Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
tashqi omillaridan yana biri - adabiy aloqa-
ning ta’sirini namoyon etuvchi yorqin misoldir. Badiiy adabiyotga konkret maqsadga erishish vositalari- dan biri sifatida qaraganlari uchun ham ma’rifatchilarning asarlarida ko‘pincha qahramonlar orasida ochiq g'oyaviy kurash kechadi, qahramonlar tilidan muayyan g'oyalar aytiladi, qisqasi, g'oya asarning butun to'qimasiga singdi- rib yuboriladi. Shu jihatdan, ayrim adabiyotshunoslarning «ma’rifatchilik realizmi» istilohidan ko'ra «didaktik realizm» istilohi hodisa mohiyatiga yaqinroq deb bilishlari bejiz emas. Zero, ma’rifatchilik adabiyoti, bir tomondan, adabi- yotni hayotga yaqinlashtirdi, ikkinchi tomondan, uni tarbi- ya vositasi deb bildi. Ma’lumki, ayni shu ikki tamoyil jadid adabiyotining ham mohiyatini belgilovchi xos xususiyatlar sifatida ko'rsatilishi mumkin. Ma’rifatchilar o'z maqsadlarini amalga oshirish uchun qulay imkoniyatlar beruvchi san’at turlari va janrlarga ayricha ahamiyat berganlar. Xususan, ular teatrni o'z g'oyalarini targ'ib etish minbari deb bilganlar, shu bois ham dramatik janrlar rivojlantirilgan, sahnada o'ynalayot- gan voqealar hayotiylik kasb etib borgan. Didro, Lessing kabi yirik ma’rifatchilar teatr san’atiga, dramaturgiyaga bag'ishlangan maxsus tadqiqotlar yaratishganki, bu ham yuqoridagi fikrimiz daliliga xizmat qiladi. Shuni ham aytish kerakki, ma’rifatchilik adabiyotida badiiy proza, ayniqsa, faol rivojlantirildi: «epistolyar roman», «sayohatnoma-ro- man», «tarbiya romani», «falsafiy qissa» kabi qator yangi janrlar ishlab chiqildi; inson xarakterini yaratishning yan- gi-yangi imkoniyatlari kashf etildi, yangi usul va vositalar 1 Чулпон. Адабиёт надир // Чулпон. Асарлар. 4 жилдлик. 4-жилд. - Тош кент: Akademnashr, 2016. - Б.З - 5. 422 joriy qilindi. Ma’rifatchilik adabiyotida, ayniqsa, hayotni atroflicha badiiy tahlil etish-u yaxlit badiiy konsepsiyani ifo dalash imkonini beruvchi roman janri gurkirab rivoj topdi. Shu o‘rinda jadidchilarning milliy teatrimizni shakllantirish yo‘lidagi jonbozliklarini, yuqorida ham eslatganimiz jadid nashrlarida bot-bot uchrovchi «bizga tiyotr va ro'mon ki- toblari kerak» qabilidagi xitoblarni eslasak, mushtaraklik yana ham bo‘rtib ko'zga tashlanadi. E’tiborli jihati shundaki, Yevropadagi ma’rifatchilik ada biyoti bilan jadid adabiyotining o‘xshashlik jihatlari badiiy shakl bobidagi izlanishlarda ham ko'zga tashlanadi. Ma salan, fransuz adibi Monteskyening «Fors xatlari», ingliz yozuvchisi Goldsmitning «Dunyo fuqarosi yoki xitoylik kishi xatlari» asarlarida Yevropa voqeligi chet elliklar - birida fors, ikkinchisida xitoylik kishi nigohi orqali beriladi. Ushbu usulning afzalligi milliy turmush tarzini «xolis ni goh» orqali tasvirlash, uning nomaqbul tomonlarini ayov- siz ochib berish, o'zgacha - «ovrupocha maishat» bilan qiyoslagan holda isloh qilishga oid g‘oyalarni ifodalashga keng imkoniyatlar yaratishida. Shu bois ham Fitratning «Munozara», «Hind sayyohi» asarlarida ham shu yo'ldan borilgan. Yoki «Munozara»ning dialog shaklida qurilganini esga olaylik. Qadimgi yunon faylasuflari foydalangan bu shakl XVIII asrda ma’rifatchilar tomonidan jonlantirilgan, Didro, Lessing, Gerderning falsafiy-publitsistikasarlaridan ayrimlari (hatto Didroning «Ramo jiyan» romani ham) ayni shu shaklda yozilgan edi. Ushbu shakl o‘quvchida bahs mavzusiga jonli qiziqish uyg'otishi, o'ziga ham sezdirma- gan holda masalani faol mushohada qilishga undashi, xullas, ma’rifatchilik maqsadlarini amalga oshirishga har jihatdan muvofiqligi bilan mualliflarni o'ziga jalb etgan deyishga asos bor. Ayon bo'ldiki, Yevropa ma’rifatchilik adabiyoti bilan o'z bek jadid adabiyoti orasida qator o'xshashliklar mavjud. Buning sababi esa har ikkala harakatni maydonga chiqar- 423 gan ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar, har ikki harakat mafku- rasi va shundan kelib chiquvchi ko'zlangan maqsadlarning o'xshashligi, ma’rifatchilik adabiyoti ham, jadid adabiyoti ham o'zini ayni maqsadlar yo'lida safarbar qilgani bilan izohlanadi. Yuqorida Yevropa va Turkiston adabiy jarayonlarining atigi bittadan bo'lagini qiyosladikki, bu, keng ma’nodagi adabiy jarayon - jahon adabiy jarayoniga nisbatan olsak, dengizdan tomchi, xolos. Boz ustiga, jahon adabiy jara yoni benihoya rang-barang. Zero, unda birvaqtning o'zida yuziab milliy adabiyotlar, turli yo'nalish, oqim va maktab- lar, ularga mansub yo aslo aioqasi bo'lmagan ming-ming- lab individual uslubda qalam surayotgan ijodkorlarni o'z ichiga oladi. Shu jihatlarini e’tiborga olsak, jahon adabiy jarayonini davrlashtirish bir qarashda imkonsizdek ko'rina- di. Shunga qaramay, XIX asr oxiriga kelib tarixiy poetika asoschisi A. N. Veselovskiy jahon adabiy jarayonini bir bu tun deb tushunishni boshlab berdi. U adabiy jarayonning «turli xalqlarda bir xil sharoit yuzaga kelganida takrorla- nadigan»1 katta stadiya (davr)larini aniqlash adabiyot tarixi fani oldidagi muhim vazifa ekanini ta’kidlaydi. Shuningdek, olim antik yunon adabiyoti taraqqiyotini «umuman adabi yot taraqqiyotining ideal me’yori» deb tushunish biryoq lamalik ekanini ta’kidlaydi. Yigirma yillar o'tib nemis fay- lasufi O.Shpengler: «Antik dunyo bilan G'arbiy Yevropa hech qanaqasiga Hindiston, Bobil, Xitoy, Misr, arab dunyo- si va mayya madaniyatiga qaraganda imtiyozli maqom tut- maydi; bular bari yagona hayotning turfa zuhuroti» ekani- yu ular «tarixning umumiy manzarasida teng qimmatga ega»ligini ta’kidlaydi.2 Bular fanda adabiyot taraqqiyotining yevroposentrik konsepsiyasi darz ketib, «umumjahon ada biy jarayoni» tushunchasi bilan ish ko'rila boshlanganidan 1 Веселовский А Н. Историческая поэтика. - Л., 1940. - С.46. 2Шпенглер О. Закат Е в р о п ы .-М .: Мысль, 1 9 9 3 .- 0 .2 2 - 2 3 . 424 . . - darak edi. Tarixiy poetika va qiyosiy adabiyotshunoslik yo'nalishlarida olib borilgan chuqur tadqiqotlar ayni yon- dashuvning ilmiy jihatdan to‘g‘riligini tasdiqladi. Xullas, tarixiy poetika va qiyosiy adabiyotshunoslik yutuqlari- ga tayangan V.Jirmunskiyning keyinroq «bashariyat ijti- moiy-tarixiy taraqqiyotining birligi, o‘z navbatida, adabiyot taraqqiyotining birligiga zamin bo'ladi»1 degan fikrni hukm tarzida aytishi uchun puxta zamin yaratilgan edi. Hozirda adabiy jarayon javharida yotuvchi jihatlarni nazarda tutgan holda adabiyot taraqqiyotining uchta stadi- yasi (bosqichi)ni ajratish, garchi ular turlicha nomlansa-da, tarixiy poetikada ko‘pchi!ik tomonidan e’tirof etilgan. Jum ladan, sohaning yetakchi mutaxassislaridan iborat mu- alliflar guruhiga ko‘ra, «badiiy tafakkurning eng umumiy va barqaror uchta: 1) arxaik yoki mifopoetik; 2) traditsionalis- tik yoki normativ; 3) individual-ijodiy yoki tarixiy (ya’ni tari- xiylik tamoyiliga asoslanuvchi) tiplari»2 mavjud. Arxaik bosqich tosh asridan boshlab antik Yunoniston- da to mil. avv. VII - VI asrlar, Sharqda milodiy I asrgacha belgilanib, asosiy xususiyati sifatida sinkretikiik ko'rsatila- di. Istiloh yunoncha «farqlamaslik» so'zidan olingan bo'lib, o'zi anglatadigan tushuncha mohiyatiga mos. Zero, bu o'rinda eng avval tafakkurdagi sinkretikiik, ya’ni olamni yaxlit - tabiat bilan insonni, so'z bilan u anglatgan narsani, «men» bilan «o'zga»ni, hayotiy amal bilan san’atni farqla- masdan qabul qiladigan, hali abstrakt fikrlash va refleksi- ya (o'zini anglash)ga qobil bo'lmagan ongga xos tafakkur nazarda tutiladi. Shu bilan bog'liq tarzda san’atlar, adabiy turlar sinkretik (ya’ni hali bir-biridan ajralmagan, farqlan- magan) holda mavjud, asosiy shakl bo'lmish xorda Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling