Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Tayanch tushunchalar


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

397


Tayanch tushunchalar:
subyektning noplastik obrazi, lirik qahramon, lirik subyekt, lirik 
obyekt, lirik «теп», ijroviy lirika qahramoni, lirik personaj, avto- 
psixologik lirika, ijroviy lirika, personajli lirika, «she’riy asar», «li­
rik asar», meditativ lirika, tavsifiy lirika, voqeaband lirika, peyzaj 
lirikasi, turg'un she’riy shakllar, g'azal, ruboiy, tuyuq, musammat, 
masnaviy, musallas, murabba’, muxammas, musaddas, musab- 
ba’, musamman; sonet, epigramma, epitafiya, xokku, tanka
Savol va topshiriqlar:
1. Nima uchun lirik qahramon «noplastik obraz» deb aytiladi? 
Lirik qahramon va shoir munosabatini qanday tushunasiz? 
«Avtopsixologik lirika» va «ijroviy lirika» atamalariga izoh 
bering.
2. «She’riy asar» va «lirik asar» atamalariga izoh bering. Bu ata­
malar sinonim sifatida ishlatilishi mumkinmi? Nega?
3. Lirik asarlarni janrlarga ajratishdagi asosiy tamoyillar qaysi- 
lar? Mumtoz she’riyatimizda janrlarga ajratishda ularning qay- 
sisiga ko'proq tayanilgan? «Turg'un she’riy shakllar» atama- 
sini tushuntirib bering. Bu xil she’riy shakllarning yetakchiligi 
faqat o'zbek mumtoz adabiyotigagina xosmi?
4. Hozirgi o'zbek she’riyatida qo'llanilayotgan lirik janrlarni 
tasniflang. Ularning barini ham birdek faol hisoblash mumkin­
mi? Nima uchun?
5. Janr masalasiga diaxroniya/sinxroniya aspektlarida qarash 
zarurati nimada? Lirika janrlariga shu jihatdan qarab ko'ring. 
Xalq og'zaki ijodi va mumtoz adabiyot janrlarining bugungi 
hayotini to'laqonli deyish mumkinmi?
6. «Meditativ lirika», «intellektual lirika», «voqeaband lirika», 
«tavsifiy lirika» atamalariga izoh bering. Hozirgi o'zbek she’- 
riyatidan ularning har biriga misol topib, daftaringizga ko'chi- 
ring.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling