Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

hayotni badiiy aks ettirishning realistik prinsi-
1 Белинский В.Г. Поли. собр. соч. Т.1. - М., 1953. - С.262.
443


p/'ga tayanilgan. Zero, ularda qalamga olingan kabi voqea 
o'sha davr Turkiston voqeligida yuz berishi mumkin ekani 
kishida shubha uyg‘otmaydi. Shunga qaramay, ularning 
badiiy voqeligi real voqelikning shunchaki aksi emas, balki 
muallif ideali nuqtayi nazaridan ijodiy qayta ishlangan ak- 
sidir. Xulias, ijtimoiylashuv kuchaygan davr ijodkori hayot- 
ni shunchaki aks ettirmaydi, balki uni o‘z konsepsiyasini 
ifodalashga mos tarzda qayta yaratadi.
Tabiiyki, mazkur sharoitda mavjud nazariy qarashlarni 
qayta ko‘rib chiqish, ularni aniqlashtirish zarurati yuzaga 
keladi. Shu jihati e’tiborga olinsa, o'tgan asrning 20 - 30-yil- 
laridan boshlab ijodiy metod masalasining dolzarblashu- 
vini faqat mafkuraga xizmat qiluvchi yangi metodni yara- 
tish va asoslash yo'lidagi harakatlar biian izohlamasdan, 
aksincha, adabiy ijod amaliyoti jarayonida yuzaga kelgan 
muammoni hal qilish ehtiyojidan deb bilish to'g'riroq bo'la­
di. Ayni ehtiyojni qondirish yo'lida ko'p izianishlar, turli ijodiy 
guruhlar o'rtasida keskin ilmiy bahslar kechdi. Jumladan
shu davr nazariyotchilaridan biri L.Timofeyev bu borada 
quyidagicha mulohaza yuritadi: «... biz realistlar deb atay- 
digan yozuvchilarning ijodida oldingi planga biz aks ettirish 
deb atagan ibtido, ya’ni voqelikdagi hodisalarni ular hayot­
da qanday bo'lsa o'shandayligicha ko'rsatishga intilish ye­
takchilik qiladi; shunisi bilan ular yozuvchining voqelikka 
bevosita moslikdan chekinishlga imkon beruvchi qayta 
yaratish ibtidosi ustuvorlik qllgan obrazlardan farqlanadi».1 
Ko'ramizki, L.Timofeyev ijod jarayonidagi «aks ettirish» 
va «qayta yaratish» amallarining o'zaro nisbatidan kelib 
chiqadi-da, ijodning realistik va romantik tiplari haqida so'z 
yuritadi. Ayni paytda, olim har qanday badiiy asarda «aks 
ettirish» va «qayta yaratish» amallarining natijasi birlikda 
namoyon bo'lishini ham e’tirof etadi. Sirasini aytganda, 
busiz mumkin ham emas. Zero, badiiy ijod estetik faoli-
1 Тимофеев Л.И. Основы теории литературы. - М., 1966. - С. 101.
444


yat ekan, u o'zi yo'naltirilgan predmet (hayot materiali)ni 
o'zgartirmasligi mumkin emas. Zotan, voqelik ijodkor ongi­
da ijodiy qayta ishlanib aks ettirilgani uchungina badiiy ijod 
faoliyat turi sanaladi. Xullas, birinchidan, yangilik tomonlari 
borligiga qaramay, L.Timofeyev talqini Belinskiy qarashla- 
rining bevosita davomi ekanini ta’kidlamoq kerak. Ikkinchi- 
dan, badiiy ijod jarayonida aks ettirish va qayta yaratish 
amallarining birgalikda mavjudligini e’tirof etish bilan olim 
bu jihat tasnif asosi bo‘la olmasligini ham namoyon etib 
qo'ydi.
Mazkur masalada G.Pospelov egallagan mavqe hayot­
ni badiiy aks ettirish prinsiplarini nisbatan aniq farqlashga 
imkon berishi bilan diqqatga molikdir. G.Pospelov farqlash 
asosi sifatida asarda yaratilgan xarakterlarni oladi. Uning 
uqtirishicha, hayotni badiiy aks ettirishning realistik prin- 
sipiga asoslangan asarda «... yozuvchi o'z qahramonlari- 
ni o'zlari yashagan davr va muhit ijtimoiy munosabatlari 
asosida shakllangan ijtimoiy xarakterlari xususiyatlariga
ularning ichki mantiqiga muvofiq tarzda harakat qilish (is- 
tash, o'ylash, his etish, gapirish)ga majbur qiladi».1 Buning 
ziddi o'laroq, hayotni badiiy aks ettirishning «normativ» 
(norealistik) prinsipiga tayanilgan asarda «... yozuvchi o'z 
personajlarini o'z xarakterlarining real, tarixan konkret xu­
susiyatlari va imkoniyatlariga muvofiq tarzda emas, bal­
ki o'sha xarakterlarning yozuvchi qarashlari va ideallari 
asosida hissiy idrok etilgan, tarixiy konkretlilikdan ayro tu- 
shuvchi mohiyatiga muvofiq tarzda harakat qilish (istash, 
o'ylash, his etish, gapirish)ga majbur qiladi».2
G.N.Pospelov qarashidagi prinsipial farq shuki, unda 
hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari mohiyatan haqiqatga 
monandlik asosida, ya’ni «realistik - norealistik» qolipida
1 Поспелов Г.Н. Проблемы исторического развития литературы. - М., 
1972.-С .5 2 .
2 Поспелов Г.Н. Проблемы исторического развития литературы. - М., 
1972. -С .5 4 .
445


farqlanadi. To‘g‘ri, olimning o'zi ulardan birinchisi -

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling