Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
adabiy davr, adabiy
asr, adabiy avlod tushunchalari bilan ish ko'riladi. Avvalo, bundagi vaqt (masalan, asr tushunchasi) astronomik vaqt- ga har vaqt ham to'g'ri kelavermasligini aytish kerak. Ya’ni terminlar ma’nosi so'zning lug'aviy ma’nosidan farqlana- diki, ularning har biriga to'xtalganda bunga amin bo'lish mumkin. Endi sanalgan tushunchalarga tayangan holda adabiyotimizning taraqqiyot yo'lini - qadim zamonlardan beri uzluksiz kechib kelayotgan adabiy jarayonni davr- lashtirish masalasiga muxtasar to'xtalib o'tamiz. 430 Adabiyotimiz jahon adabiyotining ajralmas tarkibiy qis mi ekanini nazarda tutgan holda eng avval yuqorida tav- siflangan uchta stadiya (bosqich)ga mos keladigan uchta adabiy davmi ajratamiz: 1. Eng qadimgi adabiyot - eng qadimgi zamonlardan milodiy X asrgacha. 2. Mumtoz adabiyot davri - X asrdan XX asrning 10-yil- lariga qadar. 3. Yangi o'zbek adabiyoti - XX asrning 10-yillaridan keyingi davr. Yuqorida uchta stadiya (bosqich)ning o'ziga xos xu- susiyatlari haqida ancha mufassal to'xtaldikki, ular mos ravishda mazkur davrlar uchun ham xosdir. Jumladan, ilk davr uchun sinkretikiik, ikkinchisi uchun traditsionalizm, uchinchisi uchun individual-ijodiy badiiy tafakkur belgi- lovchi xususiyat bo'lib, ularning boshqa jihatlari shu bi lan bog'liq izohlanadi. Tabiiyki, eng umumiy xususiyatlar mushtarak bo'lgani holda, qator farqli jihatlar ham mav jud. Jumladan, yaqqol ko'zga tashlanadigan farq - Yev ropa adabiyotiga nisbatan davriy chegaralarning sezilarli siljigani: ilk bosqich qariyb o'n besh asr, ikkinchi bosqich esa yuz ellik yil keyin nihoyalanadi. Shuningdek, adabiy davr ichidagi hodisalar ham jiddiy farqlanadi. Masalan, ikkinchi davr Yevropada o ‘rta asrlar, Uyg‘onish, klas- sitsizm, barokko tarzida izchil bo'linsa, adabiyotimizda bunday izchillik kuzatilmaydi. Masalan, Uyg'onish epkin- lari bizda X - XII asrlarda ham, hazrat Navoiy davrida ham, XIX - XX asrlar chegarasida ham esib turgan, shu bilan birga, ularning barida o'rta asrlarga xos xususiyat lar ustuvor bo'lgani ham shubhasiz. Shu sababli ikkin chi davrni asr larga ajratmoqchi bo'lsak, turli variantlarni mulohaza qilib ko'rgach, beixtiyor yana quyidagilarda to'xtayveramiz: 1) turkiy sulolalar davri adabiyoti; 2) mo‘g‘ul istilosi davri adabiyoti; 431 3) temuriylar davri adabiyoti; 4) xonliklar davrl adabiyoti. Albatta, adabiyotni davrlashtirishga taxtegalari almashi- nishining asos qilib olingani e’tiroz uyg'otishi tabiiy. Biroq bu adabiy jarayonda ijtimoiy-tarixiy omillarga hal qiluvchi ahamiyat berayotganimizdan emas, balki shunga maj- burligimizdan. Sababi, bu davr adabiyotidagi o'zgarishlar Yevropa adabiyotidagi singari bo'rtib ko'zga tashlanmaydi. Yuqoridagicha davrlashtirish esa, har holda, davr adabiyo- tini muayyan izchillikda kechgan jarayon o'laroq tasavvur qilish imkonini beradi. Shundan bo'lsa kerak, hozirga qa dar davrlashtirish masalasiga to'xtalgan mutaxassiski bor, ularning aksariyati sulolalarni u yoki bu darajada asos qilib oladi. Hatto nomlashda sulola tilga olinmasa ham, bel- gilangan tarixiy davr aynan u yoki bu sulola hukmronligi nazarda tutilayotganini anglatib turadi.1 Shubhasiz, hali bu davr adabiyoti poetikasi tarixiy aspektda teran o'rganiladi, uning hozircha nigohimizdan pinhon qolayotgan javhar xususiyatlari inkishof etiladiki, o'shanda davrlashtirish masalasiga yana qaytish mumkin bo'ladi. Hozircha esa yuqoridagicha davrlashtirish bilan qanoatlanish, undan davr adabiy jarayoni poetik mohiyatiga kirib borish uchun bir vosita o'laroq foydalanib turish maqsadga muvofiq ko'rinadi. Agar ikkinchi bosqichni Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling