Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
badiiy
aks ettirishning realistik prin si pining aksi bo'lgan norea- listik prinsipm atovchi umume’tirof etilgan termin yo'qligi- ni qayd etib, uni « normativ prinsip» deb yuritishni ma’qul ko'radi. Ayni paytda, bu atama shartli qo'llanayotgani, shu sababli hamisha qo'shtirnoqqa olinayotganini ham ta’kid laydi.1 Albatta, bu tarz nomlashda an’ananing ham ta’si ri yo'q emas. Nima bo'lganda ham, bizga tushunchaning mohiyatiga muvofiq ravishda badiiy aks ettirishning nore- alistik prinsipi deb atalgani ma’qul ko'rinadi. Sababi, avva lo, aks ettirilayotgan voqelikning ideal asosida qayta ishla- nishi, ya’ni «normativlik» momenti har qanday asarda bor; ikkinchidan, «realistik»ning ziddini anglatuvchi «norealis- tik» atamasi tushuncha mohiyatiga aniqroq ishora qiladi. Yana bir e’tiborli jihati shundaki, G.Pospelov yondashu- vida badiiy voqelikdagi epik tafsilotlar-u detallarning ham ma vaqt ham hayotiy (ya’ni real voqelikdagiga monand) bo'lishi talab qilinmaydi, ya’ni bunda ma’lum darajadagi badiiy shartlilikka yo'l beriladi. Zero, bu o'rinda bosh me- zon - personajlarning konkret ijtimoiy sharoitda shakl- langan xarakterlari ichki mantiqidan kelib chiqqan holda harakat qilishi. Shu mezondan kelib chiqqan holda G.Pos pelov realizmning Balzak, Dikkens, Dostoyevskiy kabi buyuk namoyandalari romanlarida «realistik aks ettirilgan va «normativ» ideallashtirilgan xarakterlar» mavjudligini ta’kidlaydi.2 Xuddi shu hoi, masalan, jadid adabiyoti na- munalarida ham kuzatiladi: Hamzaning «Yangi saodat»i, Cho'lponning «Do'xtur Muhammadiyor»i - buning yaqqol dalili. Har ikkisining qahramonlari - Olimjon ham, Muham- madiyor ham real shart-sharoitda harakatlangani holda, mualliflari ko'zlagan ideallarga muvofiq tarzda, ya’ni «nor mativ» ideallashtirilgan. Buning aksi o'laroq, yuqorida 1 Ko'rsatilgan asar. - Б.61. 2 Ko'rsatilgan asar. - Б.58. 446 ko'rdik, L.Timofeyev yondashuvidagi «voqelikni aslidagi- cha tasvirlashga intilish» talabi realistik adabiyot imkonla- rini toraytirib yuborishi, xususan, uning badiiy arsenaliga shartli obraz-u vositalarning kirib kelishiga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lur edi. Holbuki, realistik adabiyotning badiiy takomilida XX asrning oxirgi choraklaridan boshlab kuzati- layotgan tamoyillar buning aksini ko'rsatayotir. Demak, hayotni badiiy aks ettirishning realistik prinsl- pi asardagi xarakterlarning ularni shakllantirgan ijtimoiy- tarixiy sharoitga, ko'proq shu sharoit bilan belgilanuvchi xarakter mantiqiga muvofiq harakat qilishlarini taqozo etadi. Masalan, Razzoq so‘fi xonadonida voyaga yetgan, xarakter xususiyatlari shu muhit tomonidan belgilangan Zebi romanda o‘z xarakter mantiqiga muvofiq harakatla- nadi: mingboshiga unashilganidan so'ng, kelin bo'lib tush- gach yoki suddagi xatti-harakatlari shunday deyishga to‘la asos beradi. Xuddi shu gapni A.Qodiriyning Ra’nosiga nis batan ham, Oybekning Gulnori, A.Qahhorning Munisxo- ni, xullas, realistik yo'sinda yaratilgan har qaysi xarakter- ga nisbatan ham aytish mumkin. Biroq mazkur jihatning o'zi, bizningcha, hayotni badiiy aks ettirishning norealistik prinsipini tavsiflash uchun yetarli emas. Masalan, hazrat Navoiy yaratgan Farhod ham, xuddi yuqorida eslatilgan Olimjon va Muhammadiyorlar kabi, muallif ideallariga mu vofiq harakatlantiriladi. G.Pospelov ta’biri bilan aytsak, u ham «normativ ideallashtirilgan». Ularni farqlovchi asosiy jihat esa Farhod harakatlanayotgan shart-sharoitlarning doim ham real, ya’ni hayotdagiga monand emasligidir. Ayon bo'lyaptiki, Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling