Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


ADABIY YO‘NAUSH VA OQIMLAR


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

438


ADABIY YO‘NAUSH VA OQIMLAR
Adabiyotning bilish imkoniyatlari: mimesis va ramzlash- 
lashtirish. Hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari. Metod 
va uslub tushunchalari haqida. Adabiy yo‘nalish tushun­
chasi.
Adabiyotning 
bilish imkoniyatlari
masalasiga antik 
davrlardayoq diqqat qilingan. Jumladan, Arastuga ko'ra, 
«Birinchidan, insonlarda taqlid qilish - bolalikdan tug'ma 
xususiyat, ular boshqa mavjudotlardan shunisi bilan 
farqlanadi. Zero, inson taqlid qilishga boshqalardan ko'ra 
ko'proq qobil va shu yo'l bilan u dastlabki bilimlarni ho­
sil qiladi; ikkinchidan, taqlid mahsuliari hammaga huzur 
baxsh etadi».1 Ko'ramizki, Arastu taqlidni bilish vositasi 
sifatida talqin qiladi, u poeziyaning evristik (bilish) va ge­
donistik (huzur berish) funksiyalariga urg'u beradi. Arastu­
ga zid o'laroq, Aflotun poeziyaning bilish imkoniyatini inkor 
qiladi: «Gomerdan boshlab shoirlarning hammasi ezgulik 
va boshqa barcha narsalarning soyasini aks ettiradilar, 
ular uchun ijodning predmeti shugina bo'lib, haqiqatga 
teginmaydilar».2 Aflotun ta’kidlaydiki, «taqlidchi o'zi tasvir­
layotgan narsa haqida arzirli hech narsa bilmaydi, uning 
ijodi - jo'ngina ermak, aslo jiddiy mashg'ulot emas». Boz 
ustiga, «poeziya haqqoniylik me’yorlariga tushmaydi, uni 
na o'lchab, na sanab va na tortib bo'ladi».3 Albatta, bunday 
qarash abstrakt tafakkur hali yetarli rivojlanmagan - nar­
sa bilan tushuncha bir-biridan hali to'la ajralmagan davr 
uchun tabiiy, bugungi kun nuqtayi nazaridan unga to'la
1 Аристотель. Риторика. Поэтика. - М.: Лабиринт, 2000. - С.151.
2 Платон. Сочнения. В 4-х т. Т.3.4.1. - СПб., 2007. - С.265.
3 Ko'rsatilgan manba. - Б.467 - 468.
439


qo'shilib bo'lmasligi ham kunday ravshan. Biroq unda rat- 
slonal mag‘iz borligi, xususan, taqlidchi 
narsaning o'ziga 
emas, uning soyasi - ko'rinishiga
taqlid qilishini mutlaqo 
inkor etish ham mushkul. Aflotunga ko'ra, poeziya - «ey- 
dosga taqlidning taqlidi», u mohiyatdan uch baxya nari- 
da turadi. Negaki, eydosning yaratuvchisi - yer-u osmon, 
suv-u havo, jamiki mavjudotning yaratuvchisi; yana ham 
aniqrog'i, avval eydos - mohiyat yaraldi, so'ng shu mo- 
hiyatga taqlidan mavjud narsalarning bari yaratildi. Ya’ni 
poeziyaning bilish predmeti eydos ham, uning yaratuvchi­
si ham emas, shu bois u mohiyatni, haqiqatni anglashga 
ojizdir.
Aflotunning mazkur qarashi o'rta asriarga kelib taqlid 
(mimesis) o'mini ramzlashtirish (simvolizatsiya) egallashi- 
ga zamin hozirladi desak, xato bo'lmaydi. Zero, umum- 
lashtirib aytganda, ramzlashtirish - «mutlaq go'zallik», 
«asliy go'zallik», «mutlaq haqiqat», «haqiqat» singari turli­
cha nomlar bilan yuritilsa-da, bitta maqsad - Haqni ang­
lashga qaratilgan. Ayni chog'da, ramz ishora qiladi, xolos, 
ya’ni bilish amalining natijasi mudom anglash-anglamaslik 
chegarasida qoladi. Agar shu jihatlar nazarda tutilsa, ramz- 
lashtirishning nazariy asoslari Rumda - antik madaniyat 
bilan yangi nasroniylik g'oyalarini o'zida uyg'un mujassam 
etgan Vizantiyada tizimga solingani g'oyat tabiiy ko'rina- 
di. Jumladan, bu ishning ilg'orida turgan ilohiyotchi-estet 
Dionisiy Areopagitga ko‘ra, «asliy go'zallik» (ya’ni Haq) 
mavjud narsalarning hammasiga, har birining o'ziga yara- 
sha go'zallik baxsh etadi, ya’ni «asliy go'zallik» mavjudlik- 
ning sababi, jami go‘zallikning manbaidir. Ma’naviy-ruhiy 
izlanishlar maqsadi - asliy go'zallik, unga eltuvchi vosita 
esa moddiy olamdagi go'zallikdir. Zero, moddiy olamda- 
gi narsa-hodisalarning barida asl go'zallikdan darak bor, 
har biri undan o'ziga yarasha nur olgan. Shu bois moddiy 
va ma’naviy reallikdagi hamma narsa ramz (simvol)dirki, 
ularning har biridan ilohiy nur taraladi, har birida Yarat-
440


gandan nedir bor. Demak, Xudoni tanish uchun eng avval 
shu ramzlarni ko‘ra olish, mazmun-mohiyatini tushunish 
lozim.1 Albatta, bir qarashdayoq mazkur fikrlar bilan tasav- 
vuf ta’limoti orasida mushtaraklik borligini ko‘rish yoxud 
mumtoz adabiyotimizdagi ramziylik mohiyatida ham ayni 
shu g'oyalar yotishini fahmlash qiyin emas. Faqat mazkur 
masalaga adabiyotning bilish imkonlari haqidagi mulo- 
hazalar doirasida to'xtalayotganimizni yodda tutib, asosiy 
mavzuga qaytamiz.
Ta’kidlash kerakki, ramz bilan anglanayotgan narsa 
orasida bevosita o'xshashlik yo‘qligi ramzlashtirish bilan 
mimesisni farqlovchi asosiy jihatdir. Agar mimesis nar- 
sa-hodisani unga taqlid qilish (ya’ni o'ziga monand tarzda 
aks ettirish - o‘xshashini tasvirlash) orqali idrok qilsa, sim- 
volizatsiya bunda «o'xshamagan o‘xshashlik»ka tayanadi. 
O'rta asrlarga kelib masal janrining keng ommalashishi sa- 
babi shu bilan izohlanadi. Zero, masalda tasvirlangan nar­
sa anglanayotgan narsaning o'xshashi - aksi emas, biroq 
ikkisining mohiyatidagi o'xshashlik anglanayotgan pred- 
met mohiyatiga ishora qiladi - uni anglashga yordam be­
radi. Xullas, mimesis bilan simvolizatsiya bilishning o'za­
ro oppozitsiya hosil qiluvchi ikki ko'rinishi, Gegel uchligi 
bo'yicha aytsak, ular orasida «tezis - antitezis» munosa­
bati mavjud. Avvalo, bilishning mazkur ikki usuli universal 
xarakterga egaligini aytish kerak. Shunga ko'ra, ramzlash­
tirish o'rta asrlarga kelibgina paydo bo'ldi emas, balki ilgari
- o'sha mimesis zamonida ham mavjud bo'lgan, bunga 
amin bo'lish uchun Ezop masallarini eslashning o'zi kifoya 
qiladi. Zero, agar «tabiatga taqlid» mohiyatan «voqelikni 
aks ettirish» bo'lsa, Ezopning ko'plab masallari (masalan, 
jonivorlar ishtirokidagilari)da bu yo'ldan emas, balki voqe­
likni biron mazmunni ifodalashga mos tarzda «qayta yara- 
tish» yolidan borilgan. Xullas, qadim zamonlardan beri
1 Qar.: Каронов Д., Разменов Б. Гарб адабий-танкидий тафаккури тарихи 
очерклари. - Тошкент: Фан, 2007.
441


badiiy adabiyot tasvirda shu ikki usul asosida ish ko'radiki, 
ularni 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling