Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
sal, sintetik she’riy shakl» qolipida talqin qilinadi. E’tibor
berilsa, I.Sulton talqinidagi «she’r» bilan «lirik tur» («lirik asar») atamalari mohiyatan sinonim ekanini ko'rish qiyin emas. Demak, ular silsilada ikkita emas, bittagina halqa bo'lishi mumkin, xolos. Ikkinchi talqinga ko'ra esa janr tu shunchasi yo'qqa chiqadi, chunki, agar barcha lirik asariar «universal», sintetik she’riy shakl»da bo'lsa, demak, ular da turga mansublikdan boshqa umumiy jihatlar ham, bas, janrlarga ajratish zarurati ham yo'q. Holbuki, zamonaviy she’riyatni o'rganish, u haqda bir butun tasavvur hosil qi lish lirik asarlarni muayyan belgilaridan kelib chiqqan hol da guruhlash, tizimga solish zaruratdir. Ayni shu nuqtada yuqorida vaqtincha to'xtatib qo'yilgan gapga qaytamiz va hozirgi she’riyat janrlarini lirik kechinma subyekti va obyek ti nuqtayi nazaridan tasniflash maqsadga muvofiq ekanini ta’kidlaymiz. Bu jihatdan lirikaning asosiy janrlari sifatida ijroviy lirika, personajli lirika, meditativ lirika va tavsifiy liri ka (va uning ko'rinishlari: peyzaj lirikasi, voqeaband lirika) farqlanadi. Avvalo, mazkur tasnif bilan bog'liq bitta muhim nuqta - avtopsixologik lirikani alohida janr sifatida ajrat- mayotganimiz sababini izohlab o'tishga zarurat bor. Gap shundaki, lirik asarlarning aksariyati avtopsixologik xarak- terda, ya’ni ushbu shakl universal tabiatga ega: meditativ lirika ham, tavsifiy lirika ham shaklan avtopsixologik bo'la- veradi. Shu bilan birga, ijroviy lirika bilan personajli lirika aynan avtopsixologik xarakterdagi she’rlar fonida alohida- lik kasb etadi va hamma vaqt ongimizdagi avtopsixologik lirikaga qiyosan anglanadi. 394 Yuqorida aytganimizdek, ijroviy lirikada shoir o'zga shaxs ruhiyatiga kirib, o'zganing tilidan mushohada yurita- di, natijada o'zga shaxs she’rning lirik qahramoniga aylana- di. Ijroviy lirikaning ommalashuvi ham XX asrda, lirika epos va drama bilan raqobatlashishga majbur bo'lgan vaziyatda boshlandi. Bu lirik mushohada obyekti ko'ngildan voqelik ka ko'chganidan dalolat, lirikaning olamni badiiy idrok etish ko'lamini kengaytirish yo'lidagi dadil qadamdir.1 Ijroviy li rika haqida yuqorida aytilganlarga qo'shimcha qilish joizki, 70 - 80-yillar she’riyatida ijroviy lirika qahramonlari o'laroq bo'y ko'rsatgan tarixiy shaxslar obrazlari milliy ijtimoiy ta fakkur rivojida g'oyat muhim rol o'ynadi. Bu nav she’rlar- ning ommalashuvi, bir tarafdan, milliy o'zlikni anglashga intilish boshlangani, ikkinchi tarafdan, bu xil she’rlarning «so'z aytish» uchun nisbatan kengroq imkoniyat yaratishi bilan izohlanishi mumkin. Masalan, X.Davron «Abulhay so'zi» nomli she’rida olis XV asrda yashagan musavvir Abulhay ruhiyatiga kiradi va uning tilidan yolg'onga asos langan san’at, hayotni bejab ko'rsatadigan san’at haqidagi fikrlarini izhor qiladi, ijod erkinligi masalasini ko'ndalang qo'yadi. Shuningdek, Rauf Parfining «Muktibdoh», «Tur- kiston yodi», U.Azimning «Brut» she’rlarida ham «zamo- na dardi»ni ifodalash qasdida tarixiy shaxslar ruhiyatiga ko'chish holati kuzatiladi. Hozirgi o'zbek she’riyatida tavsifiy lirika namunalari ham ancha keng tarqalgan. Tavsifiy lirikada epik unsurlar salmog'i nisbatan ustun, biroq tavsif (tasvir) zamirida hami- sha lirik meditatsiya mavjud. Boshqacha aytsak, shoir o'zi tavsiflayotgan yoki tasvirlayotgan narsa-hodisalar, hayotiy holat, tabiat manzaralarida his-kechinmalarini, o'y-fikrla- rini suratlantiradi. Masalan, Shavkat Rahmonning «Tong ochar ko'zlarin erinib», «Tun gurkirab o'sar yobonda», 1 Каранг: Куронов Д. Шеъриятимиздаги поэтик янгиланишнинг бир кирра- сига дойр айрим кайдлар // ^уронов Д. Мутолаа ва идрок машклари. - Тош кент: Akademnashr, 2013. - Б. 192 - 213. 395 «Oy sinig'i to'la suvloqqa...» kabi bir qator she’rlarida ayni shunday holatga duch kelamiz. Misol tariqasida shoirning «Tungi manzara» she’riga diqqat qilaylik: O'rmonlarjim, yig'lamas shamol, soy sayramas, baqalar jimdir, ingroqlarga to'lib ketgan tun - g'amgin qo'shiq aytadi kimdir. Otim o'lgan, qilichim singan, majaqlangan sovut-qalqonim, kim tashladi meni bu chohga, qay da qoldi yorug‘ osmonim? Qayerdanman, qayga borarman, qora zindon naqadar chuqur, faqat toqning burjidagi oy - tuynukchadan tushar xira nur. Barcha azob kamlik qilganday, soy sayramas, baqalar jimdir, go'yo mazax qilganday goh-goh yopib turar tuynukni kimdir... She’rda lirik qahramon ruhiyati prizmasidan o'tkazib berilgan tabiat tasvirida uning kayfiyati, kechinmalari, o'y- fikrlari o'z aksini topgan. Lirik qahramon o‘zini asirlikda- gi bahodirdek sezadi, tun tasviri uning ruhiyatidagi shu sezimni kuchaytirib ifodalaydi. She’rning kuchi shundaki, lirik qahramonning konkret holatdagi kayfiyati o'quvchi ruhiyatida shunga monand turfa kayfiyatlarni hosil qilish ga, shu kayfiyat asosida ko'nglidan kechinmalar bo'hroni- ni, ongidan o'y-fikrlar oqimini o'tkazishga imkon beradi. Aslida, shoirning tub maqsadi tabiat manzarasini chizish- gina emas, shu bois u konkret manzarani hissiy bo'yoqlar bilan chizganki, natijada tabiat manzarasi ayni paytda qalb manzarasiga aylangan. Peyzaj lirikasi tavsifiy she’rlarning bir ko'rinishi, xolos. Zero, biror narsa-hodisa yoki holatni 396 tavsiflash asosida lirik qahramon kechinmalarini ifodalov chi she’rlarning bari tavsifiy lirikaga mansubdir. Jumladan, A.Oripovning vatan tavsiflangan « 0 ‘zbekiston», hazrat Navoiyga bag'ishlangan «Alisher», nogoh uchragan go'zal tavsiflangan «Go'zallik» kabi she’rlari ham tavsifiy lirika namunalari sanaladi. Hozirgi she’riyatda ancha keng tarqalgan voqeaband lirikaga ham tavsifiy lirikaning bir ko'rinishi sifatida qa- raladi. Sababi, kechinmalar narsa-hodisa tavsifi (tasvi- ri) asosida ifodalanuvchi tavsifiy lirikaning boshqa ko'ri- nishlaridan voqeaband lirikaning bittagina farqi bor: uning asosida voqea yotadi. Shuningdek, unda ham voqeani tasvirlash maqsad emas, balki vosita sanaladi. Maqsad esa voqea ortida uni hissiy mushohada etayotgan lirik subyekt qalbini akslantirishdir. Shu bois voqeaband liri- kada voqea to'laqonli tasvirlanmasdan, punktirlar bilan chiziladi: uning eng muhim detallarini olib, eng qizg'in, kulrriinatsion nuqtalariga urg'u berish bilan kifoyalaniladi. Tasvir ko'lami, bir tomondan, o'sha voqea ta’sirida yu zaga kelgan his-tuyg'uni ifodalash, ikkinchi tomondan, o'quvchining uni tasavvur qila olishi, lirik kechinmaga turtki bo'lgan asosni his qila olishi uchun yetarli bo'li shi bilan belgilanadi. Ta’kidlab aytish kerak, voqeaband she’rlarning barini ham lirik turga mansub asarlar sifati da tushunish unchalik to'g'ri emas. Qachonki she’rda tasvirlanayotgan voqea his-tuyg'ularni ifodalash vositasi bo'lsa, bas, voqeadagi buning uchun zarur parchalargina uzib olib tasvirlangan (ya’ni voqea to'laqonli gavdalanti- rilmagan) bo'lsa, voqeaband she’r haqida gapirish mum kin bo'ladi. Masalan, A.Oripovning «Ayol», «Yomg'irli kun edi» she’rlarini voqeaband lirika namunasi desak, uning «Sharq hikoyasi», «Hangoma» asarlari she’riy yo'lda yo zilgan kichik hikoyatlar, ya’ni mohiyatan epik xarakterdagi asarlar sifatida tushunilgani to'g'riroq bo'ladi. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling