Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
m a’rifatchilik, romantizm, realizm, modernizm, postmo-
dernizm singari hodisalarni anglashda tabiiy qiyinchiliklar- ni keltirib chiqaradi. Sababi, Yevropaning har bir mam- lakatidagi ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlar va ularning milliy adabiyotlardagi ko'rinishlari o'ziga xos, chunki ular bevosita ijodkor shaxsiyati orqali akslanadi. Ikkinchi tomo- ni, bu bosqichda Yevropa adabiyoti boshqa mintaqalarda- gi milliy adabiyotlar uchun lokomotiv bo'lib qolganini ham 428 e’tiborda tutish kerak. Ya’ni Yevropa adabiyotida kechgan jarayonlar boshqa milliy adabiyotlarda ham u yoki bu da rajada kuzatiladi. Jumladan, yuqorida nomi zikr qilingan jamoaviy maqolada aytilishicha, «Sharq adabiyotlarida traditsionalistik tafakkurning yemirilishi adabiyotdagi ma’ri fatchilik, romantizm va realizmga xos tendensiyalarning chatishuvi asosida kechadi».1 Darhaqiqat, e’tibor qiiin- sa, XX asrning 10 - 20-yillarida adabiyotimizda ma’rifat chilik realizmi, romantizm va realizmga xos xususiyatlar qorishiq holda mavjud bo'lganini ko'rish mumkin. Maz kur jarayonlarni kuzatganda, eng avval G'arbda ikki asr davomida kechgan jarayonlar milliy adabiyotimizda atigi 1 5 - 2 0 yii ichidayoq amalga oshgani ko'zga tashlanadi.2 Albatta, bunda ijtimoiy hayotda kechgan o'zgarishlarning shiddati ham muhim, biroq Yevropa adabiyoti tajribasini ham e’tibordan soqit qiimaslik kerak. Ya’ni milliy adabiyo timiz tayyor tajribaga tayanish imkoniga ega edi. Yana bir muhim jihati; bu holda yangiliklarning sinovga dosh berib, badiiy tafakkurga singishib ketgan qismini olib, qoigani- dan voz kechish mumkin. Masalan, modernizmning har bir oqimi maydonga chiqqan vaqtida keskin bahslarga sabab bo'lgan bo'lsa, vaqt o'tib unga xos nomaqbul jihatlar inkor etilib, maqbullari umumbashariy estetik bisotga qo'shilib ketadi. O'zbek adabiyoti modernizmning ayni shu jihatla- rini o'ziga oldi, shu bois ham bu boradagi bahslar bizda u qadar keskin tus olgani yo'q. E’tibor qilinsa, adabiy jarayonni davrlashtirish uni ilmiy o'rganish uchun zaruriy amal ekani, aniqrog'i, ushbu amal u haqda yaxlit ilmiy tasavvur hosil qilishning yagona vosita- 1 Аверинцев С.С., Андреев М.Л., Гаспаров М.Л., Гринцер П.А., Михай лов А. В. Категории поэтики в смене литературных эпох // Историческая поэ тика. Литературные эпохи и типы художественного сознания. Сб. статей. - М.: Наследие, 1994. - С.37 - 38. 2Qar.: К,уронов Д. Жа*он адабиётига йул // Жа*он адабиёти. 1997. №6. - Б.1 6 8 - 172. 429 si ekanini anglash qiyin emas. Shu tufayli ham davrlashti- rish adabiyotshunoslikning fundamental muammolaridan biri sifatida umum e’tirofiga molik. Yuqorida amin bo'ldikki, bunda har bir davrning o'ziga xos umumiy jihatlari (topika) diqqat markaziga qo'yiladi. Adabiyotshunoslikda bu masa- lada qarashlarturlichaligi kuzatilib, u ikkita asosiy ko'rinish- ga ega: birinchisi adabiyotni davrlashtirishda ijtimoiy-tari- xiy sharoitga asoslanishni, ikkinchisi esa adabiyotni faqat adabiy hodisalar, badiiy-estetik tamoyillardan kelib chiqib davrlashtirishni ko'zda tutadi. Albatta, bu o'rinda har ikki tomonni ham to'la yoqlash yoki to'la inkor qilish maqbul emas, aksincha, oraliq mavqeni egallash to'g'riroq bo'lur edi. Chunki, yuqorida ham ko'rdik, ijtimoiy-tarixiy sharoit- ning o'zgarishi adabiyotda sezilarli darajada aks etmagan davrlar bo'lgani kabi, ular juda kuchli iz qoldirgan davrlar ham bo'ladi. Deylik, insonning ijtimoiylashuv darajasi kuchli bo'lmagan davrlarda (Yevropada XVIII asrgacha, bizda XX asr boshlarigacha) ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi o'zgarishlar adabiyotda har vaqt ham yaqqol ko'zga tashlanmaydi, bundan keyingi davrlarda esa izsiz ketgan o'zgarishning o'zi yo'qdek. Demak, bu bosqichni davriashtirishda har bir konkret davriy oraliqdagi ijtimoiy-tarixiy sharoitni e’tibor- ga olish va ayni sharoitning adabiyot (uning badiiy-este- tik tomonlari)ga ko'rsatgan ta’sirini yaqqol ko'rsatish zarur bo'ladi. Adabiy jarayonni davrlashtirishda Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling