Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Lirik tur va uning janriari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
Lirik tur va uning janriari
I Lirik turning spetsifik xususiyatlari. Lirik qahramon tu shunchasi. Lirik asariarni janrlarga ajratish prinsiplari. Hozirgi she’riyatdagi lirik janrlar xususiyati. Lirika (yun., cholg'u asbobi) adabiy tur sifatida qadim- dan shakllangan bo'lib, o'zining bir qator xususiyatlari- ga egadir. Lirikaning belgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg'u-kechinmalarni tasvirlashi olinadi. Ya’ni epos va dra- madan farq qilaroq, lirika voqelikni tasvirlamaydi, uning uchun voqelik lirik qahramon ruhiy kechinmalarining asosi, ularga turtki beradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir. Shu bois ham lirik asarda voqelik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi, yana ham aniqrog'i, lirik asarda voqelik- dan kechinmani tasvirlash uchun yetarli darajadagi «par- chalar», detallargina aks etishi mumkin. 382 Lirik asar ham, tabiiyki, boshqa adabiy turlarga xos xususiyatlarni ma’lum darajada o'zida namoyon etadi. Jumladan, lirik asarda voqelikka oid tafsilotlar (epik ele ment) juda kam bo'lib, ular kechinmani ifodalash, uni yu zaga keltirgan, harakatlantirayotgan omillarni ko'rsatish- ga yetarli miqdordagina olinadi. Ya’ni bu o'rinda asosiy me’yor - fragment tarzida olingan epik elementlarning lirik qahramon hol-kayfiyatini tasavvur qilish uchun yetar li ekani. Shuningdek, lirik asarda yana epik asarga xos voqeabandlik, dramatik asarga xos dialoglar, o'ziga xos «sahna» epizodini yaratish hollari ham uchraydi. Biroq har ikki holda ham bu elementlar kechinmani tasvirlash va ifodalashga xizmat qiladi, ya’ni lirik asar uchun vo- qeani yoki «sahna»ni tasvirlash maqsad bo'lolmaydi, ular vosita, xolos. Lirikaning asosiy obrazi - lirik qahramon (u lirik sub- yekt deb ham yuritiladi). Ko'pincha lirik qahramon degan da shoirning o'zi tushuniladiki, bu u qadar to'g'ri emas. Zero, shoir o'zining kechinmalarini tasvirlashi ham, go'yo o'zganing ruhiga evrilgan holda «o'zga shaxs» kechin malarini tasvirlashi ham mumkin bo'ladi. Bu o'rinda yana bir muhim masala shuki, she’rda hatto shoir o'z kechin malarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan real shoir orasiga tenglik alomati qo'yib bo'lmaydi. Chunki, bi- rinchidan, L.Tolstoy aytmoqchi, inson qalbida mavjud bo'li shi mumkin barcha qalblar imkoniyat tarzida mavjuddir, shunga ko'ra, ikkinchidan, shoir o'zganing hol-kayfiyatiga kirishi, ma’lum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning kechinmalarini bemalol his qilishi, ko'nglida kechirishi mumkin. Masalan, Cho'lponning «Men va boshqalar» she’rida kechinma lirik «men» tilidan berilgan bo'lsa-da, uning lirik qahramoni shoir emas, balki o'zbek qizining umumlashma obrazi ekanligi oyday ravshan. Lirik qahra mon, epik asar qahramonlaridan farqli o'laroq, noplastik obraz sanaladi. Lirik asarda subyektning noplastik obrazi 383 yaratilgani bois ham u o'quvchi tasavvurida tashqi ko'ri nishi - shakl-shamoyili bilan gavdalanmaydi, mavhumligi- cha qoladi. Aniqrog'i, o'quvchi o'zini uning o'rnida ko'radi, uning kechinmalariga turtki bergan holatni his qiladi, u ko'nglidan kechirayotgan kechinmalarni o'z ko'nglida ham kechiradi. Misol tariqasida quyidagi she’rni shu jihatdan ko'rib o'tishimiz mumkin: Ko'ksimga qo'yilgan bu boshni endi Gohida ko'z qiyib, gohida qiymay Va buning ustiga seni unutolmay Yashash axirmenga ko'p qiyin. «Bora-bora sevib ketarman Men erimni, balki, keyinroq», - Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling