Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

tashqi omillaridan yana biri - adabiy aloqa- 
ning ta’sirini namoyon etuvchi yorqin misoldir.
Badiiy adabiyotga konkret maqsadga erishish vositalari- 
dan biri sifatida qaraganlari uchun ham ma’rifatchilarning 
asarlarida ko‘pincha qahramonlar orasida ochiq g'oyaviy 
kurash kechadi, qahramonlar tilidan muayyan g'oyalar 
aytiladi, qisqasi, g'oya asarning butun to'qimasiga singdi- 
rib yuboriladi. Shu jihatdan, ayrim adabiyotshunoslarning 
«ma’rifatchilik realizmi» istilohidan ko'ra «didaktik realizm» 
istilohi hodisa mohiyatiga yaqinroq deb bilishlari bejiz 
emas. Zero, ma’rifatchilik adabiyoti, bir tomondan, adabi- 
yotni hayotga yaqinlashtirdi, ikkinchi tomondan, uni tarbi- 
ya vositasi deb bildi. Ma’lumki, ayni shu ikki tamoyil jadid 
adabiyotining ham mohiyatini belgilovchi xos xususiyatlar 
sifatida ko'rsatilishi mumkin.
Ma’rifatchilar o'z maqsadlarini amalga oshirish uchun 
qulay imkoniyatlar beruvchi san’at turlari va janrlarga 
ayricha ahamiyat berganlar. Xususan, ular teatrni o'z 
g'oyalarini targ'ib etish minbari deb bilganlar, shu bois 
ham dramatik janrlar rivojlantirilgan, sahnada o'ynalayot- 
gan voqealar hayotiylik kasb etib borgan. Didro, Lessing 
kabi yirik ma’rifatchilar teatr san’atiga, dramaturgiyaga 
bag'ishlangan maxsus tadqiqotlar yaratishganki, bu ham 
yuqoridagi fikrimiz daliliga xizmat qiladi. Shuni ham aytish 
kerakki, ma’rifatchilik adabiyotida badiiy proza, ayniqsa, 
faol rivojlantirildi: «epistolyar roman», «sayohatnoma-ro- 
man», «tarbiya romani», «falsafiy qissa» kabi qator yangi 
janrlar ishlab chiqildi; inson xarakterini yaratishning yan- 
gi-yangi imkoniyatlari kashf etildi, yangi usul va vositalar
1 Чулпон. Адабиёт надир // Чулпон. Асарлар. 4 жилдлик. 4-жилд. - Тош­
кент: Akademnashr, 2016. - Б.З - 5.
422


joriy qilindi. Ma’rifatchilik adabiyotida, ayniqsa, hayotni 
atroflicha badiiy tahlil etish-u yaxlit badiiy konsepsiyani ifo­
dalash imkonini beruvchi roman janri gurkirab rivoj topdi. 
Shu o‘rinda jadidchilarning milliy teatrimizni shakllantirish 
yo‘lidagi jonbozliklarini, yuqorida ham eslatganimiz jadid 
nashrlarida bot-bot uchrovchi «bizga tiyotr va ro'mon ki- 
toblari kerak» qabilidagi xitoblarni eslasak, mushtaraklik 
yana ham bo‘rtib ko'zga tashlanadi.
E’tiborli jihati shundaki, Yevropadagi ma’rifatchilik ada­
biyoti bilan jadid adabiyotining o‘xshashlik jihatlari badiiy 
shakl bobidagi izlanishlarda ham ko'zga tashlanadi. Ma­
salan, fransuz adibi Monteskyening «Fors xatlari», ingliz 
yozuvchisi Goldsmitning «Dunyo fuqarosi yoki xitoylik 
kishi xatlari» asarlarida Yevropa voqeligi chet elliklar -
birida fors, ikkinchisida xitoylik kishi nigohi orqali beriladi. 
Ushbu usulning afzalligi milliy turmush tarzini «xolis ni­
goh» orqali tasvirlash, uning nomaqbul tomonlarini ayov- 
siz ochib berish, o'zgacha - «ovrupocha maishat» bilan 
qiyoslagan holda isloh qilishga oid g‘oyalarni ifodalashga 
keng imkoniyatlar yaratishida. Shu bois ham Fitratning 
«Munozara», «Hind sayyohi» asarlarida ham shu yo'ldan 
borilgan. Yoki «Munozara»ning dialog shaklida qurilganini 
esga olaylik. Qadimgi yunon faylasuflari foydalangan bu 
shakl XVIII asrda ma’rifatchilar tomonidan jonlantirilgan, 
Didro, Lessing, Gerderning falsafiy-publitsistikasarlaridan 
ayrimlari (hatto Didroning «Ramo jiyan» romani ham) ayni 
shu shaklda yozilgan edi. Ushbu shakl o‘quvchida bahs 
mavzusiga jonli qiziqish uyg'otishi, o'ziga ham sezdirma- 
gan holda masalani faol mushohada qilishga undashi
xullas, ma’rifatchilik maqsadlarini amalga oshirishga har 
jihatdan muvofiqligi bilan mualliflarni o'ziga jalb etgan 
deyishga asos bor.
Ayon bo'ldiki, Yevropa ma’rifatchilik adabiyoti bilan o'z­
bek jadid adabiyoti orasida qator o'xshashliklar mavjud. 
Buning sababi esa har ikkala harakatni maydonga chiqar-
423


gan ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar, har ikki harakat mafku- 
rasi va shundan kelib chiquvchi ko'zlangan maqsadlarning 
o'xshashligi, ma’rifatchilik adabiyoti ham, jadid adabiyoti 
ham o'zini ayni maqsadlar yo'lida safarbar qilgani bilan 
izohlanadi.
Yuqorida Yevropa va Turkiston adabiy jarayonlarining 
atigi bittadan bo'lagini qiyosladikki, bu, keng ma’nodagi 
adabiy jarayon - jahon adabiy jarayoniga nisbatan olsak
dengizdan tomchi, xolos. Boz ustiga, jahon adabiy jara­
yoni benihoya rang-barang. Zero, unda birvaqtning o'zida 
yuziab milliy adabiyotlar, turli yo'nalish, oqim va maktab- 
lar, ularga mansub yo aslo aioqasi bo'lmagan ming-ming- 
lab individual uslubda qalam surayotgan ijodkorlarni o'z 
ichiga oladi. Shu jihatlarini e’tiborga olsak, jahon adabiy 
jarayonini davrlashtirish bir qarashda imkonsizdek ko'rina- 
di. Shunga qaramay, XIX asr oxiriga kelib tarixiy poetika 
asoschisi A. N. Veselovskiy jahon adabiy jarayonini bir bu­
tun deb tushunishni boshlab berdi. U adabiy jarayonning 
«turli xalqlarda bir xil sharoit yuzaga kelganida takrorla- 
nadigan»1 katta stadiya (davr)larini aniqlash adabiyot tarixi 
fani oldidagi muhim vazifa ekanini ta’kidlaydi. Shuningdek, 
olim antik yunon adabiyoti taraqqiyotini «umuman adabi­
yot taraqqiyotining ideal me’yori» deb tushunish biryoq­
lamalik ekanini ta’kidlaydi. Yigirma yillar o'tib nemis fay- 
lasufi O.Shpengler: «Antik dunyo bilan G'arbiy Yevropa 
hech qanaqasiga Hindiston, Bobil, Xitoy, Misr, arab dunyo- 
si va mayya madaniyatiga qaraganda imtiyozli maqom tut- 
maydi; bular bari yagona hayotning turfa zuhuroti» ekani- 
yu ular «tarixning umumiy manzarasida teng qimmatga 
ega»ligini ta’kidlaydi.2 Bular fanda adabiyot taraqqiyotining 
yevroposentrik konsepsiyasi darz ketib, «umumjahon ada­
biy jarayoni» tushunchasi bilan ish ko'rila boshlanganidan
1 Веселовский А Н. Историческая поэтика. - Л., 1940. - С.46. 
2Шпенглер О. Закат Е в р о п ы .-М .: Мысль, 1 9 9 3 .- 0 .2 2 - 2 3 .
424


-


darak edi. Tarixiy poetika va qiyosiy adabiyotshunoslik 
yo'nalishlarida olib borilgan chuqur tadqiqotlar ayni yon- 
dashuvning ilmiy jihatdan to‘g‘riligini tasdiqladi. Xullas, 
tarixiy poetika va qiyosiy adabiyotshunoslik yutuqlari- 
ga tayangan V.Jirmunskiyning keyinroq «bashariyat ijti- 
moiy-tarixiy taraqqiyotining birligi, o‘z navbatida, adabiyot 
taraqqiyotining birligiga zamin bo'ladi»1 degan fikrni hukm 
tarzida aytishi uchun puxta zamin yaratilgan edi.
Hozirda adabiy jarayon javharida yotuvchi jihatlarni 
nazarda tutgan holda adabiyot taraqqiyotining uchta stadi- 
yasi (bosqichi)ni ajratish, garchi ular turlicha nomlansa-da, 
tarixiy poetikada ko‘pchi!ik tomonidan e’tirof etilgan. Jum­
ladan, sohaning yetakchi mutaxassislaridan iborat mu- 
alliflar guruhiga ko‘ra, «badiiy tafakkurning eng umumiy va 
barqaror uchta: 1) arxaik yoki mifopoetik; 2) traditsionalis- 
tik yoki normativ; 3) individual-ijodiy yoki tarixiy (ya’ni tari- 
xiylik tamoyiliga asoslanuvchi) tiplari»2 mavjud.
Arxaik bosqich tosh asridan boshlab antik Yunoniston- 
da to mil. avv. VII - VI asrlar, Sharqda milodiy I asrgacha 
belgilanib, asosiy xususiyati sifatida sinkretikiik ko'rsatila- 
di. Istiloh yunoncha «farqlamaslik» so'zidan olingan bo'lib, 
o'zi anglatadigan tushuncha mohiyatiga mos. Zero, bu 
o'rinda eng avval tafakkurdagi sinkretikiik, ya’ni olamni 
yaxlit - tabiat bilan insonni, so'z bilan u anglatgan narsani, 
«men» bilan «o'zga»ni, hayotiy amal bilan san’atni farqla- 
masdan qabul qiladigan, hali abstrakt fikrlash va refleksi- 
ya (o'zini anglash)ga qobil bo'lmagan ongga xos tafakkur 
nazarda tutiladi. Shu bilan bog'liq tarzda san’atlar, adabiy 
turlar sinkretik (ya’ni hali bir-biridan ajralmagan, farqlan- 
magan) holda mavjud, asosiy shakl bo'lmish xorda 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling