Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

398


Adabiyotlar:
1.
Адабий турлар ва жанрлар (Тарихи ва назариясига 
дойр): 3 томлик. Т.2. - Тошкент: Фан, 
1991.
2. Ахмедов X,. Насрий шеър турлари // Узбек тили ва ада­
биёти.- 1994,- №3. - Б.48 - 52.
3. Гегель. Лирическая поэзия // Эстетика. В 4-х т. Т.З. - М.: 
Искусство, 1971. - С.492 - 536.
4. Жураев Ж. Туркий адабиётда муаммо жанри // Узбек 
тили ва адабиёти,- 1998. №6. - Б. 10 - 12.
5. Носиров О. Узбек адабиётида газал. - Тошкент, 1972.
6. Ойматова М. Фардларнинг вужудга келиши масаласига 
дойр // Узбек тили ва адабиёти,-1998,- №5. - Б.8 - 11.
7. Файзуллаева О. Рауф Парфи ижодида сонет // Узбек 
тили ва адабиёти,- 2007,- №4.
8. Холлиева Г. Мусаммат жанри х;ак;ида мулох,азалар // Уз­
бек тили ва адабиёти,- 2001.- №6. - Б.22 - 24.
9. Узбек адабиётида жанрлар типологияси ва услублар 
ранг-баранглиги. - Тошкент: Фан, 1983.
10- >^аккУлов И. Узбек адабиётида рубоий. - Тошкент, 1981.
Dramatik tur va uning janrlari
I
Dramatik turning o'ziga xos xususiyatlari. Drama va teatr, 
dramatik asar va uning sahna talqini. Dramatik asarlarni 
janrlarga ajratish prinsiplari. Dramatik janrlar haqida.
Avval aytganimizdek, dramaning tasvir predmeti -
harakat (sodir bo'layotgan voqea), unda obyektning plas- 
tik obrazi yaratiladi. Shu ma’noda, «dramada subyekt ham 
obyektga singdirib yuboriladi» qabilidagi keng ommalash- 
gan qarashni izohlashga zarurat bor. Gap shundaki, agar 
subyektning obyektga singishini, masalan, «muallif perso- 
najlarga o'zidan nimadir qo'shgan, ya’ni talqinda avtobi- 
ografiklik bor» tarzida tushunilsa, badiiy ijod tabiati bilan 
belgilanuvchi bu jihatni aslo inkor qilib bo'lmaydi, bunga
399


qo'shilish lozim. Biroq dramada muallif har qanday holda 
ham «sahna»da sodir bo'layotgan voqeani tashqaridan 
kuzatib turuvchi maqomida qolishi, ya’ni, epik turdagidan 
farqli o'laroq, subyekt hech qachon obyektga qorishib ket- 
masligini unutmaslik kerak.
Mazkur ikki jihat dramaning turga xos belgilovchi xususi­
yatlari bo'lsa, dramatik asarning qurilishi, poetik o'ziga xos- 
ligini belgilovchi eng muhim xususiyat uning sahna uchun 
yaratilishidir. Zero, sahnaga mo'ljallab yozilgan asar ijroni 
ham ko'zda tutishi zarur bo'ladi. Ayni talabga muvofiq hol­
da, avvalo, dramatik harakat - syujet voqealari makon va 
zamonda cheklangan bo'ladi. Bu esa ijro vaqtiga sig'ish 
uchun asarning keskin konflikt asosida shiddat bilan rivoj- 
lanuvchi syujetga qurilishini taqozo qiladi. Ravshanki, bu xil 
syujetning rivojlanish vaqti ham chegaralangan, shu bois 
dramatik syujet voqealari sabab-natija munosabatlari aso­
sida konsentratsiyalanadi. Voqealar orasidagi sabab-natija 
munosabati esa ularning makoniy (yuz berish joyi) va za- 
moniy (yuz berish vaqti) jihatlardan-da yaqin bo'lishini taqo­
zo qiladi. Dramaturg asarni yaratish jarayonidayoq uning 
syujet voqealari ijro vaqtiga sig'ishi masalasida qayg'urishi 
darkordir. Shunga ko'ra, dramatik asarda syujet voqeala- 
rining keskin konfliktlar asosida shiddat bilan rivojlanishi 
zaruratga aylanadi. Bundan tashqari, dramatik asarda, 
epik asardan farqli o'laroq, syujet voqealari yuz beradigan 
makon sifat jihatidan ham cheklangan: voqealar sahnada 
shartli qayta yaratish (ya’ni sahna ustalari, rassom tomoni- 
dan tomoshabinda o'sha joy illyuziyasini hosil qila oladigan 
dekoratsiyalarni ishlash) mumkin bo'lgan makonda ke- 
chadi. Boz ustiga, harakat makoniy o'zgarishlar jihatidan 
ham cheklangan, ya’ni dramatik asar voqealari ko'pi bilan 
to'rt-besh joydagina kechishi mumkin. Masalan, «Nurxon» 
dramasidagi voqealar asosan ikki joyda: hojining hovlisi va 
Nurxonning Samarqanddagi kvartirasida kechadi; «Yorqi- 
noy» dramasidagi voqealar esa besh joyda: O'lmas botirning
400


qo‘rg‘on bog‘chasi, boshqa bir bog'cha, Nishobsoy begining 
bog'chasi, shu bekning haram uyiaridan biri, Po‘latning qa- 
rorgohi va xon saroyida kechadi. Odatda, bir parda davomi­
da sodir bo‘luvchi voqealarning bitta joyda kechishini, syujet 
voqealari ayni shu joy bilan bog'liq holdagina rivojlanishini 
e’tiborga olsak, bu narsa dramatik asarning syujet qurilishini 
belgilaydigan asosiy omil bo'lib qolishi anglashiladi.
Dramaturg asarda jonlantirmoqchi bo'lgan hayot ma- 
terialining barcha unsuriarini ham sahnada qayta yaratish 
imkoniyati mavjud emas. Shunga ko'ra, dramatik asar av- 
valboshdan «shartlilik» kasb etadi. Ya’ni muallif mavjud ijro 
imkoniyatlaridan foydalangan holda ayrim ishoralar orqali 
o'quvchi (tomoshabin) tasavvurida o'sha «sahnada qay­
ta yaratish mumkin bo'lmagan narsalar»ni uyg'otishi va 
bu bilan bevosita sahnada jonlantirilishi mumkin bo'lgan 
voqealarni to'ldirishi zarur bo'ladi. Masalan, muallif re- 
markalarida «sahna ortida otlar dupuri, qilichlar jarangi», 
«sahna ortidan keskin to'xtagan mashina ovozi eshitiladi» 
qabilidagi ishoralar beriladi, ular yordamida sahnada jon- 
lanmagan narsani shartli (ya’ni o'quvchi tasavvuridagina) 
jonlantirish mumkin bo'ladi. Shunga o'xshash, syujetga 
kiritishning imkoni bo'lmagan voqea haqida personajlar ti­
lidan muxtasar hikoya qilinishi ham dramatik shartlilikning 
bir ko'rinishidir. Sababi, personajlarning har ikkisi ham 
o'sha voqeadan xabardor, ularning o'sha voqea haqida- 
gi «suhbati» o'quvchi (tomoshabin)da tasavvur hosil qilish 
uchungina zarurdirki, shu zaruriyat suhbatning tabiiylikdan 
chiqishiga, shartlilik kasb etishiga olib keladi. Umuman, 
zarur tafsilotlarni ko'proq shu yo'sinda (ya’ni personajlar 
nutqida) berish majburiyati dramatik asar personajlari 
nutqining biroz «sun’iy» bo'lishiga olib keladi.
Avval aytganimizdek, asosiy nutq shakli bo'lmish dia­
logik nutq bilan bir qatorda dramatik asarda monologik nutq 
ham qo'llanadi. Monologik nutq shaklida ko'pincha perso­
najlarning mushohadalari beriladiki, haqiqatda kishining
401


ongida kechuvchi bu jarayonning sirtga chiqarilishi - ovoz 
chiqarib o'ylash ham shartlilikning bir ko'rinishidir. Shu bi­
lan birga, dramadagi monologik nutq qurilishida muayyan 
o'ziga xosliklar mavjud ekanini ham ta’kidlash zarur. Zero, 
dramada monoiogik nutq ham ko'proq personajning o‘zi bi- 
ian o‘zi yoki xayolidagi kim bilandir suhbati, bahsi, kimgadir 
murojaati shaklida quriladi. Ya’ni shaklan monologik (bitta 
personaj tilidan aytilgan) bo'lgani holda ham dramadagi 
monologik nutq mohiyatan dialogik asosga egadir.
Dramatik asarning o'qilishi va sahna talqinida bir qa- 
tor o'ziga xosliklar mavjud. Avvalo, dramani o'qiyotgan 
o'quvchining ijodiy faolligi bilan shu asar asosidagi spek- 
taklni tomosha qilayotgan tomoshabinning ijodiy faolligi bir 
xil darajada emas. Negaki, o'quvchi mutolaa jarayonida 
«rejissyor» vazifasini ham o'z zimmasiga oladi - drama­
ni tasavvuridagi sahnada jonlantiradi; ayni paytda, u «ak- 
tyor» sifatida asardagi har bir personajning rolini ijro etishi 
ham kerak bo'ladi. Dramada obyektiv ibtidoning ustuvor 
ekanligi konkret dramatik asarning turli o'quvchilar tasav- 
vurida turlicha «sahnalashtirilishi»ga asos bo'ladi. To'g'ri, 
bu xususiyat har qanday adabiy asarning qabul qilinishiga 
xos, biroq dramatik asarning qabul qilinishida «variantlilik» 
xususiyati chandon ortadi.
Sahnalashtirilgan dramatik asar - spektaklda badiiy mu­
loqot zanjiri uzayadi: dramaturg bilan tomoshabin orasida 
rejissyor (aktyorlar, sahnalashtiruvchi rassom, bastakor va 
b.) o'rinlashadi. Ya’ni drama sahnaga o'zi emas, boshqa 
san’at turlari bilan birgalikda chiqib boradi, sahna ko'rimli- 
likni, turli vizual va audial effektlarni xush ko'radi. Dramaning 
tabiati, ya’ni sahnada ijro etish uchun mo'ljallangani, uning 
rassomlik va musiqa bilan o'zaro aloqada yashashi va rivoj- 
lanishini, sahnalashtirish jarayoniga yangi texnik vositalarni 
muttasil kiritib borishni taqozo etadi. Xullas, sahnalashtiril- 
ganida drama so'z san’ati doirasidan chiqib, sintetiklik xu- 
susiyatini kasb etadi, sababki, endi unda teatr, rassomlik,
402


musiqa san’atlari uyg'unlashib ketadi. 0 ‘z-o‘zidan ayonki, 
sahnalashtirilgan drama - spektakl endi so'z san’atining 
emas, balki teatr san’atining vakili, demak, u endi adabi­
yotshunoslik emas, teatrshunoslikning obyektiga aylana­
di. Shunga ko'ra, agar o'quvchi uchun drama matni so'z 
san’atining vakili bo'lmish tugal badiiy asar bo'lsa, rejissyor 
(umuman, sahnalashtiruvchilar: aktyorlar, rassom, kom­
pozitor va b.) uchun u spektaklning bir qismi, xolos. Ayni 
jihatni mahkam tutgan holda ba’zan dramaga spektaklning 
asosi debgina qarash ham uchraydiki, bu yanglish tasav- 
vurdir. Sababi, bunday qarash drama bilan «ssenariy», «re­
jissyor partiturasi», «rejissura» atamalari bilan yuritiluvchi 
tushunchaning chalkashtirilishi natijasida yuzaga keladi.
Teatr san’atining rivojlanishi barobarida unda ko'rimlilik 
ustuvor ahamiyat kasb etib borgani ko'riladi. Antik davr- 
lardan boshlab to XIX asrga qadar teatr san’ati tabiatida 
deklamatsiyaviylik xususiyati ustuvor bo'lgan. Ya’ni sahna 
talqiraining mohiyati ko'proq aktyorlarning drama matnini 
shunga mos ohang (hamda shunga mos mimika va jest- 
lar) bilan talaffuz qilishi hisobiga namoyon etilgan. Teatr 
san’atining keyingi taraqqiyotida esa spektaklning vizual 
va audial tomonlari - sahna bezaklari, aktyorlarning xat- 
ti-harakatlariga, sahnadagi umumiy ko'rinish (personajlar, 
narsa-buyumlarning joylashuvi), musiqa jo'rligi, turli ovoz 
va chiroq effektlari kabilarga ko'proq badiiy-estetik vazi- 
falar yuklanib, uiarga ham jiddiy e’tibor berila boshladi. 
Shu bois ham zamonaviy teatr spektaklning mazkur to­
monlari bilan bog'liq tafsilotlar, unga jalb qilingan aktyorlar, 
rassom, bezakchi, ovoz rejissyori, chiroq ustasi - xullas, 
asarni sahnalashtirishga qaysidir darajada bog'liq kishilar- 
ga mo'ljallangan yo'riq va ko'rsatmalar mufassal qayd eti- 
luvchi ssenariy (rejissura, rejissyor partiturasi)ga ehtiyoj 
seza boshladi. Demak, ssenariy - spektaklning mufassal 
rejasi, alohida asar emas, ish jarayonida foydalaniladigan 
yordamchi vosita, xolos. Odatda, ssenariy mavjud drama
403


yoki boshqa turga mansub asar asosida ham, tamom yan- 
gitdan ham yaratilishi mumkin. Har ikki holda ham ssenariy 
so‘z san’atiga emas, teatr san’atiga aloqador yordamchi 
vosita, ya’ni drama bilan emas, dramaturgiya bilan bog'liq 
hodisa ekanligicha qoladi. Ayni shu o'rinda «drama» va 
«dramaturgiya» terminlarini aniqlashtirib o'tish zarurati yu­
zaga keladi. Avvalo, ularni sinonim sifatida qo'llash to'g'ri 
emas, chunki hozirda «dramaturgiya» adabiy turdan keng­
roq tushunchani anglatadigan, dramani ham o'z ichiga 
qamrab oladigan termin sanaladi. Negaki, dramaturgiya 
deyilganda sahna (ekran)lashtirish ko'zda tutilgan asar­
ning yozuvda qayd etilgan predmetli-tasviriy va kompozit­
sion asosi tushuniladi. Ya’ni bu ma’noda drama ham, sse­
nariy ham; opera, operetta, balet yoki pantomima uchun 
yozilgan libretto ham, kinossenariy ham - hammasi dra­
maturgiya doirasidagi tushunchalardir.
Eposga drama ta’sir qilgani kabi, zamonaviy dramada 
ham eposning sezilarli ta’siri bor. O'zining badiiy takomi- 
li jarayonida dramatik tur epik elementlar hisobiga boyib 
borgani kuzatiladi. Zamonaviy dramadagi, xususan, epik 
asarlardagi kabi voqealar yuz beradigan joylar ko'lamining 
kengayishi, syujet vaqtining uzayishi kabilarni shuning 
natijasi deyish mumkin. Deylik, Cho'lponning «Yorqinoy» 
dramasida voqealar yuz beradigan joylarning olti bora 
o'zgarishi unda epik elementlarning salmoqliroq (masa­
lan, «Nurxon»dagiga nisbatan) ekanidan dalolatdir. Yoki 
Uyg'un va Izzat Sulton hamkorligida yaratilgan «Alisher 
Navoiy» dramasida voqealarning yuz berish vaqti sezilarli 
uzaytirilgan. Faqat shunisi borki, janr talabidan kelib chiqib 
Navoiy hayotining turli davrlariga oid faktlar uzviy davo- 
miylikda berilgan. Natijada ulug' shoirning hayot yo'li bilan 
tanish bo'lmagan kishilar spektaklni tomosha qilganlarida 
undagi voqealar orasidagi «vaqt bo'shlig‘i»ni sezmaydilar 
ham, ularni qisqa vaqt oralig'ida sodir bo'lgandek qabul 
qiladilar. Ko'ramizki, bu o'rinda syujet vaqtining uzaytirili-
404


shi asarni qabul qilishning ruhiy mexanizmlariga shunga 
mos o‘zgartirish kiritolmaydi, voqealar orasidagi «vaqt 
bo‘shlig‘i» qahramonlar qiyofasidagi o'zgarishlar hisobiga- 
gina to'ldiriladi, ya’ni bunda ham shartlilik kuchayadi. De­
mak, drama epik unsurlar hisobiga boyishi mumkin, faqat 
bu unsurlarni kiritish ham ijro vaqti va shartlilik imkoniyat- 
lari bilan ma’lum ma’noda cheklangandir.
Dramatik turning asosiy janrlari sifatida tragediya, ko­
mediya va drama («drama» atamasi ham adabiy tur ma’no­
sida, ham o'sha turning bir janri ma’nosida qo'llanadi) 
ko'rsatiladi. Dramatik asarlarni janrlarga ajratishda ularning 
asosiy estetik belgilariga tayaniladi. Tragediyaning asosiy 
estetik belgisi tragiklik, komediyaning asosiy estetik bel- 
gisi komiklik, dramaning asosiy estetik belgisi dramatiklik 
sanaladi. Aytish kerakki, adabiyotshunoslikka oid ishlarda 
biz «asosiy estetik belgi» deb atagan narsa ko'proq pafos 
deb yuritiladi. Pafos deganda tasvirlanayotgan xarakterlar- 
ni milliy va umuminsoniy ahamiyatini e’tiborda tutgan hol­
da g'oyaviy-hissiy idrok etish hamda baholash natijasi o'la­
roq yuzaga kelgan, asarning butun to'qimasiga singdirib 
yuborilgan ruh tushuniladi. Bu jihatdan qaralsa, tragediya 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling