Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
ADABIY TUR TUSHUNCHASI
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
350
ADABIY TUR TUSHUNCHASI I Adabiy tur tushunchasi. Badiiy adabiyotni turlarga ajratish prinsiplari. Adabiy turlar orasida chegaraning shartliligi. Adabiy turlar mavqeyining o‘zgaruvchanligi. So'z san’ati - adabiyotning adabiy asarlar shaklida yashashini avvalroq aytib o'tdik. Har bir adabiy asar esa, ma’lumki, o'z holicha original, betakror hodisadir. Shu ning uchun ham adabiyot taraqqiyotining qaysi davrini (qay ko'lamda ekanidan qat’i nazar) olib qaramaylik, unda o'zining g'oyaviy va badiiy jihatlari bilan bir-biriga o'xsha- maydigan, turfa xil asarlarni ko'ramiz. Ayni chog'da, bir qarashda mutlaqo cheksizdek taassurot qoldiruvchi tur- falik bag'ridagi konkret asarda boshqa ayrim asarlar bi lan mushtarak jihatlar ham mavjudki, shu asosda ularni muayyan guruhlarga birlashtirish imkoniyati vujudga kela di. Mazkur imkoniyatning amalga oshirilishi, ya’ni adabiy asarlarni guruhlashtirish adabiyotshunoslik uchun zarurat maqomida, chunki predmetni muayyan tamoyillar asosi da tartib (tizim)ga solmay turib uni yetarli darajada teran va atroflicha anglash mumkin emas. Shuning uchun ham an’anaviy ravishda adabiy asarlarning nutqiy tashkillanishi, tasvir predmeti, obyekt va subyekt munosabati kabi jihat lari bilan umumiylik kasb etuvchi yirik guruhlari - epik, lirik va dramatik turlar ajratib kelinadi. Shu bilan birga, o'tgan asr adabiyotshunosiigida adabiy asarlarni turlarga ajratish zarurati yo'q degan qarash ham ilgari surilgan. Biroq bu fikrga mutlaqo qo'shilib bo'lmaydi. Nega deganda bunday qarashning yuzaga kelishi adabiyot ilmidagi yangicha - adabiy asarni ham adabiy-madaniy, ham ijtimoiy-tarixiy zamindan uzib olib o'rganuvchi, adabiyotshunoslikning 351 predmeti ko'lamini g'oyat tor oluvchi yo'nalishlar bilan bog'liq. Zero, bitta asar obyekt qilib olinar ekan, turlarga aj ratish chindan-da keraksiz. Biroq obyekt qilib mingyilliklar qa’ridan kelayotgan, bashariyat hayotidagi ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ruhoniy, ma’rifiy jarayonlar bilan bevosita bog'liq va ming-minglab turli-tuman asarlar shaklida yashayotgan hod'sa olinsa, turlarga ajratish zarurat. Haqiqiy adabiyot- shunoslikning obyekti esa ayni shu hodisadir. Shu jihatdan qaralsa, turlarga ajratishning boshlanishi adabiyotshunos lik fan o'laroq shakllanish yo'lida tashlagan ilk tetapoya odimlardan deyilsa, aslo mubolag'a emas. Sirasi, ayni masala qadim zamonlardan beri diqqat markazida bo'lib kelayotganining sababi ham ma’lum darajada shu bilan izohlanishi mumkin. Adabiy asarlarni hozirgi tushunchadagi turlarga ajratish an’anasi, bugunda ma’lum va o'rganilgan manbalardan kelib chiqilsa, qadimgi yunon faylasuflari tomonidan bosh- lab berilgan. Garchi bu borada birinchilik ko'pincha Arastu- ga nisbat berilsa-da, manbalarda ba’zan turlarga ajratish Suqrotdan, goh esa Aflotundan boshlangani ham qayd eti ladi. Aytish kerakki, bu shunchaki xato natijasi emas, bu ning o'ziga yarasha sabablari, izohi bor. Avvalo, uchala fay- lasuf ustoz-shogirdlik rishtalari bilan bog'langanini eslash joiz: Suqrot - Aflotunning ustozi, Aflotun esa Arastuning. Suqrot o'zining qarashlarini shogirdlar bilan suhbatlarda bayon qilish bilan kifoyalangan, ularni yozuvda muhrlagan emas - fikrlari boshqa mualliflar asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Jumladan, Aflotunning «Davlat» nomli dia- logidagi suhbatdoshlardan biri Suqrot bo'lib, poeziyani tur larga ajratishga oid fikrlar uning tilidan beriladi. Turlarga ajratish borasidagi Arastu fikrlarining ko'proq e’tibor top- gani va keng ommalashgani esa, bir tomondan, ularning poeziyaga bag'ishlangan maxsus asar - «Poetika»dan o‘rin olgani bilan, ikkinchi yoqdan, aynan shu asarning XVI - XVII asrlarda, Yevropada zamonaviy adabiyotshunoslik- 352 ning tamal toshlari qo‘yilayotgan bir vaqtda beshak eta- lon sifatida qabul qilingani bilan izohlanadi. Xullas, hozir- da adabiy turlar masalasini ilk bor antik yunon faylasuflari muhokama qilganlar degan fikrda to'xtash to‘g‘ri va qa- noatlanarli bo'ladi, birinchilik masalasi esa muhim emas. Aflotunning «Davlat» nomli dialogida poeziya masa- lalari ham asosiy mavzu bilan bog'liq holda muhokama qilinadi. Jumladan, unda poeziyaning jamiyatdagi o'rni va vazifalari, ideal davlatda unga munosabat qanday bo'lishi kerakligi kabi masalalar ham faylasuf tasavvuridagi ide al davlat nuqtayi nazaridan yoritilgan. Shunga qaramay, suhbatlarning birida adabiy turlar masalasi maxsus ko‘rib chiqiladi. Aflotun o'z odaticha bu masaladagi qarashlari- ni savollar qo'yish-u ularga birgalikda javob izlash tarzida izchil yoritib keladi-da, fikrlarini shunday xulosalaydi: «... poeziya va mif yaratishning bir turi to'laligicha taqliddan tarkib topadi, bu - ... tragediya va komediya; boshqa bir turi shoir o'zi aytgan gaplardan iborat - buni difiramblar- da ko'rish mumkin; epik poeziya va boshqa ko'p turlarda bu ikki usul qorishiq keladi».1 Bu o'rinda, avvalo, Aflotun «taqlid» so'zini birmuncha tor ma’noda qo'llayotganini aytmoq kerak. Uning nimani nazarda tutayotgani shogird- larga sal ilgariroq, «shoir o‘zga shaxs nomidan qandaydir nutq keltirsa, biz u o'z nutqini o'sha, hozir gapirishi haqi da biz ogohlantirilgan shaxs nutqiga iloji boricha o'xshat- moqda demaymizmi?» so‘rog‘iga «Ha, shunday deymiz» deya tasdiq javobini berganlarida ma’lum bo'lgan. Keyingi so'roq esa bu fikrni yanada aniqlashtiradi: «O'zingni qiyo- fa va yo nutqda boshqa odamga o'xshatish, aslida, o'sha o'xshatilayotgan odamga taqlid qilish degani emasmi?»2 Ya’ni «taqlid» deganida o'zganing nutqini o'xshatishni nazarda tutayotgan Aflotunga ko'ra, «targediya va ko- mediyalar» o'zganing gaplaridan, «difiramblar» shoirning 1 Платон. Сочинения. В 3-х т. Т.З. 4.1. - М.: Мысль, 1971. - С .176. 2 Ko'rsatilgan asar. - Б. 175. 353 o'z gaplaridan tarkiblanadi, eposda esa bu ikkisi qorishiq holda namoyon bo'ladi. Ko'rib turganimizdek, Aflotun ada biy turlarni farqlashda asarning nutqiy tashkillanishini asos qilib oladi. Arastu «Poetika»si antik davrlardan bizgacha yetib kelgan so'z san’ati haqidagi ilk maxsus tadqiqot sanala- di. Poeziyani tabiatga taqlid deb bilgan Arastu san’atlarni «nima bilan», «nimaga» va «qanday» taqlid qilishiga ko'ra farqlaydi. Sirasi, hozirgi estetikada ham ayni shu tasnif tamoyili asos sifatida saqlanib qolgan. Agar birinchi jihat - «nima bilan» taqlid qilish asosida musiqa, raqs, haykalta- roshlik, adabiyot kabi san’at turlari farqlansa, ikkinchi jihat - «nimaga» taqlid qilish asosida etik va estetik belgilari ajratiladi. Uchinchi jihat - «qanday» taqlid qilish asosida esa Arastu adabiy turlarni farqlaydi. Unga ko'ra, tabiatga taqlid: «... voqeani, Gomerga o'xshab, o'zidan tashqarida- gi narsadek hikoya qilish orqali; yoki shundayki, taqlid qi- luvchi qiyofasini o'zgartirmagan, o'z-o'zicha qolgan holda; yoki barcha tasvirlanayotgan shaxslarni harakat qilayot- gan, faoliyatdagi kishilar sifatida taqdim etgan holda»1 amalga oshishi mumkin. Bir qarashda Aflotun bilan Aras- tuning turlarga ajratish prinsiplari aynandek ko'rinishi ta biiy. Zero, «o'z-o'zicha qolgan holda» (ya’ni o‘z tilidan) taqlid qilish bilan Aflotunning «shoir o'zi aytgan gaplardan iborat» degani mohiyatan bitta narsa. Shuningdek, tasvir lanayotgan shaxslarni «harakat qilayotgan, faoliyatdagi kishilar sifatida taqdim etish» ularni o'z tilidan gapirtirishni taqozo qiladi, ya’ni bu o'rinda ham Aflotunning «to'laligicha taqliddan tarkib topadi» degani bilan umumiylik kuzatiladi. Biroq, shunga qaramay, Aflotundan farqli o'laroq, Aras tu o'z tasnifida nutq shakli doirasida qolmaydi, haqiqat- da uning «qanday taqlid qilish» degani taqlidchi va taqlid qilinayotgan obyekt munosabatidan kelib chiqadi. 1 Аристотель. Риторика. Поэтика. - М.: Лабиринт, 2000. - С .150. 354 Adabiy turlarni ajratishda taqlid usulini asosga qo‘yish an’anasi, umuman, Arastu fikrlarini qariyb abadiy barqaror qonun o‘laroq tan olish XVIII asrgacha davom etdi. Sababi, XVI -X V II asrlarda Arastuga ergashib o'nlab «poetika»lar, asarlariga sharhlar yozildi; poeziya haqida so'z yuritgan- ki kishining uni tilga olishi, unga tayanishi, uning fikrlari ni rivojlantirishi yozilmagan qoidaga aylandi. O'sha davr olimlaridan biri e’tirof etganidek, Arastu so'z san’ati «badi iy mahoratga oid barcha haqiqatlarning manbai»1 sifatida mutlaq tan olingan. Shu bois, masalan, Yuliy Sezar Skali- ger, Lodoviko Kastelvetro, Antonio Minturno, La Menarder kabi olimlar adabiy turlar masalasini aynan Arastu ruhida talqin qiladilar va bunga beshak haqiqatdek qaraydilar.2 Har qanday qoliplar-u qat’iy me’yorlarni qabul qilmaslik- ka moyil romantizm davriga kelib esa adabiy turlar haqida- gi qarashlar ham taftish qilina boshladi. Jumladan, nemis faylasufi A.Shlegel adabiy turlarga ajralish yo‘q deguvchi «eng yangi nazariyachilar» fikriga qo'shilmagani holda, epos bilan dramani rivoya va dialog tushunchalaridan ke lib chiqibgina farqlashni mantiqsizlik deb hisoblaydi. Uning uqtirishicha, adabiy turga mansublikni belgilashda asar ning shakliy xususiyatlari emas, uning ma’naviy mohiyati hal qiluvchi ahamiyatga egadir.3 Shuningdek, A.Shlegel o'z ma’ruzalarida poeziyaning turli ko'rinishlari tashqi olam yo inson ichki olami tasvirining ustuvorlik qilishi jihatidan farqlanishiga ham diqqat qildi, biroq ayni jihatga u turlarni farqlash asosi sifatida qaramaydi.4 F.Shelling yanada ilgari bosadi: adabiy turlarni farqlash- da asarning shakliy xususiyatlariga ko'z yumadi-da, fal- 1 Литературные манифесты западноевропейских классицистов. - С.315. 2 Каранг: Куронов Д., Рахмонов Б. Гарб адабий-танкидий тафаккури тари- хи очерклари. - Тошкент: Фан, 2007. 3 Литературные манифесты западноевропейских романтиков. - М.: МГУ, 1980.- С . 1 2 3 - 124. 4Шлегель А. Эстетика. Философия. Критика. В 2-х т. Т.2. - М.: Искусство, 1983. - С.274 - 290. 355 safiy tushunchalarni asos qilib oladi. F.Shellingga ko'ra, romantizm yuksak qadrlagan lirika cheksizlik va ruh erkin- Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling