Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
qissa, manoqib, holot kabilar ham epik turning o'tmishdagi
vakillaridir. Shuningdek, ajdodlarimiz adabiyot deb o'qigan «Badoye ul-vaqoye», «Makorim ul-axloq» kabi asarlarda turfa epik janrlarga mansub asarlar jamlangan. Mustaqil janr sifatida qaralayotgan debocha ham ayrim belgilari bi lan epik turga tortib ketadi. Hozirda hazrat Navoiy «Xam- sa»si bir butun asar - universal janr namunasi sifatida talqin qilina boshlandi.1 Xullas, aytilganlar mumtoz adabi yotimizdagi epik janrlar tizimi, uning rivojlanish va takomil yo'lini tarixiy nuqtayi nazardan izchil tarzda yaxlit tadqiq etish o'tkir zaruratga aylanganidan dalolatdirki, bu ish- ning amalga oshirilishi milliy adabiyotimiz janrlari haqidagi tasavvurlarni beqiyos darajada kengaytiradi. Ikkinchi to mondan, keltirilgan tasnifdagi ayrim izohtalab o'rinlarga to'xtalib o'tish zarur. Masalan, badia, etyud, ocherk kabilar sof badiiy proza namunasi bo'lmay, badiiy-publitsistik janr- lardir. Hozirgi adabiyotda ommalashib borayotgan esse janri, bir tomondan, badiiy-publitsistik xarakterda ekanligi, 1 Жура^улов У. Алишер Навоий «Хамса»сида хронотоп поэтикаси. - Тош кент: Турон-ицбол, 2017. 374 ikkinchi tomondan, hajm e’tibori bilan turlicha ko'rinishlar- ga egaligi (kichik hikoya shaklidan to katta romangacha) bilan xarakterlanadi. Masalan, B.Ahmedovning «Mirzo Ulug'bek» asari ham, X.Davronning «Bibixonim qissasi yoxud tugamagan doston»i ham mohiyatan esse, biroq ular hajm e’tibori bilan keskin farqlanadi. Shuningdek, epik janrlarning kino ta’sirida shakllangan modifikatsiyalari - kinoetyud, kinohikoya, kinoqissa, kinoroman kabilar ham adabiyot mulkida fuqarolik olishga haqli. Zero, tas vir yo'sini kinodagiga monand bo'lgani holda, ularda ham voqeabandlik xususiyati yetakchilik qiladi. Shu bilan birga, ularda ham xuddi dramadagi kabi voqeaning «hozir sodir bo'layotganlik» illyuziyasi saqlanib qolaveradi. Yoki ayrim manbalarda masal liro-epik janr deb ko‘rsatiladi-da, unda- gi «qissadan chiqarilgan hissa» buning asosi o'laroq qayd etiladi. Ya’ni bunday talqinga ko'ra, masaldagi voqea epik ibtido bo'lsa, «qissadan chiqarilgan hissa» lirik ibtido - ik- kisining qorishiqligi liro-epiklik haqida gapirishga asosdir. Biroq, har qanday masal asosida voqea (juda qisqa bo'lsa ham) yotishi e’tiborga olinsa, uni epik asar sanash to'g'riroq bo'lur edi. Zero, bu yo'ldan borilmasa, voqeaband she’rlar- ni ham, muallif chiqargan xulosa ochiqroq ifodalangan epik asarlarni ham liro-epik turga mansub etishga to'g'ri kelur edi. Yana bir izohtalab nuqta shuki, «doston» nomi bilan yuritiluvchi janr lirikada ham, eposda ham, kerak bo'lsa, dramada ham bo'lishi tabiiy. Shu bois adabiyotshunoslikda «lirik doston», «epik doston», «dramatik doston» singari janr atamalari qo'llanadi. Shunday ekan, konkret dostonni u yoki bu turga mansub etishda o'sha dostonning o'zidan kelib chiqishimiz, undagi epik va lirik unsurlar salmog'ini asosga olishimiz zarur bo'ladi. Masalan, xalq og'zaki ijo- didagi dostonlarning ko'pi epik doston sanalsa, Mirtemir- ning «Surat» (muallifi «lirik qissa» desa ham), S.Zunnu- novaning «Ruh bilan suhbat» dostonlari lirik, Oybekning «Mahmud Torobiy», A.Oripovning «Jannatga yo‘l» asar- 375 lari dramatik dostonlardir. Nihoyat, uchinchidan, ayrim mutaxassislar hikoya bilan qissani eposning o'rta shakl lari sirasida ko‘rsatadilar. Albatta, bunday qarashda ham muayyan asos, ratsional mag'iz borki, bunga quyiroqda yana to'xtalamiz. Avval aytilganidek, zamonaviy adabiyotning asosiy epik janrlari hikoya, qissa va romandir. Hikoyaning bir tipi lati- fa yo masal kabi hayotdan bittagina epizodni aks ettirsa, boshqa bir tipi qahramon hayotidan (ya’ni uning uchun ahamiyatli) bir yoki bir-biriga uzviy bog'liq (qisqa vaqt davomida kechgan) ikki-uch voqeani qalamga oladi. Ya’ni agar birinchi tip hikoya mohiyatan latifa va masalga (unda voqea hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi) yaqinlashsa, ikkin- chisida qissaga tomon siljish (unda qahramonning ahami yati ortadi) kuzatiladi. Tasvirlanayotgan voqealarning yuz berish vaqti qisqaligi bois hikoyaning hajmi kichik, syujeti sodda, personajlari kam bo'lishini taqozo etadi. Hikoyana- visning mahorati eng avval hikoyabop voqeani tanlay olishi bilan belgilanadi. Zero, har qanday voqea ham hikoyabop emas, ijtimoiy-estetik qimmatga molik voqeani tanlay bilish lozim. Chunki hikoyada xarakterning ayrim chizgilarigina namoyon bo'ladi, shu bois voqeaning o'zi (mas., «Anor», «Bemor», «Dahshat») ahamiyatli mazmun-mohiyatni namoyon etish uchun yaroqli bo'lishi lozim. Mutaxassislar hikoyaning ikki tipini farqlashadi: ularning birida ocherklilik (tavsifiy-rivoyaviy), ikkinchisida novellistiklik (konfliktli-ri- voyaviy) xususiyati ustuvorlik qiladi. Adabiyotshunoslik- da bularning birinchisini hikoya, ikkinchisini novella deb farqlash amaliyoti ham mavjud. E’tibor berilsa, «hayotdan bittagina epizodni aks ettiruvchi» deb ta’riflaganimiz hikoya tipi aynan novellaga mos kelishini sezish qiyin emas. Hi koyaning bu ikki tipi o'zaro syujet-kompozitsion xususiyat lari bilan farqlanadi. Xususan, novella (novellistik hikoya) ning kompozitsion qurilishiga xos xususiyatlar quyidagi- lardir: 1) roviyning xolis «kuzatuvchi» mavqeyida turishi; 376 2) hikoya qilinayotgan voqeaning yuz berish vaqti bilan hi koya qilinish vaqtining bir-biriga mosligi; 3) «sahnaviylik» - o'quvchi nazdida, hayot sahnasida kechayotgan voqeani tomosha qilayotganlik illyuziyasining yuzaga keltirilishi; 4) syujetning shiddatli rivojlanishi-yu kutilmagan burilish- larga egaligi. Adabiyotimizda novellaning ilk namunasi sifatida, bizningcha, Cho'lponning «Oydin kechalarda» asarini ko'rsatish to'g'ri bo'ladi. Keyinroq esa A.Qahhor, S.Ahmad, Sh.Xolmirzayev kabi adiblar ijodida ushbu janr ning go'zal va betakror namunalari yaratildi. Qissa janri dastlab xalq og'zaki ijodida shakllangan. Qahramon hayoti va sarguzashtlarini qiziqarli hikoya qi- luvchi asarlar (mas,: «Ibrohim Adham qissasi», «Qissayi Mashrab», «Zufunun qissasi») elda juda mashhur bo'lgan. Avvaliga qissalar ham ijro qilingan, keyinchalik ularning bir qismi iqtidorli kishilar (ko'plarining ismi noma’lum) to monidan adabiy qayta ishlanib, kitobat qilingan: qissalar endi ;xalq kitoblari sifatida yashay boshlagan. Shuningdek, janrning shakllanishi va takomilida payg'ambarlar haqidagi qissalar ham g'oyat muhim ahamiyat kasb etganini alohida ta’kidlash kerak. XX asrga kelib o'zbek adabiyotida yangi tipdagi qissa shakilandi: Hamzaning «milliy ro'mon» un- voni bilan chop qilingan «Yangi saodat»i, Cho'lpon janrini «xayoliy hikoya» deb belgilagan «Do'xtur Muhammadi- yor» - ikkisi ham zamonaviy qissaning adabiyotimizdagi ilk namunalari sanalishi mumkin. Xullas, bu asarlarning barini umumlashtiradigan asosiy jihat - diqqat markazida qahramon turishi. Shu xususiyati bois «qissa» so'zi ilgari hamma vaqt qahramon ismi bilan birga qo'llangan, «qis sa» so'zi qahramon ismi bilan assotsiatsiyalangan. Natija- da bu so'z «kimdir birovning hayotidan hikoya» ma’nosini anglatadi, ya’ni mohiyatan janrning asosiy belgisini atay di. Albatta, janr muttasil rivojlanish-o'zgarishda yashaydi, biroq uni belgilovchi javhar-xususiyat haqida bunday deb bo'lmaydi. 377 Mazkur qonuniyatni nazarda tutmagan holda, balki yan- gi tipdagi qissani farqlash maqsadi ham bo‘lgandir, sho'ro davriga kelib qissa o'rnida «povest» istilohini qo'llash keng ommalashdi. Natija shu bo'ldiki, bu ikki termin hanuz si nonim sifatida, goh esa boshqa-boshqa janr nomlari si fatida ham ishlatiladi. Holbuki, qissa bilan povestni bosh- qa-boshqa janrlar deya talqin qilishga asos yetarli emas, sinonim sifatida qo'llashga esa zarurat yo‘q: «qissa» isti- lohining o‘zi kifoya qiladi. Qissaning poetik qurilishi ham maqsadga - qahramonga qaratilgani bilan belgilanadi. Jumladan, qissa syujetidagi barcha voqealar qahramon atrofida uyushtiriladi, ya’ni syujet romanniki kabi ko‘p tar- moqli emas. Darvoqe, o'z vaqtida Belinskiy «povest ham romanning o'zginasi, faqat hajmi kichikroq»1 degan. Yoki G'arbda qissa (povest) o'midagi alohida janr ajratilmasli- gi ham ma’lum. Shunaqa ekan, qissani alohida janr sifa tida tasniflashga zarurat bormi? Albatta, bor. Zero, bizda qissaga alohida janr deb qaralishi shunchaki, masalan, rus adabiyotshunosligining ta’siri emas. Yuqorida ko'rdik, adabiyotimizda qissa epos taraqqiyotining tabiiy hosilasi o'laroq vujudga kelgan, hodisa mavjud ekan, u haqdagi tushuncha ham, uni anglatuvchi istiloh ham zarur. Ikkin chi yoqdan, «hikoya - qissa - roman» uchligi epik janr lar tizimining umurtqasi - yadrosi deyish mumkin. Uchlik markazida joylashgan qissa g'oyaviy-badiiy jihatlari bilan hikoya tomon ham, roman tomon ham siljiy oladi. Masalan, «Muqaddas» (O.Yoqubov), «Chollardan biri» (M.Muham mad Do'st), «Hali hayot bor» (A.A’zam) kabi qissalarda hikoya bilan qondoshlik belgilari saqlansa, «Galatepaga qaytish» (M.Muhammad Do'st), «Guli-guli» (E.A’zam), «Yozning yolg'iz yodgori» (X.Sultonov) kabi qissaiarning romanga bo'ylashayotgani sezilib turadi. 1 Белинский В.Г. Полное собрание сочинений. Т.5. - М., 1954. - С.42. 378 Roman haqida so'z borganda, odatda, uning hajman kattaligi, hayotni keng ko'lamda tasvirlashi, qahramon ha- yotidan katta davrni olib, turli ijtimoiy munosabatlar bilan bog'lab talqin qilishi, ko'plab va turfa kishilar taqdirlari orqali jamiyatning joriy holatini aks ettira olishi, murakkab va ko'p chiziqli syujetga ega bo'lishi kabi janr xususiyatlari qayd etiladi. To'g'ri, bular aksariyat romanlarga xos, lekin janrni shularning o'zi bilangina belgilash kamlik qiladi. Sababi, hajmi qissadan uncha farq qilmaydigan yoki qisqa vaqt davomida kechuvchi voqealar qalamga olingan romanlar ham, bitta shaxs taqdiridan bahs etuvchi yoki bitta syujet chizig'iga ega romanlar ham bor. Shu sababli romanning belgilovchi xususiyatlari deb yana romaniy problema, ro- Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling