Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
Degan xayol bilan yashaysan,
Mend an ko'ra senga qiyinroq. (Usmon Qo'chqor) She’rni o'qigan kitobxon lirik qahramonni - qaysidir sabab bilan sevgilisiga yetisholmagan, endilikda o'zining oilasida sokin va totuv umrguzaronlik qilayotgan, turmush o'rtog‘ini-da samimiy hurmat qiluvchi va, ayni paytda, sevgisini ham unutolmay yashayotgan odamni tasavvur qiladi, o'sha odamning ruhiy holatiga kirib, uning kechin- malarini o'z qalbidan o'tkazadi. Yuqorida aytdikki, lirik qahramon bilan real shoir teng emas, ya’ni shu she’rni yozish uchun shoirning albatta sevgilisiga yetisholmagan va hamon o'sha sevgisini qo'msab yashayotgan odam bo'lishi shart qilinmaydi. Fikrimizning yorqin dalili shuki, siz, ya’ni she’rxon bu holatni his qilasiz, holbuki, unda tas- virlangandek hayotiy holatni real hayotda boshdan kechir- magan bo'lishingiz ham mumkin, faqat, Tolstoy aytmoqchi, qalbingizda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan barcha qalblar imkoniyat tarzida yashaydi. 384 Yuqorida aytilganidek, lirik qahramon o'rnida lirik sub yekt termini ham qo'llanadi. Holbuki, ilmiy muornalada ularning farqiangani maqsadga muvofiq bo'ladi. Saba bi, lirik subyekt deganda she’rda tasvirlangan kechinma egasi tushuniladi va u lirik obyekt (ya’ni lirik mushohada, lirik kechinma obyekti) tushunchasi bilan oppozitsiya ho sil qiladi. Ya’ni lirik subyekt umumiy tushuncha bo'lsa, li rik «теп», ijroviy lirika qahramoni va lirik personaj uning xususiy ko'rinishlaridir. Lirik qahramon bu siraga kirmay- di, u muayyan shoirning lirik ijodi (yoki biron-bir she’riy turkumi) bag'ridan o'sib chiquvchi va ma’lum darajada tasavvur qilish mumkin bo'lgan shaxs obrazini anglatadi. Shoir ijodi yoki poetik turkum doirasida lirik qahramon bir qadar butunlik (o'zini o'ylatgan mavzu-muammolari doira- si, o'y-qarashlar birligi, barqaror ruhiy-psixologik belgilari, biografik chizgilari bilan) kasb etishi, alohida bir SHAXS (qalb)ni tasavvur ettira olishi lozim. E’tibor berilsa, maz kur talqindagi lirik qahramon ma’lum darajada obyektivlik kasb etishini sezish qiyin emaski, shuning o'ziyoq uning lirik subyekt tushunchasidan tashqarida ekaniga dalo- latdir. Shunga qaramay, qulayligi yo «quloqqa yaqin»ligi sabablimi, lirik qahramon istilohini umuman lirik subyekt ma’nosida qo'llash hozirda ko'proq ommalashdi. Lirik qahramon bilan shoir - muallif munosabati masa lasi hanuz bahsliligicha qolmoqda. Bu masalada ko'p- chilik e’tirof etgan qarash shuki, ularning orasiga tenglik alomati qo'yib bo'lmaydi. Ayni chog'da, lirik qahramonni shoirdan mutlaqo boshqa hodisa sifatida tushunish ham to'g'ri emas: u shoir shaxsi bilan bog'liqlikda idrok etiladi. Shunday bo'lganda ham, lirik qahramon shoirning aynan o'zi emas: u «men»dan yaratilgan boshqa bir «men»dirki, shuning uchun ko'pincha lirik qahramon va shoir munosa bati prototip va xarakter munosabatiga qiyosan tushun- tiriladi. Ya’ni lirik qahramon bilan shoirni bir-biridan butkul ajratish ham, tamom qo'shib yuborish ham mumkin emas, 385 ular «ajralmas qo‘shiimaslik»dir. Zero, lirik qahramon epos yoki dramadagi xarakter singari obyektga aylanmaydi, u voqelikka nisbatan ham, o'ziga nisbatan ham hamisha subyektligicha qoladi. Mazkur masalaga mufassal to‘xtalayotganimiz bejiz emas. Gap shundaki, hozirda lirikaning subyektiv tashkil- lanishi - she’rdagi kechinma egasiga ko'ra, shuningdek, kechinma obyekti nuqtayi nazaridan tavsiflanuvchi ko'ri- nishiari ajratiiadi. Ushbu tasnif tamoyillarining birinchisi, ya’ni lirik kechinma egasiga ko'ra: 1) avtopsixologik lirika\ 2) ijroviy lirika; 3) personajli lirika farqlanadi. Avtopsixologik lirika deganda lirik qahramon bilan shoir shaxsiyati mos tushgandek ko'rinadigan, aniqrog'i, ikka- lasi bir-biriga yaqin bo'lgan she’rlar tushuniladi. Bunday she’rlarda shoir «men» tilidan gapiradi, ko'proq o'z qalbi- ga murojaat etadi, o‘z-o'zini, ko'nglidagini ifodalaydi. Ya’ni agar avtopsixologik lirikaga mansublik uchun shoir shax siyati va lirik qahramon orasidagi yaqinlik (aynan moslik emas)ni kifoya deb qarasak, u holda lirik asarlarning ak- sariyati avtopsixologik xarakterga egaligi ma’lum bo'ladi. Avtopsixologik lirikaning ziddi o'laroq, shoir shaxsiya ti bilan lirik qahramonning mos tushmasligi ochiq ko'rinib turgan she’rlar ijroviy lirika deb ataladi. Bu xil she’rlarni ijroviy lirika deb nomlayotganimiz sababi shuki, ular da shoir o'zga shaxs ruhiyatiga kiradi, go'yo uning rolini o'ynaydi va asarda uning qalbini suratlantiradi. Ya’ni ijroviy lirikada ham kechinma «men» tilidan izhor qilinadi, biroq bu «men» endi shoirdan mutlaqo boshqa, kechinma sub- yekti endi tamom «o'zga» shaxsdir. Odatda, ijroviy xarak- terdagi she’rlarning sarlavhasi, sarlavha ostidagi izohi, epigrafi yoki asosiy matnning o'zida kechinma egasiga ishora mavjud. Masalan, Cho'lponning «Xizmatchi bola qo'shig'i» hamda «Qadoqchi qo'shig'i» she’rlarining sar- lavhasiyoq ularda kechinma egasi «o'zga shaxs» ekanli- gini anglatadi. Bunga qo'shimcha o'laroq, sarlavha ostida 386 birinchi she’rga «Tort na’rangni, Xitoy!» pyesasida o'zini o'ldirayotgan xizmatchi bola aytadi» deb, ikkinchisiga esa «Hujum» pyesasida qashqarlik qadoqchi kuylaydi» deb izoh berilgan. 0 ‘tgan asrning 20 - 30-yillarida «Qo'shchi qo'shig'i», «Kolxozchi qiz qo'shig'i», «Suvchi qo'shig'i» qabilidagi she’rlar keng tarqaldi va, tabiiyki, ular ko'proq hukmron mafkura, yangicha turmush tarzi targ'ibiga xiz mat qildi. 60-yillardan boshlab esa ijroviy lirikaning aso siy qahramonlari tarixiy shaxslar bo'lib qoldi. Shoirlarimiz mavjudlikning mangu muammolari, millat va yurt taqdiri masalalari, jamiyatning joriy holatini ajdodlar ko'zi bilan ko'rish, baholashga intildilar. X.Davronning «To'marisning ko'zlari» she’riy to'plami, U.Azimning «Tushlaringizga ki- radigan ko'zlar» turkumi aksar shunday she’rlardan tarkib topgan bo'lib, ular milliy o'zlikni anglash jarayonida muhim ahamiyat kasb etdi. Nihoyat, personajli lirika avtopsixologik va ijroviy lirikaga xos xususiyatlarni o'zida uyg'un mujassamlashtiradi, unda lirik kechinma ham lirik «men» (shoirga yaqin lirik qahra mon), ham o'zga bir shaxs tilidan ifodalanadi. Ya’ni bunday she’rda lirik qahramon bilan bir qatorda personaj (o'zga bir shaxs)ning ishtiroki ham ko'zda tutiladi. Personajli liri kaning ilk kurtaklari xalq og'zaki ijodida, mumtoz she’ri- yatda kuzatiladi. Jumladan, mumtoz shoirlarning ko'plab she’rlarida yor tilga kiradi - ishtirokchiga, lirik personajga aylangandek bo'ladi. Biroq yor obrazi tilga kirgan she’rlar- ni personajli lirika namunasi deyish to'g'ri emas, chunki ularda yor to'laqonli kechinma egasiga aylanmaydi, tavsif obyekti maqomida qoladi. Personajli lirikaga mansub etish uchun o'zga shaxs she’r subyektlaridan biriga aylanishi, uning tilidan ifoda etilgan lirik kechinma (o'y-fikr, his-tuyg'u) mustaqil g'oyaviy-badiiy qimmat kasb etib, she’r dialogiklik (polifoniklik) xususiyatini kasb etishi lozim. Masalan, E.Vo- hidovning «Hozirgi yoshlar» she’rini personajli lirikaning yaxshi namunasi sifatida ko'rsatish mumkin. She’rdagi lirik 387 personaj - cholrimg o ‘y - h is la r i lirik qahramon o‘y-hislariga uyqashgina emas, balki to'laqonli g'oyaviy-estetik qimmat- ga ham ega, chunki she’rda estetik mushohada obyekti- ga ikkita nigoh bilan qaraladi, lirik subyekt ikkilangan. Lirik mazmun esa shu ikki nigohning birligida, ular bir fokusga yig'ilgandagina namoyon bo'ladi. Personajli lirikaga xos bunday belgilovchi xususiyat A.Oripovning «Samolyotda yozilgan she’r», X.Davronning «Dunyo go'zal...», «Bobur» kabi qator she’rlarida ham kuzatiladi. Shuni yodda tutish lozimki, mazmun jihatidan ajratiluv- chi janrlar (falsafiy, ishqiy, siyosiy va b.) yuqorida ajrat- ganimiz lirikaning uch ko'rinishi tarkibiga birdek singishib ketaveradi (ya’ni avtopsixologik lirika ham, ijroviy lirika ham, personajli lirika ham mazmunan falsafiy, ishqiy, si yosiy va b. bo'la oladi). Xuddi shu hukm shakl jihatidan tasniflanuvchi (ruboiy, g'azal, sonet, xokku va sh.k.) janr- larga nisbatan ham bemalol aytilishi mumkin. Ayon bo'la- diki, subyekt nuqtayi nazaridan farqlanuvchi lirika ko'ri- nishlari mazmun jihatidan ajratiluvchi janrlarga qaraganda ham, shakliga ko'ra tasniflanuvchi janrlarga nisbatan ham umumiyroq, universalroq hodisa ekan. Shunga o'xshash xususiyat lirikaning lirik kechinma obyekti nuqtayi nazari dan farqlanuvchi meditativ lirika va tavsifiy lirika ko'rinish- lariga ham muayyan darajada xosdir. Meditativ lirikaning kechinma obyekti - ko'ngil, ya’ni bu holda lirik subyekt bir vaqtning o'zida obyekt hamdir. Tavsi fiy lirikaning kechinma obyekti esa ko'ngildan tashqaridagi voqelikda (narsa, hodisa, holat, voqea, shaxs va b.), sub- yektning his-kechinmalari o'sha obyektni tavsiflash orqali ifodalanadi. Meditativ lirikada shoir ko'nglida ayni damda kechib turgan kechinmalar, doim ham mantiqiy idrok etib bo'lmaydigan, anglash va tushuntirish mushkul tuyg'ular ifo dalanadi (shu bois hozirda uni «ko'ngil she’riyati» deb ham atamoqdalar). Umuman, lirikaga xos bo'lgan lirik meditat- siya (hissiy to'yingan, his-tuyg'uga yo'g'rilgan mushohada) 388 meditativ she’riyatning asosini tashkil qiladi, unda voqelik - obyektiv olam unsurlari minimumga, his-tuyg‘uni yuzaga keltirgan omillarni ilg‘ay olish, yorqin va ta’sirli ifodalash uchun yetarli me’yorga keltirilgan. Aksincha, tavsifiy lirika- da his-tuyg‘ularning bevosita ifodasi minimumga intiladi, subyektning his-kechinmalari obyekt (narsa, hodisa, holat, voqea, shaxs va b.)ning tavsifi orqali bavosita ifodalana di. Ayni hoi meditativ va tavsifiy lirikaning ham xuddi sub- yektga ko'ra farqlanuvchi lirika ko'rinishlari kabi umumiylik, universallik kasb etishiga zamin bo'ladi. Masalan, bir qa- rashda intellektual (falsafiy) lirika tushunchasi ko'p jihatlari bilan meditativ lirika tushunchasi bilan aynandek, o'rtadagi farq hissiylik (emotsionallik) va ratsionallik (tafakkur) nis- batidagina namoyon bo'ladigandek ko'rinadi. Haqiqatda esa intellektual lirikada obyekt (mavjudlikning konkret ma- salasi - hayot va o'lim, inson taqdiri yoki fe’l-atvori, jamiyat va b.) haqidagi mushohadalar subyektning o‘ylovlari tarzi da ham, uning tavsifi (tasviri) orqali ham ifodalanaverishi murrikin. Xuddi A.Oripov «Sarob»da iztirobli o'ylarini izchil bayon qilib, «Tilla baliqcha»da esa muayyan bir holatni tavsiflash orqali jamiyatdagi joriy holat haqida qarashlarini ifoda etgani kabi. Ya’ni har ikki she’r ham intellektual lirika namunasi, faqat ularning birinchisida meditativlik, ikkin- chisida tavsifiylik xususiyati ustunlik qiladi. Ma’lum bo'lyaptiki, kechinma subyekti va obyekti nuq tayi nazaridan farqlanuvchi lirika ko'rinishlari «lirik tur» tu- shunchasidan keyingi pog'onada turuvchi umumiylik ekan. Agar shu jihatdan qaralsa va «janr» (fr. «tur», «xil») isti- lohining etimologiyasidan kelib chiqilsa, ularni «janr» deb atash aslo xato bo'lmaydi. Xullas, lirikada ham «tur - janr - xil» (yoki «tur - xil - janr») uchligi mavjud, silsiladagi ikkinchi halqani lirikaning kechinma subyekti va obyekti- ga ko'ra ajratiluvchi ko'rinishlari tashkil qiladi. Hozircha bu mulohazalarimizni ayni nuqtada to'xtatib, keyingi halqa - lirik janrlar masalasiga o'tish maqsadga muvofiq. 389 Avvalo, lirik turga mansub asarlarni janrlarga ajratish da turlicha prinsiplar mavjudligini ta’kidlash kerak. Adabi yotshunoslikda ulardan ikkitasi - shakl xususiyatlaridan kelib chiqib tasniflash hamda mazmun xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tasniflash keng tarqalgan. Jumladan, o'zbek mumtoz adabiyotiga nazar solsak, unda she’rlar- ning ko'proq shakl xususiyatlariga ko'ra janrlarga ajratil- ganiga guvoh bo'lamiz. Masalan: ruboiy o'zining to'rt misradan tashkil topishi, hazaj bahrining axrab va axram shajaralarida yozilishi, ko'proq a-a-b-a (ba’zan, a-a-a-a) tarzida qofiyalanishi kabi shakl ko'rsatkichlari asosida ajratiladi; tuyuq o'zining to'rt misradan tarkib topishi, ra- mali musaddasi maqsur vaznida yozilishi, ko'proq a-a-b-a, tajnisli qofiyaga ega bo'lishi bilan xarakterlanadi; qit’a ikki yoki undan ortiq baytdan tarkib topadi, juft misralari o'zaro qofiyalangani holda toq misralari ochiq qoladi, vazn va mazmun jihatlaridan cheklanmaydi - bularning barida shakl xususiyatlari janrni belgilovchi asos bo'lib xizmat qiladi. Bu narsa, ayniqsa, musammatlarda (masnaviy, musallas, mu- rabba’ va b.), mustazod, tarkibband, tarje’band kabi janr- larda yana ham yorqinroq ko'zga tashlanadi. Ko'ramizki, o'zbek mumtoz she’riyatida o'zining muayyan shakliy bel- gilariga ega bo'lmish turg'un she’riy janrlar yetakchi o'rin tutgan. Ilgari ham aytdik, badiiy tafakkur taraqqiyotining muayyan davrida (traditsionalizm bosqichida) turg'un janr shakllarining yetakchi mavqe tutishi umuman jahon ada- biyotida kuzatilgan hodisadir. Masalan, Yevropa adabiyo- tidagi sonet, elegiya, rondo, rondel, tersina, oktava kabi shakllar fikrimizni dalillash uchun yetarlidek. Biroq badiiy tafakkur rivojining keyingi bosqichlarida jahon adabiyotida turg'un shakllarni inkor qilish, she’riyatning qat’iy ramkalar doirasidan erkinlik tomon intilishi kabi umumiy tendensiya kuzatiladi. Buning natijasi o'laroq, lirik asarlarni janrlarga ajratishda shakl xususiyatlaridan, aniqrog'i, ko'zga yaqqol tashlanadigan tashqi shakliy belgilardan kelib chiqish, 390 demakki, janrni qat’iy aniqlikda tavsiflash harm, muayyan she’rni shunday qat’iylik bilan u yoki bu janrga mansub etish ham imkondan tashqaridagi ishga aylanib qoldi. Shu ma’noda T.Boboyev «mumtoz she’riyatimizdagi (aruzda yaratilgan) lirik she’rlarning janr xususiyatiarini aniqlash hozirgi zamon poeziyasidagi (barmoqda yozilgan) lirik she’rlarning janr xususiyatiarini aniqlashga nisbatan an cha oson va qulay» deganida to'la haq. Olim buning saba- bini «poetik janrlar klassikada qat’iy me’yor va andozaga ega bo'lgani», hozirgi she’riyatda esa «poetik qolip u qa dar sezilmasligi» bilan izohlaydi.1 Adabiyotshunoslikda lirik asarlar janrini belgilashda mazmunni asos qilib olish amaliyoti ham qadimdan mav jud. Masalan, antik yunonlar «difiramb», rimliklar «oda», nasroniylar «psalom», sharqliklar «qasida» deb yuritgan janrlarning umumiy belgisi - «madh etish, ulug'lash» mazmuni. Shunga o'xshash, «marsiya» mazmuni bilan umumiylik kasb etuvchi janrlar ham deyarli barcha milliy adabiyotlarda mavjud. Keyinchalik, she’riyatda kanonik janrlar hukm surgan davrlarda, janrni belgilashda shak liy xususiyatlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Kano nik janrlarning yemirila boshlashi bilan lirikani mazmun jihatidan (ishqiy lirika, falsafiy lirika, siyosiy lirika qabilida) tasniflash ham ommalasha boshladi. O'z vaqtida I.Sul- ton buni asosli tanqid qilgan: «She’riy mahsulotni shartli ravishda «siyosiy lirika», «ishqiy (intim) lirika» va shunga o'xshaganlarga ajratish ham uchraydiki, buni ilmiy asos- ga ega deb hisoblash qiyin».2 Chunki, olimning yozishi- cha, mashhur «O'rik gullaganda» she’ri, «odatda «tabiat lirikasi» deb atalsa ham, o'zining vatanparvarlik mazmuni jihatidan» sho'ro adabiyotidagi «siyosiy lirika»ning etaloni deb talqin qiluvchi asarlardan «prinsipial farq qilmaydi».3 1 Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари... - Б.503. 2 Иззат Султон. Адабиёт назарияси... - Б.266. 3Shu joyda 391 Darhaqiqat, mazmunning o‘zi janrni belgilovchi asos bo‘la olmaydi, boz ustiga, bunday yondashuvda janr mohiyati buzib tushunilgan bo'lib chiqadi. Zero, janr - eng avval shakl hodisasi, muayyan mazmun tipini shakllantirish va ifodalashga xizmat qiluvchi shakl hodisasidir. Aytilganlardan anglashiladiki, she’riyat taraqqiyotining hozirgi - «poetik qolip u qadar sezilmaydigan», ijodiy izla- nishlar va yangilanish jarayonlari g'oyat shiddatli va tig'iz kechib turgan bosqichida lirik asarlarni janrlarga ajratish g'oyat murakkab muammoga aylangan. Hozirgi she’ri- yatda janrlarning nihoyatda xilma-xil ekanligi ularni o'rga- nishda tavsiflashdan nariga o'tish amrimaholdek taassurot qoldiradi. Zero, bugungi she’riyatda mumtoz she’riyatimiz- da faol ishlatilgan ayrim janrlar (g'azal, ruboiy, qasida va b.) ham, xorijiy adabiyotlardan o'zlashgan turg'un she’riy shakllar (sonet, rondo, tanka, xokku va b.) ham, goh esa xalq og'zaki ijodiga xos lirik janrlar (yor-yor, aytishuv, alia kabi) ham qo'llanaveradi. Buning ustiga, adabiyotshunos lik faqat hozirgi adabiyotni o'rganish bilan cheklanmaydi, u, ayniqsa, nazariy masalalarni o'rganish va xulosalar chi- qarish jarayonida ham o'tmish adabiyoti, ham umuman ja hon adabiyoti materialiga tayanadi. Shuni nazarda tutgan holda o'zbek she’riyatida shu paytgacha qo'llangan lirik janrlarni, bizningcha, quyidagi- cha tasniflash mumkin: 1) shakl xususiyatlari (bandning tuzilishi, qofiyalanish tartibi, vazn xususiyatlari va b.)ga ko'ra ajratiluvchi janrlar: g'azal, mustahzod, tuyuq, ruboiy, tarje’band, tarkibband, musammatlar; 2) anjumanga mo'ljallangan janrlar: nazira, badiha, muammo, chiston (lug'z); 3) xalq og'zaki ijodi janriari (va xalq yo'lidagi stilizatsi- yalar): qo'shiq, alia, aytishuv; baxshiyona va sh.k.; 4) xorijiy adabiyotiardan o'zlashgan janrlar: sonet, xok ku, tanka, oktava, epigramma, epitafiya va b.; 392 5) individual ijodiy eksperiment tarzida maydonga kel gan janrlar: qayirma (A.Suyun), ignabarg, uchchanoq (A.Obidjon), fiqra (F.Afro'z) va b. Avvalo, bu tasnifning mukammailik da’vosidan yiroq ekanini aytish lozim. Zero, «janrlar (adabiy turlardan farq li o'laroq) tizimga solish va tasniflashga qiyinlik bilan bo'y beradi, bunga o'rlik bilan qarshi turadi».1 Ikkinchidan, mazkur tasnifdagi janrlarning aksariyati zamondosh shoirlarimiz tomonidan, passiv bo'lsa ham, qo'llanadi. Biroq, tabiiyki, hozirgi she’riyat uchun ularning ayrimlari an’anaviy, boshqa birlari o'zlashma, tag'in birlari esa hali ijodiy tajriba qozonida qaynab turibdi. O'z-o'zidan savol tug'iladi: hozirgi she’riyatning «o'z» janrlari ham bormi? I.Sulton mumtoz she’riyatimiz janrlariga to'xtalgach, ular «hozirgi zamon poeziyasida uchrasa ham, poetik mahsulotni bunday xillarga bo'lish rasm emas» deydi. Olimning uqtirishicha, «... she’riy shaklda yozilgan har qanday asar she’r nomi bilan ataladi. Har bir lirika asari dastavvai she’rdir, undan keyin ma’lum birjanrga (g'azal, ruboiy, doston, poema, qo'shiq va hokazolarga) mansub asardir».2 E’tibor berilsa, I.Sulton aytgan «she’r» so'zi uni versal ma’no kasb etayotirki, bu hozirgi she’riyatda yago- na - «lirik she’r» nomli janr mavjud degan qarashni es- latadi. Umuman, «poetik qolip sezilmaydigan» bo'lgach, «janrlar saqlanib qoladimi yoki yo'qolib ketadimi?» savoli qo'yilishi tabiiy. Ikki jildli «Adabiyot nazariyasi»da ham shu savol qo'yilgan-da, yo'q, «she’riyatimizda hozir ham ayrim janrlar yashab turibdi» deya javob berilgan. Ayni chog'da, «Lirikamizning bugungi janr qiyofasini ko'proq qandaydir qorishiq, eski, «sof janr» talablaridan xoli, «universal», sin- tetik she’riy shakl belgilamoqda»3 deb ta’kidlanadi. 1Хализев B.E. Теория литературы... - С.358. 2Иззат Султон. Адабиёт назарияси... - Б.266. 3 Адабиёт назарияси. 2 томлик. 2-т. - Тошкент: Фан, 1979. - Б.267. 393 Ko'rib turganimizdek, keltirilgan fikrlar bitta nuqtada tutashadi: ikkisida ham zamonaviy she’riyatdagi janrni universallik, sintetiklik tushunchalari bilan bog'liq talqin qilinmoqda. Shunga qaramay, ularda bitta muhim farq ham ko'rinadi: I.Sulton talqini «lirik tur - she’r - janr», «Adabiyot nazariyasi»dagi talqin esa «lirik tur - «univer Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling