Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
obrazi, buning ziddi o'laroq, dramada obyektning plastik
obrazi, eposda esa obyekt va subyektning qorishiq obrazi yaratiladi. Diqqat qilinsa, bu o'rinda Gegel va Belinskiy qa- rashlaridan jiddiy farq qiluvchi nuqtani ko'rish qiyin emas. Agar ular epos va lirikani bir-biriga zid qo'ygan holda dramani sintez deb hisoblasalar, bunda qorishiqlik epos- ga xos deb qaraladi. Ya’ni bu jihati mazkur yondashuvni 359 «taqlidchi va taqlid obyekti» munosabatini asos qilib oigan Arastu an’anasiga yaqinlashtiradi. Bundan farqli o'laroq, Gegel talqinida dramadagi qorishiqlik «xarakter, xuddi liri- kadagi kabi, ko'nglida nimaiki bo'lsa, barini izhor qilmog'i» va, ayni chog'da, «o'z real tashqi mavjudligi»da namo yon bo'lmog'i lozimligi tufayli kelib chiqadi.1 Belinskiyga ko'ra esa dramada subyekt - ijodkor «parchalanib ketgan va ko'plab kishilarning tirik tajassumi»2 sifatida namoyon bo'ladi. Bizning tasnifda esa, Gegeldan farq qilib, «sub yekt» deganda faqat muallif ko'zda tutiladi, Belinskiydan farqli o'laroq esa, subyekt obyektdan mutlaqo tashqarida, ya’ni personajlarga singib ketgan emas deb qaraladi. Nima uchun lirikada «subyektning noplastik obrazi» ya- ratiladi deb aytamiz? Ma’lumki, lirik asarning yetakchi obrazi - lirik qahramon. Biz lirik asarni o'qiganimizda lirik qahramon holatini, kayfiyatini, kechinmalarining qanday holatda yuza ga kelganini, uning his-kechinmalariga turtki bo'lgan voqelik fragmentlarini his qilishimiz, tasavvur qilishimiz mumkin. Bi roq lirik qahramonning o'zini, aytaylik, romandagidek jonli inson (ya’ni obyektivlashtirilgan tasvir) sifatida ko'z oldimiz- ga keltira olmaymiz. Dramada biz obyektning plastik obra zini ko'ramiz - qahramonlar real xatti-harakatda bo'ladilar, ular jonli inson sifatida ko'rsatiladi. Ayni paytda, dramada subyekt obrazi yo'q. Eposda bu ikkisiga xos xususiyat qori- shiq: biz so'z bilan tasvirlangan badiiy voqelikni xayolimizda jonlantirishimiz mumkin, ayni paytda, unda muallif obrazi ham mavjud. Epik asardagi muallif obrazi ham xuddi lirik asardagi kabi noplastik obraz, zero, biz uning voqea-hodi- salarga munosabati, ruh-kayfiyati, o'y-qarashlarini har vaqt sezib, his qilib turamiz, biroq muallif obrazi boshqa perso najlar obrazi singari ko'z oldimizda jonli inson sifatida gav- dalanmaydi (asarda uning obyektivlashtirilgan tasviri yo'q). 1 Гегель. Эстетика. В 4-х т. Т.З. - М.: Искусство, 1971. - С.421. 2 Белинский В.Г. Полное собрание сочинений. Т.5. - М., 1954. - С.52. 360 Adabiy turlarga ajratishning belgilovchi prinsipini aniq- lab olgach, endi har bir adabiy turga mansub asarlarga ko'proq xos bo'lgan (ya’ni belgilovchi bo'lmagan) xususi yatlar haqida ham to'xtalish mumkin. Epik, lirik va dramatik asarlar o'zlarining nutqiy shaklla nishi jihatidan bir-biridan farqlanadilar. Lirik asarlar, ma’lum- ki, asosan tizma (she’riy) nutq shaklida mavjud. Ayni payt- da, sochma (nasriy) nutq shaklida yozilgan lirik asarlar borligini ham unutmaslik kerak. Masalan, Fitrat, Hamza, Cho'lpon, Mirtemir, I.G'afurov singari ijodkorlarning ko'plab nasriy she’rlari (ular «mansura», «sochma» kabi atamalar bilan ham yuritiladi) o'quvchilarga yaxshi tanish. Shuning- dek, adabiyotimizda nasriy yo'lda yozilgan lirik dostonlar ham mavjud bo'lib, ularga Cho'lponning «Oktabr qizi», A.A’zamning « 0 ‘zim bilan o'zim» singari asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Epik asarlar esa asosan sochma nutq shaklida yaratiladi. Shu bilan birga, adabiyotimizda she’riy yo'lda yozilgan epik asarlar ham ancha keng tarqalgan. Masalan, B.Boyqobilovning «Kun va tun» she’riy qissasi, H.Sharipovning «Bir savol», Muhammad Alining «Boqiy dunyo» romanlari she’riy yo'lda bitilgan epik asarlardir. Turli adabiy turga mansub asarlar o'zaro badiiy vaqt hissi nuqtayi nazaridan ham farqlidir. Masalan, lirik asarlar «ho- zir ko'ngildan kechayotgan» his-tuyg'ularni tasvirlashi bilan xarakterlanadi. Deylik, Navoiyning «Kelmadi» radifli g'azali yozilganiga 500 yildan ziyod vaqt bo'ldi. Shunga qaramay, uni o'qigan she’rxonda lirik qahramon kechinmalari ayni hozir ko'nglidan kechayotgandek tuyuladi, g'azalni qachon o'qishidan qat’i nazar, o'quvchi lirik qahramon kechinmala- rini u bilan birga «hozir» ko'nglidan kechiradi. Demak, shoir bilan u tasvirlayotgan kechinma, she’rxon bilan u tanisha- yotgan va o'ziga yuqtirayotgan kechinma orasida hamisha «men - hozir» tarzidagi vaqt hissi mavjud bo'ladi. Buning ziddi o'laroq, epik asarda «o'tmishda bo'lib o'tgan» voqealar qalamga olinadi, zero, zamonda kechib bo'lgan voqealarni- 361 gina hikoya qilib berish mumkin. Hatto olis kelajak qalamga olingan fantastik asarlarda ham muallif bo'lib o'tib bo'lgan voqealarni hikoya qiladi, o'quvchi go‘yo bo'lib o'tib bo'lgan voqealar bilan tanishadi. Demak, epik asarda yozuvchi bi lan u tasvirlayotgan badiiy voqelik, o'quvchi bilan u tasavvu- rida qayta tiklayotgan badiiy voqelik orasida hamisha «men - o‘tmish» tarzidagi vaqt hissi mavjuddir. Vaqt hissi nuqtayi nazaridan dramatik turga mansub asarlar o'ziga xos xususi- yatga ega. Dramatik asarda tasvirlanayotgan voqea, garchi o'quvchiga uning qachondir sodir bo'lib o'tgani ayon bo'lsa- da, go'yo «hozir sodir bo'layotgan voqea» kabi taassurot qoldiradi. Masalan, yaratilganiga ikki yarim ming yil bo'lgan «Shoh Edip»ni o'qiganimizda, uning voqealari tasawuri- mizdagi «sahna»da hozir sodir bo'layotgan voqeadek jon- lanadi, ayni shu asar teatr sahnasida qo'yilganida ham, to- moshabin nazdida, voqea go'yo hozir sodir bo'layotgandek tuyuladi. Demak, dramatik asar o'quvchisi (yoki tomoshabi- ni) bilan unda tasvirlangan voqea orasida ham «men - ho zir» tarzidagi vaqt hissi mavjud bo'ladi. Muayyan bir adabiy turga mansub asarda badiiy konflikt- ning muayyan bitta turi yetakchilik qiladi. Deylik, dramatik asarlarda xarakterlararo konflikt, lirik asarlarda ichki kon- flikt (asardagi aksi jihatidan) yetakchilik qilsa, epik asar larda konfliktning har uchala turi qorishiq holda namoyon bo‘la oladi. Ayrim adabiyotshunoslar mazkur xususiyatni ham turga ajratishning asosi, turga mansublikni belgilov- chi xususiyat sifatida ko‘rsatadilar. Biroq bu fikrga qo'shilib bo‘lmaydi. Negaki, har qanday adabiy asarda ham, uning turga mansubligidan qat’i nazar, konfliktning har uchala navi mavjud; ular o'zaro aloqada bo'lib, biri ikkinchisini yu zaga chiqaradi, biri orqali ikkinchisi ifodalanadi. Takror aytish joizki, adabiy turlar orasida qat’iy chegara, «xitoy devori» mavjud emas. Ya’ni adabiy asarlarni turlar ga ajratishda ma’lum shartlilik bor. Zero, bitta adabiy turga xos xususiyatlar boshqa bir adabiy turga mansub asarlar- 362 da ham namoyon bo'laverishi mumkin. Boz ustiga, badiiy adabiyot rivoji davomida adabiy turlar bir-birini boyitadi, ular orasida sintezlashuv jarayonlari kechadi. Masalan, zamonaviy proza (epos) dramaga xos elementlarni o‘ziga singdirish bilan tasvir va ifoda imkoniyatlarini kengaytirdi. Hozirgi epik asarlarni ulardagi dialogiar, boshqacha ayt- sak, «sahna-epizod»larsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Epik turning takomili davomida dramaga xos syujet qurilishining ta’siri tobora kuchayib borishi kuzatiladiki, bu epik asarlar da syujet vaqtining qisqarishi, voqealarning dramatik shid- dat bilan rivojlanishi va shularning natijasi o'laroq asarning o'qishli bo'lishiga olib keladi. O'z navbatida, drama yo xud lirikaga epik elementlarning kirib kelishi ham ularning badiiy imkoniyatlarini kengaytiradi. Masalan, zamonaviy she’riyatda ancha keng o'rin tutuvchi voqeaband she’rlar- ni eposning lirikaga ta’siri natijasi deb tushunish mumkin. Shunga o'xshash, hozirgi she’riyatdagi tavsifiy lirika namu- nalapida epik unsurlarning salmoqli o'rin tutishi ham tur- lararo sintezlashuv natijasidir. Adabiy turlarning muayyan davr adabiy jarayonida tut gan o'rni, mavqeyi har vaqt ham bir xil bo'lmaydi. Milliy adabiyot taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida ularning ayrimiari yetakchilik mavqeyini egallaydiki, bu narsa turli omillar (ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sharoit, adabiy- madaniy an’analar va b.) bilan izohlanishi mumkin. Ma salan, o'zbek adabiyotida uzoq vaqt lirikaning yetakchilik qilgani adabiy-madaniy an’ana bilan bog'liq bo'lsa, XX asr boshlariga kelib epik turning yetakchilik mavqeyini egal- lashi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sharoit (epik turda badiiy-konseptual funksiyani bajarish, dunyoni anglash va anglatish imkoniyatlarining kengligi va buning XX asr bosh- larida dolzarblik kasb etgani) bilan izohlanadi. Asrimizning 60 - 70-yillaridagi ijtimoiy-siyosiy sharoitning o'ziga xosligi she’riyatni yana oldingi mavqega olib chiqdi. Buning sababi ijod va so'z erkinligi bo'g'ilgan sharoitda badiiy proza o'zi- 363 ning eng muhim funksiyasi - badiiy-konseptual funksiyasini bajara olmay qolgani bilan izohlanishi mumkin. 80-yillarga kelib badiiy proza ilgari yo'qotgan mavqeyini yana tiklay boshladi. Bu jarayon yangi avlod nosirlari - M.Muhammad Do‘st, E.A’zam, A.A’zam, X.Sulton kabi ijodkorlar asarla- rida jamiyat hayotini, zamona kishilari ruhiyatini va buning vositasida jamiyatning mavjud holatini chuqur badiiy idrok etishga intilish kuchayganida kuzatiladi. Adabiy turlar haqida gap ketganda ulardan birini ikkin- chisidan ustun qo'yishga intilish nomaqbul hodisadir. Har bir adabiy tur o'ziga xos ustun jihatlarga egaki, bu narsa ular ning har birida dunyoni anglash va anglatish imkoniyatlari turlicha ekanligi bilan izohlanadi. Ba’zan «falon shoir o'zi- ning falon ruboiysida katta romanda ham aytish qiyin bo'lgan gapni ayta oigan» qabilidagi maqtovlar eshitiladiki, bu xil qa rash o'ta jo'n va ilmiylikdan butkul yiroqdir. Badiiy adabiyot haqida, badiiy asar haqida bu tarzda fikrlash diletantlikdan boshqa narsa emas. Zero, badiiy adabiyotda aytishgina emas, qanday aytish ham muhim. Shuni hamisha yodda tutish kerakki, har bir adabiy turga mansub asarning qabul qilinish mexanizmlari, o'quvchi ruhiyatiga ta’sir o'tkazish imkoniyatlari va yo'llari turlichadir. Shunga ko'ra, bu o'rin da xalqimizning «o'nta bo'lsa, o'rni boshqa, qirqta bo'lsa - qilig'i» qabilidagi naqliga amal qilgan to'g'riroq bo'ladi. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling