Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
martiy qahramon va romaniy tafakkur ham ko'rsatiladi. Bu
tushunchalar bir-biriga uzviy bog'liq, bir-birini taqozo etadi. Roman inson taqdiri, uning jamiyat bilan munosabatining badiiy tadqiqi orqali olam-u odam mohiyatini anglashga intiladiki, shu romaniy problema deyiladi. Dunyoning yax- litligi va mavjudlikning tub mohiyatini anglash roman prob- lemasi bo'lsa, qahramonning dunyo bilan ziddiyati o'sha muammoni hal qilish vositasidir (G.Lukach). Shu bois ham qahramon taqdiri va egallagan mavqeyi uning o'ziga nomuvofiqligi, M.Baxtin aytganidek, romanning markaziy mavzu-muammosi bo'lib keladi. Sababi, romaniy proble- maning badiiy idroki uchun qahramon ham shunga mos, ya’ni jamiyatda yashagani holda o'zining individ ekani- ni teran idrok etadigan, muhit bilan ziddiyatga kirishgan shaxs bo'lishi lozim. Romanning klassik tushunchadagi, ya’ni «burjua eposi» (Gegel), «yangi davr eposi» (Belins- kiy) sifatidagi ko'rinishi shaxsning jamiyatdagi maqomi o'zgargan, u o'zini o'z holicha butun bir olam o'laroq idrok eta boshlagachgina shakllangani shu bilan izohlanadi. Roman asosida yotgan shaxsning turfa ziddiyatlari uning voqelik bilan bir butunlik hissini - epik butunlikni yo'qotishi natijasida yuzaga kelgan. F.Shelling roman vo- 379 qeani eposdan, taqdirni dramadan oladi deganida shuni nazarda tutadi. Aslida, epik butunlikni tiklash payidagi shaxs - ijodkorning o‘zi, qahramonning tashqi olam bilan to'qnashuvlari (keng ma’noda shaxs dramasi) esa shuning vositasi. Bundan ikkita xulosa kelib chiqadi: birlnchidan, roman - hayot yo'lida chigal muammolarga duch kelgan ijodkorning «ziddiyatli holatni adabiy yo‘l bilan yechishga urinishi» (A.Priyeto); ikkinchidan, har qancha epik dega- nimiz bilan, unda subyektiv ibtido ham g'oyat salmoqli (ya’ni romanni sintetik tur deguvchilarda ma’lum asos yo‘q emas). Nihoyat, romaniy problemani shunga mos qahra mon vositasida idrok etish jarayonida jamiyatning joriy ho- lati, olam-u odam haqidagi yaxlit bir konsepsiya - badiiy falsafa shakllanadiki, bu romaniy tafakkur mahsulidir. Mazkur xususiyatlarni barcha romanlardan izlash, ular ni qat’iy qoida deb tushunish to‘g‘ri bo'lmaydi. Negaki, janr- ning asrlar davomidagi takomil yo'lida turli xil va ko'rinish- lari vujudga kelgan, roman «shakllanayotgan va hali tayyor bo'lmagan yagona janr»1 sifatida mudom o'zgarishda ya- shaydi. Har bir davrning badiiy-estetik talab-ehtiyojlari ro- manga ma’lum o'zgarishlar kiritadi. 0 ‘tgan davr mobayni- da romanning turli (ritsarlik romani, tarbiya romani, gotik roman, sarguzasht-detektiv, ijtimoiy-psixologik, tarixiy- biografik, satirik va b.) janr ko'rinishlari yaratildi. Xullas, roman har bir davrning estetik didi va ma’naviy-ruhiy ehti yojlariga moslashib, adabiyotdagi yangiliklarni zudlik bilan o'ziga singdirgan holda mudom shakllanishda yashovchi janrdir. Shuning uchun roman masalasiga yondashishda eng avval «roman» istilohi qaysi ma’noda qo'llanayotgani- ni aniqlab olmoq zarur. Hozirda roman istilohi «epik tur jan ri» ma’nosida ham, «katta hajmli voqeaband asar» ma’no sida ham ishlatilmoqda. Holbuki, roman deb yuritilayotgan asarlar bir-biridan farqlanadi. Shunga ko'ra, istiloh «janr» 1 Бахтин M.M. Вопросы литературы и эстетики. - М., 1975. - С.447. 380 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling