Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
ligi bilan, epos sof zaruriyat bilan bog'liq, drama esa shu
ikkisining sintezi - uning asosida erkinlik bilan zarurat kurashi yotadi.1 Ko'rinadiki, Shelling talqinidagi adabiy tur o'zida muayyan mazmunni ifodalash uchun qulay im- konlar saqlovchi badiiy shakl hodisasi emas, balki univer sal mazmunga ega mavjudlik, mazmun hodisasi sifatida talqin qilinmoqda. Natijada adabiy turlar masalasi adabi yotshunoslik (poetika)dan ko'ra ko'proq falsafaning pred- metidek taassurot hosil bo'ladi. Xullas, bu endi adabiy turlarni farqlashda antik an’analardan chekinish, adabiy turni badiiy mazmun tipi o'laroq tushunish yoki yangicha, kategorial yondashuv an’anasining boshlanishidir. Yuqorida A.Shlegel asarlaridayoq tashqi olam (obyekt) yoki ichki olam (subyekt) tasviri ham poetik asarlarni bir-biridan farqlashiga diqqat qilinganini aytdik. Biroz o'tib bu narsa, masalan, Shelling asarlarida ham, Jan-Pol (Rix- ter) qarashlarida ham kuzatiladi.2 Biroq buni, ya’ni tasvir predmetini turlarga ajratish asosi sifatida tushunish va uni atroflicha asoslash ham boshqa bir nemis faylasufi - Gegel chekiga tushdi. Gegel talqinida epik poeziya «ruhiy olam butunligini tashqi reallik shaklida» taqdim etishi bilan tas viriy san’at prinsiplarini takrorlaydi. Epik asardagi voqea ilohiy kuchlar yoki inson irodasi tufayli harakatga keladi - go'yo o'z-o'zicha, roviy ixtiyoridan tashqarida sodir bo'ladi, muallif esa ikkinchi planga chekinadi. Ya’ni epik poeziya «obyektivlikni obyektiv holicha namoyon etadi».3 Gegelga ko'ra, «epik poeziyaning aksi bo'lgan tomonni lirika tashkil qiladi. Uning mazmuni - subyektivlik, ichki olam, musho- hada va his qiluvchi - qaysiki, tashqi harakatga do'nmas- 1 Шеллинг Ф. Философия искусства. - М., 1966. - С.399. 2 Жан Поль. Приготовительная школа эстетики. - М.: Искусство, 1981. - С.176, 180, 244. 3 Гегель. Эстетика. В 4-х т. Т.З. - М.: Искусство, 1971. - С.419. 356 dan o'zida ichki hayot tarzida muqim qoladigan, shu bois ham yagona shakli va pirovard maqsadi o'laroq subyekt- ning so‘z vositasidagi o‘z-o‘zini ifodalashinigina qabul qi- luvchi qalbdir».1 Nihoyat, uchinchi tur - drama «avvalgi ikkisini yangi butunlikda birlashtiradi»ki, undagi obyektivlik subyektga tegishli, subyektivlik esa real namoyon bo'ladi- gan tarzda taqdim etiladi. Rus tanqidchisi V.G.Belinskiy ham «Poeziyaning tur va xillarga bolinishi» nomli maxsus maqolasida asosan Gegel an’anasini davom ettirdi. Ayni paytda, u asardagi obyekt (vo qelik) va subyekt (ijodkor) munosabatiga nisbatan ko'proq urg'u berdi, eposda obyektivlik, lirikada subyektivlik, dra- mada ikkisining qorishiqligi kuzatilishini ta’kidladi. Eposni «obyektiv poeziya» deb atarkan, Belinskiy epik asar mualli- fi o'zining ixtiyoridan tashqari «o‘z-o‘zicha amalga oshgan narsaning oddiy hikoyachisi» maqomida turishini, lirikani «subyektiv poeziya» deganida esa «unda ijodkor shaxsiya- tining birinchi planda turishi va barcha narsa uning shaxsi- yati orqali qabul qilinishi va anglanishi»ni nazarda tutadi.2 Shuni unutmaslik kerakki, obyektivlik va subyektivlik de gan tushunchalarni mutlaqlashtirmaslik zarur. Zero, epos ni «obyektiv poeziya» deganimizda uning faqat o'quvchi nazdidagina «obyektivlik» illyuziyasini hosil qilishi nazarda tutiladi, aslida esa epik asarda ham subyektiv ibtido mav- juddir. Belinskiy ham buni juda yaxshi biladi, uning Gegel qarashlariga tanqidiy yondashgani shundan. Shu bois ham u adabiy turlar ko'pincha qorishiq namoyon bo'lishi, «ayrim shakl e’tibori bilan epik asarning dramatik xarakterda yoki aksincha» bo'lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Belinskiy bu fikrni izchil rivojlantirib, «epopeyada drama, dramada esa epopeya bo'lishi», shuningdek, «eposda ham, dramada ham lirik unsurlar salmog'i zalvorliroq bo'lishi mumkin»ligi- 1 Ko'rsatilgan asar. - Б.420. 2Белинский В.Г. Полное собрание сочинений. Т.5. - М., 1954.- С . 9. 357 ni U.Shekspir tragediyalari, V.Skott romanlari, Gogolning «Taras Bulba» qissasi tahlili asosida ko'rsatib beradi.1 Tabiiyki, Belinskiy mufassal to'xtalgan bunday qorishiq- lik boshqa nazariyotchilar e’tiborini tortmay qolmaydi. Shu bois ham an’anaviy tarzda masalaga kategorial yondashuv ustunlik qilgani holda, XIX - XX asr birinchi yarmi davomi da adabiy turlarga ajratish masalasida turli-tuman qarash- lar ilgari surildi. Jumladan, turlarga ajratish asosi sifatida psixologiktushuncha (xotira, tasavvur va b.), umumfalsafiy zamon (o'tmish, hozir, kelajak) yoki grammatik shaxs kate- goriyalari (I, II, III shaxs), ruhiy kechinma tipi (lirik, epik, dramatik kechinma), nutq funksiyalari (xabar yetkazish, ekspressiya, appelyatsiya) kabilarni oigan holda muayyan ilmiy konsepsiyalarni shakllantirish yo'lida harakatlar bo'ldi, biroq bularning hech biri umume’tirof etilmadi. Ayni paytda, adabiy asarlarni turlarga ajratish zarurati yo'q (B.Kroche), bu masalani adabiyotshunoslik muammolari sirasidan chiqarish lozim (K.Fossler) degan qarashlar ham mavjud. Ko'rinib turganidek, qadim zamonlardan beri o'rganib kelinayotganiga qaramay, adabiy turlar masalasida yakdil fikr, barchani qanoatlantiradigan to'xtamga kelingan emas. Buning sababini eng avval adabiy turning tarixiy kategoriya ekanligi bilan izohlash kerak. Ya’ni adabiy turlar muayyan bir tarixiy davrda shakllanib, muttasil o'zgarish-rivojlanishda yashab kelgan, tabiiyki, bu jarayon davomlidir. Shu ma’no da, masalan, Esxil-u Sofokllar davri tragediyalari bilan bu gungi dramatik asarlar yoki Arastu difiramb deb atagan qa dim yunonlarning ilohlariga madhiyalari bilan zamonaviy lirik asarlar orasida juda katta farq borligi tayin. Har bir ada biy turning qator o'ziga xos jihatlari, o'ziga xos xususiyat lari bor. Masalan, shulardan biri - lirik asarlarning asosan she’riy yo'lda, epik asarlarning asosan nasrda yozilishi. Xo'sh, ayni shu narsa adabiy turning belgilovchi xususiyati 1 Ko'rsatilgan asar. - Б.22 - 31. 358 sanala oladimi? Yo‘q, chunki she’riy yo‘l bilan yozilgan epik va dramatik asarlar bo‘lganidek, nasriy yo‘l bilan yozilgan lirik asarlar ham mavjud. Yoki konkret adabiy turga mansub asarlarning hajmi, ulardagi yetakchi nutq shakli, konflikt turi, problematikasi kabilarda ham sezilarli farqlar kuzatiladi. Bi roq bu xususiyatlarning hech biri belgilovchilik maqomida emas. Masalan, Aflotun, dialogik yo monologik nutq shakli da ekaniga ko'ra drama bilan lirikani farqlagan bo'lsa, keyin gi davrlarda dialogik nutq shaklida qurilgan lirik asarlar ham ko'plab uchraydi. Boz ustiga, adabiy turlar orasida qat’iy chegaraning yo'qligi, bir turga xos xususiyatlar boshqa bir turga mansub asarda ham namoyon bo‘laverishi masala- ni yanada murakkablashtiradi. Shunga qaramay, yuqori da ham aytdik, turlarga ajratish adabiyotni ilmiy o'rganish uchun zarurat ekani ham ayni haqiqat, shu bois mavjud tasnif prinsiplaridan biriga tayanish yo asos sifatida olgan holda muayyan mavqeni egallash kerak bo'ladi. Mavjud tasnif prinsiplari orasida, bizningcha, Gegel tak- lif etgan tasvir predmetidan kelib chiqqan holda turlarga ajratish tamoyili hozircha eng maqbuli ko'rinadi. Ya’ni biz ham turlarga ajratishda konkret asarda nima tasvirlan- ganini asosga qo'yamiz, faqat tasvir predmetini birmun- cha farqli tavsiflaymiz: lirik asar predmeti - kechinmalar, epik asar predmeti - voqelik (sodir bo'lib o'tgan voqealar), dramatik asar predmeti - harakat (sodir bo'layotgan vo qea). Mazkur tamoyilni quvvatlantirish uchun ikkinchi asos sifatida konkret asarda nimaning obrazi yaratilgani - un dagi asosiy obrazni olamiz: lirikada subyektning noplastik Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling