Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
Savol va topshiriqlar:
365 ADABIY JANRLAR Adabiyotshunoslikda «janr» atamasini ikki ma’noda qo'llash an’anasi kuzatiladi. Fransuz tilidan olingan bu so‘z «tur» va «xil» ma’nolarini anglatadi. Shuning uchun ilgari «janr» termini bilan epik, lirik va dramatik turlar atalgan bo'lsa, keyinchalik ularning muayyan tarixiy davrdagi na moyon bo'lish shakllari (roman, qissa; komediya, tragedi- ya; sonet, elegiya kabi) shu istiloh bilan yuritilgan. Natijada «janr» so'zi bugungi o'quvchi tanishishi mumkin bo'lgan ayrim manbalarda adabiy turni, boshqalarida muayyan bir janrni, tag'in birlarida janr ko'rinishini anglatadi. Masa lan, V.G.Belinskiy adabiy asariarni «tur (rod) - xil (vid) - janr» silsilasi asosida tasniflaydiki, bunga mos ravishda «epos - roman - tarixiy roman» tushunchalari to'g'ri ke ladi. Zamonaviy manbalarda esa ko'proq «tur va janrlar» haqida gap boradi, ya’ni ikkita asosiy tushuncha tasnifla- nadi. O'zbek tilidagi manbalar ham bu kabi turlichalikdan xoli emas. Jumladan, ikki jildlik «Adabiyot nazariyasi»da adabiy tur tushunchasi «jins», janr tushunchasi esa «tur» deb yuritilgan.1 «Adabiy turlar va janrlar» kollektiv mono- grafiyasi mana bu jumlalar bilan boshlangan: «Adabiyot- ning asosiy turlari (yoki jinsi) uchta - epos, lirika va drama. Har bir adabiy tur esa xilma-xil janrlarni o'z tarkibiga oladi. Epik sistemaning xil va janrlari eposni tashkil etadi»2. Ko'rib turganimizdek, dastlabki ikki jumlada «tur (yoki jins) va janr» haqida gap borsa, uchinchi jumladan «(epik) sistema - xil - janr» uchligi kelib chiqadi. Biroz o'tib esa 1 Адабиёт назарияси. 2 томлик. 2-т. - Тошкент: Фан, 1979. - Б.305. 2Адабий турлар ва жанрлар. Тарихи ва назариясига оид. 3 ж. 1-ж. Эпос. - Тошкент: Фан, 1979. - Б.7 - 8. 366 L.Timofeyevning ayni shu uchlik tasnifi keltirilganki, natija- da istilohiy turlichalik yuzaga keladi. I.Sulton tasnifida isti- lohlar «adabiy tur (yoki jins)», «janr (yoki xil)» tarzida juft qo'llangan. Ya’ni «tur» bilan «jins», «janr» bilan «xil» is- tilohlari sinonim deb e’tirof etilgan-da, so'ng asosan «tur - janr» juftligi ishlatilgan, qo'shimcha ravishda janr ko'ri- nishlarining «janr shoxobchalari» deb atalishi ham qayd etilgan.1 T.Boboyev tasnifida «adabiy tur» - «adabiy tur shakllari» - «adabiy janr» - «janr xillari» silsilasi hosil bo'lib, uning halqalari mos ravishda «epos - epik turning katta shakli - roman - tarixiy roman» tushunchalariga to‘g‘ri keladi.2 E.Xudoyberdiyev zanjirida esa bunga qara ganda bitta halqa kam: «adabiy tur» - «janr» - «janr ko'rin- ishlari».3 H.Umurov masala talqinida «tur» - «janr» ikkiligi bilan cheklanishga moyildek, biroq roman janrini xillarga ajratishga qarshi bo'lgani holda, dostonga o'tganida «epos janrlari va ko'rinishlari» haqida so‘z yuritadi.4 Albatta, ilmiy muomalada istilohiy birxillik ahamiyatini e’tiborga olsak, termift qo'llashdagi mazkur holatni bartaraf etish zarurati allaqachon yetilgan. Shunga ko'ra, muayyan bir ma’nosi bilan ommalashish darajasi va qo'llanish faolligini nazarda tutib, bizningcha, « t u r - ja n r - janr ko'rinishi» terminlarida to'xtash maqsadga muvofiq ko'rinadi. Janr deyilganda adabiy asarlarning bir tur doirasidagi tarixan shakllanuvchi, o'zining nisbatan barqaror poetik strukturasiga ega tipi tushuniladi. Tarixiy kategoriya o'laroq janrlar muttasil harakatda yashaydi: yangi janrlar paydo bo'ladi, takomillashadi, iste’moldan chiqadi. Har bir alohi da janrda ham mudom sifat o'zgarishlari kuzatiladi, badiiy 1 Иззат Султан. Адабиет назарияси. - Тошкент: Укитувчи, 1986. - Б.238 - 243. 2 Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. - Тошкент: Узбекистан, 2002. - Б.459 - 460. 3 Худойбердиев Э. Адабиётшуносликка кириш. - Тошкент: Шарк;, 2008. - Б.225. 4Умуров X- Адабиётшунослик назарияси. - Тошкент, 2004. - Б.214 - 215. 367 ijod amaliyoti uning shakliy va mazmuniy xususiyatlariga muttasil o'zgarishlar kiritib boradi. Shuni nazarda tutgan holda M.M.Baxtin: «Janr adabiyot taraqqiyotining har bir yangi bosqichi va shu janrga mansub har bir asarda qay- tadan tug'iladi, yangilanadi»1, - deb yozadi. Biroq olim- ning bu fikridan janr mutlaqo beqaror hodisa degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Zero, har ne ko‘lamli o'zgarishlar sodir bo'lganida ham, asosda janrga xos o'zak xususiyat lar saqlanib qolaveradi. Shu bois ham Baxtin fikrini quyi- dagicha davom ettiradi: «Janr hozir bilan yashaydi, biroq hamma vaqt o'zining o'tmishi, ibtidosini yodda tutadi. Janr - ijodiy xotiraning adabiyot taraqqiyoti jarayonidagi vaki- lidir».2 Yangi davr adabiyotiga kelib badiiy ijodda individuallik- ning o'rni va qimmati ortib borishi barobarida an’anaviy janr kanonlari yemirila boshladi. G'arb adabiyotida bu hodisa XVIII asrdan, bizda esa XX asming avvallaridan boshlab kuzatiladi. Endilikda qat’iy me’yorlarga amal qi lish majburiyatidan xalos bo'lgan ijodkorning muayyan bir janrda yaratgan asarida ham uning o'zigagina xos janr xususiyatlari namoyon bo'laveradi. Bunga qo'shimcha tarzda konkret davr adabiyotining janrlar tizimi adabiy an’analarning davomi va adabiy aloqalar natijasi o'la roq rang-barang tus oladi. Chunki unda faol qo'llanuvchi zamonaviy janrlar qatori an’anaviy (ya’ni o'tmish adabi- yotidagi) va xorijiy adabiyotlardan o'zlashgan janrlar ham iste’molda bo'ladi. Shu bois har bir davr adabiyotining janrlar tizimi diaxroniya/sinxroniya (tarixiylik/zamonaviy lik) aspektlarida o'rganishni taqozo etadi. Aytilganlar, albatta, janr nazariyasini ishlab chiqishda qiyinchilik tug'diradiki, bu borada umume’tirof etilgan, tu- gallangan ta’limot yoxud tizimli tarzda amalga oshirilgan tugal tasnif mavjud emasligi shundan. Zero, janrlar siste- 1 Бахтин М М. Собрание сочинений в 7 т. Т.6. - М., 2002. - С.120. 20 ‘sha joyda. 368 masi muttasil o'zgarishda ekan, u haqdagi nazariy qa rash ham o'tmish adabiyotiga nisbatangina tugal bo'lishi mumkin, Masalan, hozirda o'zbek mumtoz adabiyoti janr- lari haqida tugal nazariy xulosalarga kelish imkoni bor. Zamonaviy adabiyotdagi, ijodda individuallik roli ortgan sharoitdagi janr kanonlarini esa tugal belgilab bo'lmay di. Shu bois ham ta’rif va tasnifda har bir janrga xos eng umumiy belgilarni asosga olish bilan qanoatlanishga to'g'ri keladi. Bunday umumiy belgilar sifatida esa asarning ada biy turga mansubligi, asosiy estetik belgisi, kompozitsion xususiyatlari, tasvir ko'iami, badiiy nutq shakli va tabiati kabilar ko'rsatilishi mumkin. Shu jihatdan uchala turjanrla- rini ko'rib o'tamiz. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling