Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Epik tur va uning janriari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
Epik tur va uning janriari
Epik turning o‘ziga xos spetsifik xususiyatlari. Rivoya eposning o‘zagi sifatida. Epik tur janriari, janrlarga ajra- tish prinsiplari. Eposning asosiy janriari. Epik turning spetsifik xususiyatlari haqida gap ketgan- da eng avval voqeabandlik tilga olinadi. Darhaqiqat, epik asarda makon va zamonda kechuvchi voqea-hodisalar tasvirlanadi, so'z vositasida o'quvchi tasavvurida reallik kartinalariga monand jonlana oladigan to'laqonli badiiy voqelik yaratiladi. Tasavvurda reallikdagiga monand, o'zi- ning tashqi shakli bilan jonlangani uchun ham epik asarda gi badiiy voqelik «plastik tasvirlangan» deya tavsiflanadi. Epik asarda plastik elementlar bilan bir qatorda noplastik elementlar ham mavjud bo'lib, ular muallif obrazini tasav vur qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Epik asarning noplastik elementlari deyilganda muallif mushohadalari, o'y-fikrlari, tasvir predmetiga hissiy munosabati kabilar tushuniladi. Tabiiyki, noplastik unsurlar, plastik unsurlar- 369 dan farqli o'laroq, asarni o'qish davomida o'quvchi tasav vurida gavdalanmaydi. Epik asarda obyektiv va subyektiv ibtidolarning uyg'un birikishi kuzatiladi: asar badiiy voqeli- gini shartli ravishda obyektiv ibtido desak, asar to'qimasi- ning har bir nuqtasiga singdirib yuborilgan muallif shaxsi- ni subyektiv ibtido deb yuritamiz. Badiiy voqelikni shartli ravishdagina «obyektiv» ibtido deyishimizga sabab u re- allikdan olingan oddiygina nusxa emas, balki voqelikning ijodkor ko'zi bilan ko'rilgan, ideal asosida idrok etilgan, ba- holangan va ijodiy qayta ishlangan aksi ekanligidir. Shun day ekan, muallif obrazi hatto «obyektiv tasvir» yo'lidan og'ishmay borilib, yozuvchi imkon qadar o'zini chetga oi gan asarlarda ham muqarrar mavjuddir. Zero, bu - epik turning belgilovchi xususiyati, epik asarda obyekt (badiiy voqelik) bilan subyekt (muallif obrazi)ning qorishiq obrazi yaratiladi. Epik asarlarda rivoya, tavsif, dialogning qorishiq holda kelishi taqozo qilinadi, zero, ularning bari birlikda o'quvchi tasavvurida badiiy voqelikni plastik jonlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, eposda rivoya an’anaviy ravishda yetakchi o'rinni egallaydi, uning vositasida asarga dialog hamda tafsilotlar (peyzaj, portret, narsa-buyumlar va b.) olib kiriladi. Rivoya bu unsurlarning barini yaxlit butunlikka birlashtiradi. Shu jihatdan qaralsa, hatto, Uorren va Uellek ta’rificha, «obyektiv bo'lishga va pyesa-hikoya sifatida de- yarli to'lig'icha dialoglashishga harakat qilayotgan (masa lan, Xemingueyning «Qotillar»i) Amerika novellasi»1 ham, shubhasiz, epik turga mansubdir. Negaki, unda - mayli, juda oz, minimumga keltirilgan bo'lsin - voqea kechayot gan makon, zamon va dialog jarayoniga oid tafsilotlar roviy tilidan beriladi. Ya’ni, dramadagidan farqli o'laroq, bundagi roviy tilidan berilgan tafsilotlar yondosh matn (ramka kom- ponentlari)ga emas, balki asosiy matnga daxldordir. Shu 1 Уоррен P., Уэллек О. Теория литературы. - М.: Прогресс, 1978. - С.245. 370 bois ham roviy ishtiroki haminqadar ko‘rinsa-da, baribir, rivoya o'zining uyushtiruvchilik maqomida qolaveradi. Epik turning takomili jarayonida undagi rivoyaning sal- mog‘i kamayib borishi kuzatiladi. Masalan, xalq og'zaki ijo- didagi ertakiar, hikoyat va rivoyatlarda rivoyaning salmog'i katta bo'lgani holda, dialog nihoyatda kam, tafsilotlar esa badiiy voqelikni to'laqonli gavdalantirish uchun ko'pincha yetarli bo'lmaydi. Rivojlanish jarayonida eposda keyingi ikki unsurning salmog'i va ahamiyati ortib boradi. Bu hoi badi iy adabiyotning boshqa san’at turlari bilan aloqasi, ularga xos usul va vositalarni o'ziga singdirishi natijasidagi tasvir va ifoda imkoniyatlarining kengayishi sifatida tushunilishi mumkin. Masalan, dramaturgiya va teatrning rivojlani- shi natijasida inson xarakterini yaratishning dramaturgik usullari ishlab chiqildi, sayqallandi; teatr san’atining rivoji esa o'quvchi ommani dramaturgik usulda yaratilgan inson xarakterini anglashga, dialoglar vositasida yaratilayotgan badiiy voqelikning mohiyatini tushunishga tayyorladi, ya’ni badiiy didni rivojlantirdi. Shu asosda eposga dramatik un surlar kirib keldi. Epik asardagi dialog dramatik asardagi dialogdan o'zining hayotiyligi, ma’no ko'lamining kengligi bilan ajralib turadi. Buning asosi shundaki, epik asarda di alog amalga oshayotgan konkret hayotiy situatsiya, unda qatnashayotgan personajiarning ruhiy holati, xarakter xu- susiyatlari haqida kengroq tasavvur berish imkoniyatlari mavjud. Ya’ni personajning dialogda aytilayotgan har bir gapi butun asar kontekstida tushunilishi mumkin. Yuqoridagilar eposning o'zida lirika va dramaga xos xususiyatlarni uyg'un holda namoyon etishi, uning sinte- tik tabiati haqida bungacha aytilgan fikrlarni yana bir karra dalillaydi. Shu bilan birga, ayni shu jihat epik asarlarni janr- larga ajratishda muayyan qiyinchiliklar tug'dirishini ham ta’kidlash joiz. Zero, qorishiqlik hamisha qaysi jihat sal- moqliroq degan savolni yuzaga keltiradiki, unga ko'p hol larda turlicha javob berish imkoni saqlanib qoladi. Masalan, 371 avvalroq eslatganimiz «pyesa-hikoya»da kimdir dramatik unsurlar salmoqli ekanini asos qilsa, boshqa birov qaysi jihat belgilovchi, ya’ni qaysi jihat asar strukturasini belgi- layotganidan kelib chiqadi. Yuqorida ko'rganingizdek, biz keyingi yo'lni tutdik. Epik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari masalasi- da adabiyotshunoslikda hanuz yakdil to'xtamga kelingan emas. Shu bois ham bunda bir qator xususiyatlarni e’tibor- ga olish zarur bo'ladi. Eposni janrlarga ajratishda, odatda, eng avval epik asarlarda hayot (voqelik)ning badiiy qam- rov ko'iami turlicha bo'lishidan kelib chiqiladi. Masalan, muayyan epik asar hayotdan (yoki qahramon hayotidan) birgina epizodni (hikoya), qahramon hayotidan butun bir etapni (qissa) yoxud qahramon hayotining katta bir davrini (roman) qalamga oladi. Shunga ko'ra, adabiyotshunoslik da katta, o'rta va kichik epik shakl (janr)lar ajratiladi. Bir qarashda mazkur belgi masalasida hech bir munozara- ga o'rin yo'qday ko'rinishi mumkin. Biroq badiiy adabiyot taraqqiyotining keyingi davrlarida eposga dramaning kirib kelishi va syujet vaqtining qisqara borishi barobarida bu xil tamoyilning ojiz tomonlari tobora ko'proq ayon bo'lib qolayotir. Negaki, zamonaviy nasrda, masalan, qahramon hayotidan katta bir davr emas, uning atigi bir bosqichigina qalamga olingan romanlar ham talaygina (mas., «Kecha va kunduz», «Ulug'bek xazinasi»). O'z-o'zidan ayonki, bu hoi epik asarlarning hajmi haqidagi tasavvurlarimizga (axir, hikoya deganda ko'proq ixcham, roman deganda esa kat ta hajmli asarni ko'z oldimizga keltiramiz) ham o'zgarish lar kiritadi. Masalan, Ulug'bek Hamdamning «Na’matak» mini-romani bilan Muhammad Alining «Ulug' saltanat» tetralogiyasi o'zbek nasrida hajm jihatidan ikkita qara- ma-qarshi qutbni egallaydi - birinchisi ijodiy eksperiment mahsuli bo'lsa, ikkinchisida adabiy an’analar ta’siri kuch- liroq namoyon bo'ladi. Demak, epik asarlarni janrlarga ajratishda, tabiiyki, hajm mezon bo'lolmaydi. Zero, ayrim 372 hikoya yoki romanlar hajman qissalarga yaqin bo'lishi va buning aksicha holatlar kuzatilaverishi mumkin ekan. Biroq odatan hikoya, qissa va romanlar hajmi sanoqdagi tartibga mos tarzda kattarib borishi ham aslo inkor qilib bo'lmay- digan haqiqatdir. Tabiiyki, bunday holatda epik asarlarni janrlarga ajra- tishda ularning boshqa jihatlariga ham e’tibor qilish zarur bo'ladi. Jumladan, asarda qo'yilgan muammolar ko‘lami janr xususiyatlarini belgilovchi unsur sifatida olinishi mum kin. Bu jihatdan katta epik shakl bo'lmish roman dunyo-yu davrni bilish maqsadiga qaratilgan bo'lsa, qissa markazida qahramon xarakteri, hikoyada esa konkret hayotiy voqea turadi. Ko'ramizki, roman, qissa, hikoya janrlariga man sub asar qahramonlari asarda tutgan mavqeyi, ahamiyati, vazifasi jihatidan farqlanadi. Roman muallifi uchun qahra mon vosita - dunyoni anglash (bunisi maqsad) vositasi, qissanavis uchun qahramonri\ng o'zi - maqsad (voqea- hodisalar vosita), hikoyanavis uchun esa voqreaning o'zi maqsad bo'lib qoladi. Shunga mos ravishda mazkur janr lar bir-biridan badiiy shakl xususiyatlari bilan ham farqla nadi. Tabiiyki, dunyo-yu davr mohiyatini idrok etish va o'zi anglagan haqiqatlarni yaxlit bir badiiy konsepsiyada tizimli ifodalash uchun voqelik butun murakkabligi bilan ko'lamli tasvirlanmog'i kerak, shu bois ham roman, odatda, ko'p planli murakkab syujetga ega bo'ladi. Qissa syujeti bunga qaraganda soddaroq, asosan bosh qahramon tevaragida uyushadi, asosiy funksiyasi ham uni har jihatdan tavsif- lash, to'laqonli badiiy qiyofasini yaratishdan iborat bo'ladi. Hikoya syujeti bo'lsa aksar hollarda bitta hayotiy epizod- ning ichki rivoji sifatida voqelanadi. Zamonaviy adabiyot nuqtayi nazaridan (ya’ni sinxroni- ya aspektida) qaralsa, epik turning asosiy janrlari sifatida hikoya, qissa va roman ko'rsatilishi kerak. Biroq diaxroniya aspektida qaralsa, milliy adabiy bisotda xalq og'zaki ijodi yoki o'tmish adabiyotida faol bo'lgan qator epik janrlarni 373 ko'rish mumkin. Shu bilan birga, ayrim janrlar borki, garchi eposning asosiy janrlari sirasida sanamasak-da, ular bu- gungi adabiyotda ham ancha faol qo'llanadi. Bundan tash- qari, ijod amaliyotida epik janrlarning modifikatsiyalangan ko'rinishlari ham uchraydi. Xullas, adabiyot nazariyasiga oid manbalarning aksariyatida epik janrlar sirasida qayd etiluvchi janrlar hayotni badiiy qamrash ko'lami jihatidan quyidagi tartibda tasniflanishi mumkin: 1) kichik epik shakllar: latifa, masal, hikoyat, rivoyat, er- tak, adabiy ertak, afsona, badia, etyud, ocherk, esse; 2) o'rta epik shakllar: qissa (povest); 3) katta epik shakllar: epos, epik doston, roman, epopeya. Avvalo, mazkur ro'yxatdan mavjud (tarixan va hozirda) janrlarning ayrimlarigina o'rin oldi, xolos. Zero, masalan, qadimgi turkiy bitiklar, mumtoz adabiyotimizdagi jangnoma, Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling