni anglash va 
anglatish imkoniyatlarining kengligi va buning XX asr bosh- 
larida dolzarblik kasb etgani) bilan izohlanadi. Asrimizning 
60 - 70-yillaridagi ijtimoiy-siyosiy sharoitning o'ziga xosligi 
she’riyatni yana oldingi mavqega olib chiqdi. Buning sababi 
ijod va so'z erkinligi bo'g'ilgan sharoitda badiiy proza o'zi-
363


ning eng muhim funksiyasi - badiiy-konseptual funksiyasini 
bajara olmay qolgani bilan izohlanishi mumkin. 80-yillarga 
kelib badiiy proza ilgari yo'qotgan mavqeyini yana tiklay 
boshladi. Bu jarayon yangi avlod nosirlari - M.Muhammad 
Do‘st, E.A’zam, A.A’zam, X.Sulton kabi ijodkorlar asarla- 
rida jamiyat hayotini, zamona kishilari ruhiyatini va buning 
vositasida jamiyatning mavjud holatini chuqur badiiy idrok 
etishga intilish kuchayganida kuzatiladi.
Adabiy turlar haqida gap ketganda ulardan birini ikkin- 
chisidan ustun qo'yishga intilish nomaqbul hodisadir. Har bir 
adabiy tur o'ziga xos ustun jihatlarga egaki, bu narsa ular­
ning har birida dunyoni anglash va anglatish imkoniyatlari 
turlicha ekanligi bilan izohlanadi. Ba’zan «falon shoir o'zi- 
ning falon ruboiysida katta romanda ham aytish qiyin bo'lgan 
gapni ayta oigan» qabilidagi maqtovlar eshitiladiki, bu xil qa­
rash o'ta jo'n va ilmiylikdan butkul yiroqdir. Badiiy adabiyot 
haqida, badiiy asar haqida bu tarzda fikrlash diletantlikdan 
boshqa narsa emas. Zero, badiiy adabiyotda aytishgina 
emas, qanday aytish ham muhim. Shuni hamisha yodda 
tutish kerakki, har bir adabiy turga mansub asarning qabul 
qilinish mexanizmlari, o'quvchi ruhiyatiga ta’sir o'tkazish 
imkoniyatlari va yo'llari turlichadir. Shunga ko'ra, bu o'rin­
da xalqimizning «o'nta bo'lsa, o'rni boshqa, qirqta bo'lsa -
qilig'i» qabilidagi naqliga amal qilgan to'g'riroq bo'ladi.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling