Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

Savol va topshiriqlar:
365


ADABIY JANRLAR
Adabiyotshunoslikda «janr» atamasini ikki ma’noda 
qo'llash an’anasi kuzatiladi. Fransuz tilidan olingan bu so‘z 
«tur» va «xil» ma’nolarini anglatadi. Shuning uchun ilgari 
«janr» termini bilan epik, lirik va dramatik turlar atalgan 
bo'lsa, keyinchalik ularning muayyan tarixiy davrdagi na­
moyon bo'lish shakllari (roman, qissa; komediya, tragedi- 
ya; sonet, elegiya kabi) shu istiloh bilan yuritilgan. Natijada 
«janr» so'zi bugungi o'quvchi tanishishi mumkin bo'lgan 
ayrim manbalarda adabiy turni, boshqalarida muayyan 
bir janrni, tag'in birlarida janr ko'rinishini anglatadi. Masa­
lan, V.G.Belinskiy adabiy asariarni «tur (rod) - xil (vid) -
janr» silsilasi asosida tasniflaydiki, bunga mos ravishda 
«epos - roman - tarixiy roman» tushunchalari to'g'ri ke­
ladi. Zamonaviy manbalarda esa ko'proq «tur va janrlar» 
haqida gap boradi, ya’ni ikkita asosiy tushuncha tasnifla- 
nadi. O'zbek tilidagi manbalar ham bu kabi turlichalikdan 
xoli emas. Jumladan, ikki jildlik «Adabiyot nazariyasi»da 
adabiy tur tushunchasi «jins», janr tushunchasi esa «tur» 
deb yuritilgan.1 «Adabiy turlar va janrlar» kollektiv mono- 
grafiyasi mana bu jumlalar bilan boshlangan: «Adabiyot- 
ning asosiy turlari (yoki jinsi) uchta - epos, lirika va drama. 
Har bir adabiy tur esa xilma-xil janrlarni o'z tarkibiga oladi. 
Epik sistemaning xil va janrlari eposni tashkil etadi»2.
Ko'rib turganimizdek, dastlabki ikki jumlada «tur (yoki 
jins) va janr» haqida gap borsa, uchinchi jumladan «(epik) 
sistema - xil - janr» uchligi kelib chiqadi. Biroz o'tib esa

Адабиёт назарияси. 2 томлик. 2-т. - Тошкент: Фан, 1979. - Б.305.
2Адабий турлар ва жанрлар. Тарихи ва назариясига оид. 3 ж. 1-ж. Эпос. -
Тошкент: Фан, 1979. - Б.7 - 8.
366


L.Timofeyevning ayni shu uchlik tasnifi keltirilganki, natija- 
da istilohiy turlichalik yuzaga keladi. I.Sulton tasnifida isti- 
lohlar «adabiy tur (yoki jins)», «janr (yoki xil)» tarzida juft 
qo'llangan. Ya’ni «tur» bilan «jins», «janr» bilan «xil» is- 
tilohlari sinonim deb e’tirof etilgan-da, so'ng asosan «tur
- janr» juftligi ishlatilgan, qo'shimcha ravishda janr ko'ri- 
nishlarining «janr shoxobchalari» deb atalishi ham qayd 
etilgan.1 T.Boboyev tasnifida «adabiy tur» - «adabiy tur 
shakllari» - «adabiy janr» - «janr xillari» silsilasi hosil 
bo'lib, uning halqalari mos ravishda «epos - epik turning 
katta shakli - roman - tarixiy roman» tushunchalariga 
to‘g‘ri keladi.2 E.Xudoyberdiyev zanjirida esa bunga qara­
ganda bitta halqa kam: «adabiy tur» - «janr» - «janr ko'rin- 
ishlari».3 H.Umurov masala talqinida «tur» - «janr» ikkiligi 
bilan cheklanishga moyildek, biroq roman janrini xillarga 
ajratishga qarshi bo'lgani holda, dostonga o'tganida «epos 
janrlari va ko'rinishlari» haqida so‘z yuritadi.4 Albatta, ilmiy 
muomalada istilohiy birxillik ahamiyatini e’tiborga olsak, 
termift qo'llashdagi mazkur holatni bartaraf etish zarurati 
allaqachon yetilgan. Shunga ko'ra, muayyan bir ma’nosi 
bilan ommalashish darajasi va qo'llanish faolligini nazarda 
tutib, bizningcha, « t u r - ja n r - janr ko'rinishi» terminlarida 
to'xtash maqsadga muvofiq ko'rinadi.
Janr deyilganda adabiy asarlarning bir tur doirasidagi 
tarixan shakllanuvchi, o'zining nisbatan barqaror poetik 
strukturasiga ega tipi tushuniladi. Tarixiy kategoriya o'laroq 
janrlar muttasil harakatda yashaydi: yangi janrlar paydo 
bo'ladi, takomillashadi, iste’moldan chiqadi. Har bir alohi­
da janrda ham mudom sifat o'zgarishlari kuzatiladi, badiiy
1 Иззат Султан. Адабиет назарияси. - Тошкент: Укитувчи, 1986. - Б.238 -
243.
2 Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. - Тошкент: Узбекистан, 2002. -
Б.459 - 460.
3 Худойбердиев Э. Адабиётшуносликка кириш. - Тошкент: Шарк;, 2008. -
Б.225.
4Умуров X- Адабиётшунослик назарияси. - Тошкент, 2004. - Б.214 - 215.
367


ijod amaliyoti uning shakliy va mazmuniy xususiyatlariga 
muttasil o'zgarishlar kiritib boradi. Shuni nazarda tutgan 
holda M.M.Baxtin: «Janr adabiyot taraqqiyotining har bir 
yangi bosqichi va shu janrga mansub har bir asarda qay- 
tadan tug'iladi, yangilanadi»1, - deb yozadi. Biroq olim- 
ning bu fikridan janr mutlaqo beqaror hodisa degan xulosa 
kelib chiqmasligi kerak. Zero, har ne ko‘lamli o'zgarishlar 
sodir bo'lganida ham, asosda janrga xos o'zak xususiyat­
lar saqlanib qolaveradi. Shu bois ham Baxtin fikrini quyi- 
dagicha davom ettiradi: «Janr hozir bilan yashaydi, biroq 
hamma vaqt o'zining o'tmishi, ibtidosini yodda tutadi. Janr
- ijodiy xotiraning adabiyot taraqqiyoti jarayonidagi vaki- 
lidir».2
Yangi davr adabiyotiga kelib badiiy ijodda individuallik- 
ning o'rni va qimmati ortib borishi barobarida an’anaviy 
janr kanonlari yemirila boshladi. G'arb adabiyotida bu 
hodisa XVIII asrdan, bizda esa XX asming avvallaridan 
boshlab kuzatiladi. Endilikda qat’iy me’yorlarga amal qi­
lish majburiyatidan xalos bo'lgan ijodkorning muayyan bir 
janrda yaratgan asarida ham uning o'zigagina xos janr 
xususiyatlari namoyon bo'laveradi. Bunga qo'shimcha 
tarzda konkret davr adabiyotining janrlar tizimi adabiy 
an’analarning davomi va adabiy aloqalar natijasi o'la­
roq rang-barang tus oladi. Chunki unda faol qo'llanuvchi 
zamonaviy janrlar qatori an’anaviy (ya’ni o'tmish adabi- 
yotidagi) va xorijiy adabiyotlardan o'zlashgan janrlar ham 
iste’molda bo'ladi. Shu bois har bir davr adabiyotining 
janrlar tizimi diaxroniya/sinxroniya (tarixiylik/zamonaviy­
lik) aspektlarida o'rganishni taqozo etadi.
Aytilganlar, albatta, janr nazariyasini ishlab chiqishda 
qiyinchilik tug'diradiki, bu borada umume’tirof etilgan, tu- 
gallangan ta’limot yoxud tizimli tarzda amalga oshirilgan 
tugal tasnif mavjud emasligi shundan. Zero, janrlar siste-
1 Бахтин М М. Собрание сочинений в 7 т. Т.6. - М., 2002. - С.120.
20 ‘sha joyda.
368


masi muttasil o'zgarishda ekan, u haqdagi nazariy qa­
rash ham o'tmish adabiyotiga nisbatangina tugal bo'lishi 
mumkin, Masalan, hozirda o'zbek mumtoz adabiyoti janr- 
lari haqida tugal nazariy xulosalarga kelish imkoni bor. 
Zamonaviy adabiyotdagi, ijodda individuallik roli ortgan 
sharoitdagi janr kanonlarini esa tugal belgilab bo'lmay­
di. Shu bois ham ta’rif va tasnifda har bir janrga xos eng 
umumiy belgilarni asosga olish bilan qanoatlanishga to'g'ri 
keladi. Bunday umumiy belgilar sifatida esa asarning ada­
biy turga mansubligi, asosiy estetik belgisi, kompozitsion 
xususiyatlari, tasvir ko'iami, badiiy nutq shakli va tabiati 
kabilar ko'rsatilishi mumkin. Shu jihatdan uchala turjanrla- 
rini ko'rib o'tamiz.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling