Tayanch tushunchalar:
subyektning noplastik obrazi, lirik qahramon, lirik subyekt, lirik
obyekt, lirik «теп», ijroviy lirika qahramoni, lirik personaj, avto-
psixologik lirika, ijroviy lirika, personajli lirika, «she’riy asar», «li
rik asar», meditativ lirika, tavsifiy lirika, voqeaband lirika, peyzaj
lirikasi, turg'un she’riy shakllar, g'azal, ruboiy, tuyuq, musammat,
masnaviy, musallas, murabba’, muxammas, musaddas, musab-
ba’, musamman; sonet, epigramma, epitafiya, xokku, tanka
Savol va topshiriqlar:
1. Nima uchun lirik qahramon «noplastik obraz» deb aytiladi?
Lirik qahramon va shoir munosabatini qanday tushunasiz?
«Avtopsixologik lirika» va «ijroviy lirika»
atamalariga izoh
bering.
2. «She’riy asar» va «lirik asar» atamalariga izoh bering. Bu ata
malar sinonim sifatida ishlatilishi mumkinmi? Nega?
3. Lirik asarlarni janrlarga ajratishdagi asosiy tamoyillar qaysi-
lar? Mumtoz she’riyatimizda janrlarga ajratishda ularning qay-
sisiga ko'proq tayanilgan? «Turg'un she’riy shakllar»
atama-
sini tushuntirib bering. Bu xil she’riy shakllarning yetakchiligi
faqat o'zbek mumtoz adabiyotigagina xosmi?
4. Hozirgi o'zbek she’riyatida qo'llanilayotgan
lirik janrlarni
tasniflang. Ularning barini ham birdek faol hisoblash mumkin
mi? Nima uchun?
5. Janr masalasiga diaxroniya/sinxroniya aspektlarida qarash
zarurati nimada? Lirika janrlariga shu jihatdan qarab ko'ring.
Xalq og'zaki ijodi va mumtoz adabiyot
janrlarining bugungi
hayotini to'laqonli deyish mumkinmi?
6. «Meditativ lirika», «intellektual lirika», «voqeaband lirika»,
«tavsifiy lirika» atamalariga izoh bering. Hozirgi o'zbek she’-
riyatidan ularning har biriga misol topib, daftaringizga ko'chi-
ring.
Do'stlaringiz bilan baham: