Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
hayotni badiiy aks ettirishning realistik prinsi-
1 Белинский В.Г. Поли. собр. соч. Т.1. - М., 1953. - С.262. 443 p/'ga tayanilgan. Zero, ularda qalamga olingan kabi voqea o'sha davr Turkiston voqeligida yuz berishi mumkin ekani kishida shubha uyg‘otmaydi. Shunga qaramay, ularning badiiy voqeligi real voqelikning shunchaki aksi emas, balki muallif ideali nuqtayi nazaridan ijodiy qayta ishlangan ak- sidir. Xulias, ijtimoiylashuv kuchaygan davr ijodkori hayot- ni shunchaki aks ettirmaydi, balki uni o‘z konsepsiyasini ifodalashga mos tarzda qayta yaratadi. Tabiiyki, mazkur sharoitda mavjud nazariy qarashlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni aniqlashtirish zarurati yuzaga keladi. Shu jihati e’tiborga olinsa, o'tgan asrning 20 - 30-yil- laridan boshlab ijodiy metod masalasining dolzarblashu- vini faqat mafkuraga xizmat qiluvchi yangi metodni yara- tish va asoslash yo'lidagi harakatlar biian izohlamasdan, aksincha, adabiy ijod amaliyoti jarayonida yuzaga kelgan muammoni hal qilish ehtiyojidan deb bilish to'g'riroq bo'la di. Ayni ehtiyojni qondirish yo'lida ko'p izianishlar, turli ijodiy guruhlar o'rtasida keskin ilmiy bahslar kechdi. Jumladan, shu davr nazariyotchilaridan biri L.Timofeyev bu borada quyidagicha mulohaza yuritadi: «... biz realistlar deb atay- digan yozuvchilarning ijodida oldingi planga biz aks ettirish deb atagan ibtido, ya’ni voqelikdagi hodisalarni ular hayot da qanday bo'lsa o'shandayligicha ko'rsatishga intilish ye takchilik qiladi; shunisi bilan ular yozuvchining voqelikka bevosita moslikdan chekinishlga imkon beruvchi qayta yaratish ibtidosi ustuvorlik qllgan obrazlardan farqlanadi».1 Ko'ramizki, L.Timofeyev ijod jarayonidagi «aks ettirish» va «qayta yaratish» amallarining o'zaro nisbatidan kelib chiqadi-da, ijodning realistik va romantik tiplari haqida so'z yuritadi. Ayni paytda, olim har qanday badiiy asarda «aks ettirish» va «qayta yaratish» amallarining natijasi birlikda namoyon bo'lishini ham e’tirof etadi. Sirasini aytganda, busiz mumkin ham emas. Zero, badiiy ijod estetik faoli- 1 Тимофеев Л.И. Основы теории литературы. - М., 1966. - С. 101. 444 yat ekan, u o'zi yo'naltirilgan predmet (hayot materiali)ni o'zgartirmasligi mumkin emas. Zotan, voqelik ijodkor ongi da ijodiy qayta ishlanib aks ettirilgani uchungina badiiy ijod faoliyat turi sanaladi. Xullas, birinchidan, yangilik tomonlari borligiga qaramay, L.Timofeyev talqini Belinskiy qarashla- rining bevosita davomi ekanini ta’kidlamoq kerak. Ikkinchi- dan, badiiy ijod jarayonida aks ettirish va qayta yaratish amallarining birgalikda mavjudligini e’tirof etish bilan olim bu jihat tasnif asosi bo‘la olmasligini ham namoyon etib qo'ydi. Mazkur masalada G.Pospelov egallagan mavqe hayot ni badiiy aks ettirish prinsiplarini nisbatan aniq farqlashga imkon berishi bilan diqqatga molikdir. G.Pospelov farqlash asosi sifatida asarda yaratilgan xarakterlarni oladi. Uning uqtirishicha, hayotni badiiy aks ettirishning realistik prin- sipiga asoslangan asarda «... yozuvchi o'z qahramonlari- ni o'zlari yashagan davr va muhit ijtimoiy munosabatlari asosida shakllangan ijtimoiy xarakterlari xususiyatlariga, ularning ichki mantiqiga muvofiq tarzda harakat qilish (is- tash, o'ylash, his etish, gapirish)ga majbur qiladi».1 Buning ziddi o'laroq, hayotni badiiy aks ettirishning «normativ» (norealistik) prinsipiga tayanilgan asarda «... yozuvchi o'z personajlarini o'z xarakterlarining real, tarixan konkret xu susiyatlari va imkoniyatlariga muvofiq tarzda emas, bal ki o'sha xarakterlarning yozuvchi qarashlari va ideallari asosida hissiy idrok etilgan, tarixiy konkretlilikdan ayro tu- shuvchi mohiyatiga muvofiq tarzda harakat qilish (istash, o'ylash, his etish, gapirish)ga majbur qiladi».2 G.N.Pospelov qarashidagi prinsipial farq shuki, unda hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari mohiyatan haqiqatga monandlik asosida, ya’ni «realistik - norealistik» qolipida 1 Поспелов Г.Н. Проблемы исторического развития литературы. - М., 1972.-С .5 2 . 2 Поспелов Г.Н. Проблемы исторического развития литературы. - М., 1972. -С .5 4 . 445 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling