Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

m a’rifatchilik, romantizm, realizm, modernizm, postmo- 
dernizm
singari hodisalarni anglashda tabiiy qiyinchiliklar- 
ni keltirib chiqaradi. Sababi, Yevropaning har bir mam- 
lakatidagi ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlar va ularning 
milliy adabiyotlardagi ko'rinishlari o'ziga xos, chunki ular 
bevosita ijodkor shaxsiyati orqali akslanadi. Ikkinchi tomo- 
ni, bu bosqichda Yevropa adabiyoti boshqa mintaqalarda- 
gi milliy adabiyotlar uchun lokomotiv bo'lib qolganini ham
428


e’tiborda tutish kerak. Ya’ni Yevropa adabiyotida kechgan 
jarayonlar boshqa milliy adabiyotlarda ham u yoki bu da­
rajada kuzatiladi. Jumladan, yuqorida nomi zikr qilingan 
jamoaviy maqolada aytilishicha, «Sharq adabiyotlarida 
traditsionalistik tafakkurning yemirilishi adabiyotdagi ma’ri­
fatchilik, romantizm va realizmga xos tendensiyalarning 
chatishuvi asosida kechadi».1 Darhaqiqat, e’tibor qiiin- 
sa, XX asrning 10 - 20-yillarida adabiyotimizda ma’rifat­
chilik realizmi, romantizm va realizmga xos xususiyatlar 
qorishiq holda mavjud bo'lganini ko'rish mumkin. Maz­
kur jarayonlarni kuzatganda, eng avval G'arbda ikki asr 
davomida kechgan jarayonlar milliy adabiyotimizda atigi 
1 5 - 2 0 yii ichidayoq amalga oshgani ko'zga tashlanadi.2 
Albatta, bunda ijtimoiy hayotda kechgan o'zgarishlarning 
shiddati ham muhim, biroq Yevropa adabiyoti tajribasini 
ham e’tibordan soqit qiimaslik kerak. Ya’ni milliy adabiyo­
timiz tayyor tajribaga tayanish imkoniga ega edi. Yana bir 
muhim jihati; bu holda yangiliklarning sinovga dosh berib
badiiy tafakkurga singishib ketgan qismini olib, qoigani- 
dan voz kechish mumkin. Masalan, modernizmning har bir 
oqimi maydonga chiqqan vaqtida keskin bahslarga sabab 
bo'lgan bo'lsa, vaqt o'tib unga xos nomaqbul jihatlar inkor 
etilib, maqbullari umumbashariy estetik bisotga qo'shilib 
ketadi. O'zbek adabiyoti modernizmning ayni shu jihatla- 
rini o'ziga oldi, shu bois ham bu boradagi bahslar bizda u 
qadar keskin tus olgani yo'q.
E’tibor qilinsa, adabiy jarayonni davrlashtirish uni ilmiy 
o'rganish uchun zaruriy amal ekani, aniqrog'i, ushbu amal 
u haqda yaxlit ilmiy tasavvur hosil qilishning yagona vosita-
1 Аверинцев С.С., Андреев М.Л., Гаспаров М.Л., Гринцер П.А., Михай­
лов А. В. Категории поэтики в смене литературных эпох // Историческая поэ­
тика. Литературные эпохи и типы художественного сознания. Сб. статей. -
М.: Наследие, 1994. - С.37 - 38.
2Qar.: К,уронов Д. Жа*он адабиётига йул // Жа*он адабиёти. 1997. №6. -
Б.1 6 8 - 172.
429


si ekanini anglash qiyin emas. Shu tufayli ham davrlashti- 
rish adabiyotshunoslikning fundamental muammolaridan 
biri sifatida umum e’tirofiga molik. Yuqorida amin bo'ldikki, 
bunda har bir davrning o'ziga xos umumiy jihatlari (topika) 
diqqat markaziga qo'yiladi. Adabiyotshunoslikda bu masa- 
lada qarashlarturlichaligi kuzatilib, u ikkita asosiy ko'rinish- 
ga ega: birinchisi adabiyotni davrlashtirishda ijtimoiy-tari- 
xiy sharoitga asoslanishni, ikkinchisi esa adabiyotni faqat 
adabiy hodisalar, badiiy-estetik tamoyillardan kelib chiqib 
davrlashtirishni ko'zda tutadi. Albatta, bu o'rinda har ikki 
tomonni ham to'la yoqlash yoki to'la inkor qilish maqbul 
emas, aksincha, oraliq mavqeni egallash to'g'riroq bo'lur 
edi. Chunki, yuqorida ham ko'rdik, ijtimoiy-tarixiy sharoit- 
ning o'zgarishi adabiyotda sezilarli darajada aks etmagan 
davrlar bo'lgani kabi, ular juda kuchli iz qoldirgan davrlar 
ham bo'ladi. Deylik, insonning ijtimoiylashuv darajasi kuchli 
bo'lmagan davrlarda (Yevropada XVIII asrgacha, bizda XX 
asr boshlarigacha) ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi o'zgarishlar 
adabiyotda har vaqt ham yaqqol ko'zga tashlanmaydi, 
bundan keyingi davrlarda esa izsiz ketgan o'zgarishning 
o'zi yo'qdek. Demak, bu bosqichni davriashtirishda har bir 
konkret davriy oraliqdagi ijtimoiy-tarixiy sharoitni e’tibor- 
ga olish va ayni sharoitning adabiyot (uning badiiy-este- 
tik tomonlari)ga ko'rsatgan ta’sirini yaqqol ko'rsatish zarur 
bo'ladi.
Adabiy jarayonni davrlashtirishda 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling